Oziq-ovqat texnologiya va muhandisligi xalqaro instituti


-mavzu. Elementlar davriy sistemasining XIII – XIV guruh elementlarining umumiy hossalari



Yüklə 150,5 Kb.
səhifə5/13
tarix10.09.2023
ölçüsü150,5 Kb.
#142565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Muvaqqat dastur ATOTES Kimyo-1,2

15-mavzu. Elementlar davriy sistemasining XIII – XIV guruh elementlarining umumiy hossalari
Bor va uning elektron formulasi, tabiatda uchrashi, olinishi, fizik va kimyoviy xossalari. Borning gidridlari, karbidlari, oksidlari, kislotalari va ularning olinishi, xossalari va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Alyuminiy va uning elektron formulasi, tabiatda uchrashi, olinishi, fizik va kimyoviy hossalari. Alyuminiy oksidlari, gidroksidlari, karbidlari. Alyuminiy tuzlari, ularning xossalari, eruvchanligi, sanoat suvlarini tozalashda ahamiyati. Alyumosilikatlar. Galliy, indiy, talliy elementlari va ularning elektron formulasi, tabiatda uchrashi, olinishi va fizik-kimyoviy xossalari. Oksidlari, gidroksidlari, tuzlari va ularning xossalarini alyuminiy birikmalari bilan solishtirish. Galliy, indiy, talliy elementlari va ularning birikmalarini xalq xo‘jaligida ahamiyati.
Uglerod, uning elektron formulasi, tabiatda uchrashi, olinish usullari, fizik va kimyoviy xossalari. Uglerod, allotropiyasi. Uglevodorodlar. Uglerodning Respublikadagi tabiiy manbalari. Uglerodning kislorodli birkmalari, kislotasi, tuzlari. Uglerodning oltingugurtli, azotli birikmalari. Sianid va rodanid kislotlari va ularning tuzlari. Uglerod va uning birikmalarining ishlatilishi. Kremniy. Kremniyni tabiatda uchrashi, olinishi, strukturasi, fizik va kimyoviy hossalari. Kvars. Silikat kislotalar va ularning tuzlari. Silikatlar. Alyumosilikatlar. 0‘zbekiston Respublikasida silikat sanoati va uning istiqbollari. Germaniy, qalay, qo‘rg‘oshin, tabiatda uchrashi, olinishi, fizik va kimyoviy xossalari, birikmalari, ishlatilishi va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.
16-mavzu. Elementlar davriy sistemasining XV va XVI guruh elementlarining xossalari.
Guruhlarning elementlarining umumiy xarakteristikasi, elektron tuzilishi. Azotning tabiatda uchrashi, laboratoriyada va sanoatda olinishi, fizik va kimyoviy xossalari. Azotning vodorodli birikmalari. Ammiak. Azotli o‘g‘itlar. O‘zbekistonda ammiakni va azotli o‘g‘itlaming olinishi. Gidroksilamin, gidrazin, azid kislota. Azotning kislorodli birikmalari, kislotalari, tuzlari. Nitrat kislota va uning olinishi, xossalari, tuzlari, ahamiyati. Fosfor, uning elektron formulasi, tabiatda uchrashi, olinishi, allotropiyasi, fizik- kimyoviy xossalari. Fosforning vodorodli va kislorodli birikmalari. Fosfin. Fosfat kislota va uning tuzlari. Fosfor va uning birikmalarini ishlatilishi. Mishyak, surma, vismut, ularning elektron formulasi, tabiatda uchrashi, olinishi, fizik, kimyoviy xossalari. Bu elementlarning vodorod, kislorod, metallar, metalloidlar bilan xosil qilgan birikmalarini olinishi, xossalari. Bu elementlarni tuzlari, kislotalari va ularning gidrolizi. Bu elementlar va ularning birikmalarining xalq xo‘jaligida ahamiyati.
Kislorod va uning molekula tuzilishi, olinish usulari, xossalari. Ozon va uning olinishi, xossalari. Metall ozonidlar. Suv, fizik va kimyoviy xossalari, holat diagrammasi. Vodorod peroksid, peroksid birikmalar, ularning olinishi va xossalari. Kislorodning sanoatda ishlatilishi. Oltingugurt, tabiatda uchrashi, olinishi, poliamorf modifikatsiyalari, kimyoviy xossalari, vodorodli birikmalari. Sulfidlar, polisulfidlar, kislorodli birikmalari. Oltingugurtning kislorodli kislotalari. Sulfit va sulfat kislotalari ularning tuzlari, oksidlanish- qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etishi. Tiokislotalar va ularning tuzlari. Oltingugurtning galogenli birikmalari va ularning xossalari. Oltingugurt va uning birikmalarining ishlatilishi. Selen, tellur, poloniy, tabiatda uchrashi, olinishi, fizik va kimyoviy xossalari, birikmalari va ularning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.

Yüklə 150,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin