Oʻzgartkich te



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə3/5
tarix07.06.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#126426
1   2   3   4   5
Elektr mexanik tizimlarining apparatlari elementlari va o\'zgartirkich (4)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • ILOVA 1
6. Toʻgʻrilagich tiristorlarini boshqarish tizimining funksional sxemasini ishlab chiqish
Tiristorli oʻzgartkichlar kuch sxemasi va boshqaruv tizimidan iborat boʻladi. Boshqariluvchi toʻgʻrilagichning kuch sxemasini boshqariluvchi tiristorlar tashkil etadi, ular boshqaruv elektrodlariga ma’lum vaqtda yetarli quvvatga ega boʻlgan impuls berilgandan keyingina ishlashi mumkin. Bu vazifani impuls-faza boshqaruv tizimi (IFBT) bajaradi. IFBT quyidagi ikki vazifani bajaradi:
1. Tiristorlarning ulanish vaqtlarini aniqlash;
2. Tiristorlarning boshqaruv elektrodlariga kerakli vaqtda beriladigan boshqaruv signallarini, ya’ni impulslarni shakllantirish.

5 – rasmda tiristorlarni boshqarish tizimining funksional sxemasi keltirilgan boʻlib, bu yerda:



1. TV2 – pasaytiruvchi transformator; 2. K1 i K2 – komparatorlar;
3. AKG – arrasimon kuchlanish generatori; 4. QIH – qisqa impulslarni hosil qiluvchi; 5. IK – impuls kuchaytirgich.

A ~ B ~ C



TV1
Ua Ub Uc

VS6 VS1

VS4 VS3

VS2 VS5

TV2 Ld Rd IK

K1 AKG K2 QIH

Ubosh

5 – rasm. Tiristorlarni boshqarish tizimining funksional sxemasi.



TV1 kuch transformatoridan liniya kuchlanish (Uas) olamiz. Olingan signal pasaytiruvchi transformator TV2 ga uzatiladi, bu yerda transformator toʻgʻrilagichni katta qiymatli kuchlanish va toklardan himoyalovchi, boshqaruv tizimi bilan toʻgʻrilagichning kuch sxemasi oʻrtasida oʻzaro galvanik bog’liqlikni uzish vazifasini oʻtaydi. Komparator K1 yordamida oʻzgartkichning sinusoidal liniya kuchlanishi shunday ketma-ketlikda oʻzgaruvchi toʻgʻri burchakli impulslarga oʻzgartiriladi. Komparator K1 dan olingan impulslar arrasimon kuchlanishlar generatori AKG ga uzatiladi va u yerda impulslar arrasimon koʻrinishdagi kuchlanishga oʻzgartiriladi. Komparator K2 ga berilgan boshqaruv kuchlanishi U va berilayotgan arrasimon kuchlanish asosida boshqaruv burchagi α ni belgilovchi signal hosil qilinadi. Qisqa impulslarni tashkil etuvchi QIH qabul qilib olingan toʻgʻri burchakli impulsdan davomiyligi va qiymati boʻyicha tiristornining ochilishi uchun yetarli boʻlgan kuchlanish impulsini shakllantiradi. Bu impuls impuls kuchayaytirgich IG kuchaytirilib tiristorning boshqaruv elektrodiga uzatiladi.

14

1 – variant uchun boshqariluvchi koʻrsatkichlari:


ILOVA 1 toʻgʻrilagichning berilgan asosiy


1. Yuklanish kuchlanishining qiymati – Ud=220 V; 2. Yuklanish tokining qiymati – Id=400 A;
3. Toʻgʻrilangan kuchlanishning tepkili koeffitsiyenti q=3.2%;
4. Tanlangan toʻgʻrilagich sxemasining transformatorining FIK–
η=95%;
5. Ta’minlovchi tarmoqning liniya kuchlanishi –Ul=380 V.


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin