1-MAVZU: TEXNOLOGIK OQIM TURI VA TEXNOLOGIK QURILMALARNING SINFLANISHI
Reja:
1.Mol tashishning usullari
2.Korxona ichida harakatlanuvchi maxsus transport vositalari
3.Osma yo‘l va konveyyerlar
Tayanch so‘zlar: mexanik ishlov berish, issiqlik ishlov berish va maxsus texnologik ishlov, molni so‘yish va qonsizlantirish, ichki a’zolarini ajratib olish, ichaklarga ishlov berish, go‘shtni suyakdan ajratish uskunalari.
Bajaradigan ishiga qarab barcha texnolgik jihozlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: texnologik-harakatlanuvchi; mexanik ishlov berish uchun, issiqlik bilan ishlov berish uchun va maxsus texnolgik ishlovni amalga oshirish uchun (molni so‘yish va qonsizlantirish, ichki a’zolarini ajratib olish, ichaklarga ishlov berish, go‘shtni suyakdan ajratish, va h.k.).
Uskunadan foydalanishdan asosiy yakuniy maqsad – mahsulotga ishlov berish. Ishlov berish deganda xom ashyoning shakli, xususiyatlari, yoki holatini o‘zgarishiga aytiladi.
Ishlov berish ishchi qurilma mexanizmlarida amalga oshiriladi.Ikkitadetal (zveno)ning eng oddiy harakatli ulanmasi kinematik juftlikni tashkil etadi. Shunday juftliklar yig‘indisi esa kinematik zanjirni tashkil etadi.Demak, mexanizm – bu berilgan kuch ta’siri ostida kerakli harakatni bajaruvchi sun’iy kinematik zanjir demakdir. Hoxlagan mashinani mexanizm deyish mumkin, ammo xohlagan mexanizm mashina bo‘la olmaydi. Mavjud mashinalar konstruksiyasini takomillashtirish va yangi konstruksiyalar yaratish yo‘li bilan go‘shtni qayta ishlash korxonalarining jarayonlarini mexanizatsiyalash imkoniyati paydo bo‘ladi. Mexanizatsiya – ishlab chiqarish jarayonlaridagi ishchilarning qo‘l mehnatini qisman yoki to‘laligicha mashina, apparat va mexanizmlar bilan almashtirish orqali mehnat unumdorligini oshirishning usullaridan biridir. Bir yoki bir necha mashina, apparatlar yoki agregatlarni o‘rnatib, mexanizatsiya amalga oshiriladi. Apparat ma’lum operatsiyani bajaruvchi pribor yoki moslama, agregat esa turli qurilma va apparatlarning yig‘indisi bo‘lib mujassam holda samarali ishlash uchun mo‘ljallangan.
Bir necha mashina va agregatlar harakatlantiruvchi qurilmalar orqali o‘zaro biriktirilib xom ashyo va mahsulotga texnologik rejimlarga aniq rioya qilgan holda biror texnologik ketma-ketlikda ishlov berilishi natijasida mexanizatsiyalashgan liniya oqimi vujudga keladi. Mexanizatsiyalashgan liniya bor (ajratilgan) ishlab chiqarish maydonida nafaqat mehnat unumdorligini oshiradi, balki tayyor mahsulot sifatini ham yaxshilaydi, uning tan narxini tushiradi, ishlab chiqarishda eng yaxshi (maqbul) texnologik oqim hosil qiladi, ishchi kuchi va uskunalar joylashuvini yaxshilashga imkon beradi. Shunga qaramay qisman yoki to‘la mexanizatsiyalashgan liniyada ham qo‘l mehnati ulushi bo‘ladi, inson texnologik jarayonda qatnashadi. Ushbu sabablarga ko‘ra ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, mexanizatsiyalashgan liniyalarda mahsulot ishlab chiqarishning oliy va so‘nggi bosqichini tashkil etadi.
