alyumin simlar joylashtiriladi. Moslama harakatga keltirilganda, ular batonlarning
uchini p- simon klipsalar yordamida avtomatik ravishda bog‘laydi.
Dudlash uchun mo‘ljallangan preparat
Kolbasa mahsulotlariga dudlangan ta’m va hid berish uchun zamonaviy
dudlash preparatlaridan foydalaniladi. Ularni qo‘llash, dudlash usuliga ko‘ra bir
qator qulayliklarga ega. Dudlash jarayonida yog‘och
qirindilarini yoqib undagi
zaxarli moddalarni mahsulot tarkibiga kirib qolish havfi kuchli bo‘lgani sababli,
hozirgi paytda dudlovchi preparatlardan keng foydalanilmoqda. Rossiyadagi ilmiy
tekshirish institutida va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan dudlovchi preparatlar
pishirilgan, yarim dudlangan, dudlangan kolbasalarni ishlab chiqarishda bevosita
qiyma qorish jarayonida solinadi. Preparatni (100 kg go‘sht uchun) pishirilgan
kolbasa va sosiskalar uchun – 150 gr, yarim dudlangan kolbasalarga 300 – 400 gr,
dudlangan kolbasalarga 400 – 500gr qo‘shish kifoya qiladi.
Nitrit natriy - Mayda kristall holdagi oq poroshok. Kolbasa mahsulotlarini
ishlab chiqarishda faqat toza kimyoviy natriy nitritdan foydalaniladi. Go‘shtni
qayta ishlash korxonalariga nitrit natriy qadoqlangan
idishlarda, og‘irligi 3 kg dan
oshmagan miqdorda keltiriladi. Nitrit natriy zaxarli modda bo‘lganligi uchun uni
qattiq nazorat ostida saqlanadi. Laboratoriya sharoitida ishlab
chiqarish uchun
2,5% li kontsentratsiyaga ega bo‘lgan nitrit natriy eritmasi tayyorlanib, tsexlarga
idishlarda plombalangan holda yuboriladi. (100 kg go‘sht xom-ashyosi uchun) 7,5
gr nitrit natriy to‘g‘ri keladi. Rang berishi - pushti rang.
Dostları ilə paylaş: