Ayrim uzatmalarning va podshipniklarning foydali ish koeffitsiyentining taxminiy qiymatlari
Ilova: Uzatmalarning foydali ish koeffitsiyenti podshipniklardagi yo‘qotishlarni hisobga olmagan holda berilgan.
Uzatishlar nisbatining eng katta qiymatlarini tanlash ko‘pincha konstruktiv qiyinchiliklarga olib keladi, ayniqsa tasmali uzatma uchun. Agar tishli va tasmali uzatmalar uchun uzatishlar nisbatining minimal qiymatlari olinsa, ularning kinematik imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmaydi. Uzatishlar nisbati tishli, chervyakli va tasmali uzatmalar uchun standartlashtirilgan, shuning uchun ayrim uzatish sonlarining aniq qiymatlarini hisoblashda standart qatorlardan olinishi kerak. Silindrik tishli uzatmalar uchun uzatish sonining nominal qiymatlari GOST 2185-66 da belgilangan.
Konussimon tishli uzatmalar uchun uzatish soni GOST 12289-66 da 1 dan 6,3 oralig‘ida belgilangan.
Tasmali va zanjirli uzatmalar uchun ham nominal uzatish nisbati qiymatlarini tanlashda ham GOST 17383-73 va GOST 1284-68 lardan foydalanish kerak, chunki tasmali uzatma uchun GOST bo‘yicha olingan shkiv diametrlarining nisbatlari (D2/D1) uzatish nisbatini beradi, bu o‘z navbatida berilgan u qiymatlarga GOST 591-69 ga mos keluvchi zanjirli uzatma yulduzchalari (z2 / z1) tishlari sonlarining nisbatlariga ham tengdir. Chervyakli uzatmaning uzatishlar soni GOST 2144-66 bo‘yicha tanlab olinadi. uzatish nisbatlarini tanlashda birinchi qatorni, ikkinchi qatorga nisbatan afzalroq deb qarash kerak. Uzatish nisbatlarining haqiqiy qiymatlari nominal qiymatlardan farqi 2,5.4 %dan oshmasligi kerak.
Pasaytiruvchi uzatmalar uchun tavsiya etilgan uzatish soni va uzatish nisbati
qiymatlari
Nazorat savollari
1. Mashinaning yuritmasi deb nimaga aytiladi?
2. Oddiy yuritma qanday qismlardan tuzilgan?
3. Yuritmani kinematik hisoblash deganda nima tushuniladi?
4. Kinematik hisoblash, yuritmani hisoblashning nechanchi bosqichi hisoblanadi?
5.Yuritma kinematik sxema asosida o‘zaro bog‘langan qaysi zvenolardan tashkil topgan?
Dostları ilə paylaş: |