Pashtetlar liver kolbasalar singari qiymalardan tayyorlanadi.
YUpka qilib
maydalangan (pasta singari ezilgan) qiyma to‘g‘ri burchakli metall koliplarga
solinadi va pishiriladi. Pashtetlar oliy, 1- va 2-sortli qilib chiqariladi.
Oliy sortli
pashtetlar yovvoyi parrandalar go‘shtidan tayyorlanadi; 1- sortlilariga — Liver
pashtetlari va Ukrainskiy pashtetlar;
2- sortliga — Leningradskiy pashtetlar kiradi.
Zelslar kalla go‘shtlari va krrindan qiymani zich qilib biriktirish uchun
kattiq, qaynatilgan bo‘lon qo‘shib tayyorlanadi. Tayyor qiyma ichak (pufak) ka
tikiladi va qaynatiladi.
Zelslar sifatiga qarab oliy, 1-, 2- va 3- sortlarga bo‘linadi. Oliy sortli
zelslarga — Russkiy, Krasniy, Delikates-kiy (tansik) zelslari kiradi; .1-sortga—
Beliy, 2-sortga— Kalla go‘shtidan tayyorlangan Golovnoy krasniy; 3-sortga —
Seriy, mol go‘shtidan tayyorlangan Govyajiy Krasniy. Korin go‘shtlaridan
tayyorlangan zels, Assorti, Zakusochniy, korin go‘shtlaridan tayyorlangan rulet
zelslar kiradi.
CHala dudlangan kolbasalar qaynatilgan kolbasalardan farq, qilib, pustga
qiyma tikilgandan sung 9—14 soat davomi-da qiymani chuktirishga qo‘yiladi,
sungra kovuriladi, qaynatiladi, dudlanadi va bir necha
kun davomida quritishga
qo‘yiladi. Dudlash kolbasalarning ta’mini oshiradi, ularga oltin tusli jigar rang
beradi.
CHala dudlangan kolbasalar oliy, 1-, 2- va 3-sortlarga bo‘linadi. Oliy sortli
chala dudlangan kolbasalarga — Poltavskaya, Krakovskaya, Kievskaya, cho‘chqa
go‘shtidan tayyorlanadigan Svinaya domashnaya (xonaki kolbasa), Oxotnichi—
ovchilar kol-basasi, Ptichya (parranda kolbasalari — Kishinevskaya yassi
kolbasasi, turistlar kolbasasi va goz
go‘shti kolbasasi) kiradi. 1-sortlilariga—
Ukrainskaya, mol go‘shtidan tayyorlangan Minskaya (govyajya), 1-sort qo‘y
go‘shtidan
tayyorlangan kolbasalar; 2- sortlilarga —2- sort Baranya (qo‘y
go‘shtidan tayyorlangan kolbasalar). Semipalatinskaya, Polskaya; 3-sortlilarga
Osobaya, kalla-pocha mahsulotlaridan tayyorlangan Subproduktovaya va
Litovskaya kolbasalari kiradi.
Dudlangan kolbasalar royat tuyimli kolbasa mahsulotlari xisoblanadi. Ular
a’lo sifatli go‘sht xomashyolari-dan tayyorlanadi. Tayyorlanish usuliga ko‘ra
dudlangan kolbasalar xomligicha dudlangan (kotirib dudlangan) va dudlab
qaynatilgan kolbasalarga bo‘linadi.
Xomligicha dudlangan kolbasalarni tayyorlashning afzalligi shundaki, ular
kovurilmaydi ham va qaynatil-maydi ham, balki qiyma pustga tikilgach, usha
zaxoti chukti-rishga (besh-etti sutka davomida) qo‘yiladi va shundan sung 18—
22°S xaroratda uch-besh sutka davomida dudlanadi. Ana shunday yul bilan
tayyorlangan batonlar, yuronligiga qarab 12°S xaroratda 25—60
sutka davomida
quritiladi. Bunday ish-lovlar natijasida xomligicha dudlangan kolbasalarning nami
juda kam (25 dan to 35% gacha) bo‘ladi, shu sababli ular yaxshi saqlanadi.
Xomligicha dudlangan kolbasalar pusti tuk jigar rang bo‘lib, tuz va organiq
moddalardan tarkib topgan oqish zang bilan qoplangan bo‘ladi. Bu kolbasaning
yaxshi ishlov berilganligi va a’lo sifatli ekanligidan dalolat beradi; bu zang kolbasa
dudlangandan sung uzoq muddat quritilishi davomida xosil bo‘ladi. Quritishda
qiyma etiladi, konsistensiyasi zich bo‘la bo-radi, yokimli ta’m paydo bo‘ladi, tuk
qizil rangli va dud hidi kelib turadigan bo‘ladi.
Xomligicha dudlangan kolbasalar sifat jihatdan oliy va 1- sortga bo‘linadi.
Oliy sortlilarga Svinaya, Sovetskaya, Osobaya svinaya, Russkaya, mol go‘shtidan
tayyorlangan Govyajya, Polskaya, Servelat, Uglichskaya, Braunshveygskaya,
Nevskaya, Tambovskaya, Maykovskaya, Kubanskaya, Rostovskaya, Sudjuk va
Turistskaya
kolbasalar
kiradi;
1-sortlilarga—Moskovskaya,
Ukrainskaya,
Lyubitelskaya, Orskaya va qo‘y go‘shtidan tayyorlangan (Baranya) kolbasalar
kiradi.
Dudlab qaynatilgan kolbasalar xomligicha dudlangan
kolbasalardan farq
qilib, dastlab 48—72
soat davomida dudlanadi, sungra qaynatiladi va 12—24 soat
davomida ikkinchi marta qayta dudlanadi va nixoyat, 15 sutka davomida quritiladi.
Ularning namligi xomligicha dudlangan kolbasalarnikiga qaraganda ko‘proq (40
dan to 68% gacha) bo‘ladi, shu sababli xomligicha dudlangan kolbasalarga
Qaraganda saqlashga bir muncha chidamsizroqdir. Dudlab qaynatilgan kolbasalar
ham oliy va 1-sortlarga bo‘linadi. Oliy sortga—Delikatesnaya, Moskovskaya,
cho‘chqa go‘shtidan tayyorlangan Svinaya, Servilat kolbasalari va 1-sortga—
Ukrainskaya, Lyubitelskaya, Zakaznaya, qo‘y go‘shtidan tayyorlangan (Baranya)
hamda Rostovskaya kolbasalari kiradi.
Sotuvga qo‘yiladigan kolbasalar qo‘yidagi standart talablariga javob berishi
lozim: batonlarning yuzasi toza, pusti shikastlanmagan, dogsiz,
shillik.siz bo‘lishi,
qo‘ygan joyi, ku-rumi va qiyma qo‘ykasi bo‘lmasligi lozim; konsistensiyasi kat-tik
va zich; qiymasi uvalanmaydigan va bir tekis aralashty-rilgan, me’yorida
tuzlangan, yog‘ bo‘laklari oq rangda, mazali xushbuy; hidli bo‘lishi shart.
Ifloslangan,
shakli uzgargan, pusti yorilgan, pustining ustida qiymaning
katta-katta qo‘ykalari bo‘lgan, singan, po‘sti shilliq va ho‘l moror bilan qoplangan,
kul rang dogli
va kesib ko‘rilganda yog‘ bo‘lakchalari sariq bo‘lgan, yaxshi
qaynatilmagan, yorlari eritib qo‘yilgan, dudlash vaktida koraytirib yuborilgan,
rovak konsistensiyali kolbasalar savdoga chiqarilmaydi.