Avtomatlashtirish ishlab chiqarish jarayonlarida insonning bevosita ishtirokisiz, ammo uning nazorati ostida olib borish imkoniyatini beradi. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish texnikani uzoq rivojlanib borish natijasidir.
Avtomatlar yoki avtomat mashinalar ish siklining barcha ishchi va yordamchi harakatlarini jumladan, bu harakatlar boshqaruvini ham mustaqil amalga oshiradi. Chuchvara tugish mashinalari, sosiska ishlab chiqarish agregati,kotletnishakllantirish mashinalari murakkab, yarim avtomat rejimida ishlovchi mashinalar guruhiga misol bo‘la oladi. Mexanizatsiyalashtirilgan liniyalarga esa submahsulotlarga, ichaklarga, teriga ishlov berish liniyalari, oziqaviy mol yog‘i va kolbasa ishlab chiqarish liniyalari misol bo‘la oladi.
Uskuna ishlab chiqarish zavodlari yoki loyihalash tashkilotlari o‘z mahsulotini markalaydi va qisqartirilgan ko‘rinishda uning pasporti va yorlig‘iga yozadi. Mashinalar go‘shtni qayta ishlash mashinalari markasining birinchi harfi ―F bo‘lgan. Qolgan harf va sonlar mashina nomi va eng asosiy ko‘rsatkichini ifoda etgan. Masalan, quyidagi mashinalar markasi ushbu ma’noni bildiradi:
FUAM – qora mol terisini mexanik shilish universal agregati, M-modernizatsiyalashtirilgan; FSN – uzluksiz ishlovchi, shoxli kichik mol terisini shilish qurilmasi; FSB – davriy ishlovchi, qo‘y terisini mexanik shilish qurilmasi; FEOS – elektr yordamida cho‘chqani hushsizlantirish apparati, FSHG – gidravlik shpig (qalin yog‘ni) kesish mashinasi, FOK – ichakka ishlov berish uchun universal shlyamlash mashinasi.
Qator mashinalar markasida harf belgilar yonida sonlar qatnashadi:
AB-50-M - unumdorligi soatiga 50 bosh qora molni hushsizlantirish boksi; modernaziyalashtirilgan PP-150 - 150 kg quvvatli yassi cho‘michli yuk ko‘targich; LRN- 500 – 500 kg yuk ko‘tarish aylanadigan devorga o‘rnatishga moslangan lebyodka; PPG-1 gidroyuritmali ko‘tarish va tushirish maydonchasi; KSSH-1000 – uzluksiz ishlovchi, qora mol terisini shilish konveyyer agregati; MP-2-220 – reshyotka diametri 220 mm-li (volchok);
NOGSH-325 – diametri 325 mm barabanli uzluksiz ishlovchi, cho‘kmaga tushiruvchi toifadagi gorizontal shnekli sentrifuga; PK-2M – suyak kesuvchi arra; GSH- 65 – silindr hajmi 65 litrga teng gidravlik shprits. Ayrim indekslar ixtirochi familiyasining bosh harfini o‘z ichiga oladi: SUB-3M – Skripnik, Usik va Lavrushinlarning chuchvara o‘rash avtomati; YELRO - Yelenich va Rodinlarning markazlashgan tutun beruvchi generatori; SSL- 2 – Sinitsin, Sidorov va Lavrushinlarning submahsulot kuydirish pechi; MVVSH-SHeffer sistemasidagi nam havoli havo sovutgichi; FV-2-L200 – Lagoshi konstruksiyasi bo‘yicha diametri 200 mm reshetkali, go‘sht maydalash uchun volchok.
Chet el uskunalari ko‘proq firma nomi bilan ataladi, masalan, volchok ―Matador-Gigant go‘sht maydalagichi; ―”Anko yoki ―Puk-Vikozator‖ go‘sht maydalagichi; ― Kontiflou‖ firmasi shpritsi; De Laval firmasi separatori; ―French firmasi jizzadan yog‘ presslash mashinasi.
Dostları ilə paylaş: |