Oziq-ovqat texnologiyalari


Hayvonlarni tashish, qabul qilish uchun qurilmalar



Yüklə 414 Kb.
səhifə3/8
tarix05.06.2023
ölçüsü414 Kb.
#125402
1   2   3   4   5   6   7   8
“ГЎШТ-СУТ САНОАТИ КОРХОНАЛАРИ ЖИҲОЗЛАРИ” 1

Hayvonlarni tashish, qabul qilish uchun qurilmalar
Chorva mollari go‘sht kombinatlariga temiryo‘l, avtomobil va suv transporti orqali tashiladi. Bizning respublikamizda ko‘p hollarda avtomobil transportida tashiladi.
Mol tashishning bu usuli 150-200 km masofa uchun eng tejamlisi hisoblanadi. Mol tez tashib kelinadi, avtomobilning o‘rtacha tezligi 50 km/soatni tashkil etadi. Mol tashish uchun turli yuk ko‘tarish imkoniyatiga ega avtomobillardan foydalaniladi. Buning uchun ularni borti maxsus ravishda ko‘tariladi, alohida hollarda quyosh va yomg‘irdan asrash uchun brezent bilan yopiladi. GAZ-63 rusumli avtomobil ya’ni mol tashish mashinasi aks ettirilgan. Uning yuk ko‘tarish qobiliyati 3 tonnaga teng. Ushbu mashinada 10-12 bosh shoxli yirik mol yoki 50-60 bosh shoxli kichik mollarni tashish mumkin.



Yuk ko‘tarish qobiliyati 3 tonnalik mol tashish mashinasi.
Ammo maxsus jihozlanmagan mashinalarda mol tashilganda uning yuk tashish qobiliyatidan to‘la foydalanilmaydi, hamda chorva mol terisi shikastlanishini mumkin, shuning uchun oxirgi yillarda mol tashish uchun maxsus jihozlangan mashinalar ishlab chiqilgan.
Jumladan Mitishi va Odessa mashinasozlik zavodlarining MMZ-776, MMZ-776A, Od-A3-822, Od-A3-857 rusumli 6 t yuk ko‘tarish quvvatiga ega bo‘lgan mol tashuvchi yarim pritseplari misol bo‘la oladi. Bu mashinalarni uzunligi 8 m va eni 2,5 m. Ushbu mashinalarda 17 tagacha shoxli yirik va 60-75 shoxli kichik mollarni tashish mumkin. Tashish vaqtida mol bog‘lanadi, shu bilan travmatizmga chek qo‘yiladi. Chorva mollari yarim pritseplarga maxsus maydon-estakadadan yoki engashgan traplar yordamida mashina kuzovining yon yoki orqa tomonidagi eshikcha orqali ortiladi.



Odessa avtoyig‘ish zavodining ixtisoslashgan mol tashuvchi yarim pritsepi
Tayyorlangan go‘sht ham temiryo‘l yoki avtomobil transporti yordamida tashiladi. Temiryo‘l transportida go‘sht maxsus vagon-refrijeratorlarda tashiladi.
Vagonning ichkari qismi maxsus ruxlangan oq tunuka bilan qoplangan, ichkaridan sovutiladi. Bunday vagonlarga sanitar ishlov berish oson. Vagonning ichiga go‘sht ilish uchun maxsus metall to‘sin (balka) va ilgaklar o‘rnatilgan, ayrimlarida yog‘och panjara va o‘rindiqlar (stellajlar) o‘rnatilgan. Ushbu vagonlarda sovutilgan go‘sht butun, nimtalangan yoki choraklangan ko‘rinishda tashiladi. Go‘shtdan tashqari ushbu vagonlarda dudlangan mahsulotlar, kolbasa, go‘sht konservalari, ozuqaviy yog‘lar tashiladi. Go‘sht va go‘sht mahsulotlari tashilganda tabiiy shamollatishga katta e’tibor beriladi. Buning uchun vagon ustida shamollatish qopqoqlari (lyuklari) qurilgan. Vagonni sovutish uchun sovutish agregati o‘rnatilgan. Uning tarkibiga freonda ishlovchi kompressor, dvigatel, kondensator, bug‘latuvchi va ventilyator kiradi. Ventilyator havoni bug‘latuvchi issiqlik almashinish yuzasi orqali vagon ichida sirkulyatsiyalaydi. Rasmda sovutilgan go‘shtni vagon-refrijerator ichida joylashtirish sxemasi ko‘rsatilgan. To‘rt o‘qli vagonga 10-12 tonna sovutilgan go‘sht ortiladi.

Sovutilgan go‘shtni vagon-refrijerator ichida joylashtirish sxemasi.
Vagon-refrijeratrlar poliuretan, polisterol yoki shisha paxta bilan izolyatsiyalanadi. Izolyatsiya qatlamining qalinligi 120-200 mm-ni tashkil etadi. Refrijeratorli temir yo‘l poyezdlari vagon-refrijeratorlar tizimini tashkil etadi. Vagonlardan birida ichki yonuv dvigateli bilan kuchli sovutish qurilmasi va boshqa sovutgich qismlari o‘rnatiladi. Odatda bunday vagon o‘rtada joylashgan. Sovutish agenti (freon) vagondan vagonga egiluvchan shlang orqali uzatiladi.
Shuning bilan poyezddagi barcha vagon-refrijerator birgina vagonga o‘rnatilgan sovutish agregati yordamida sovutiladi. Shunday poyezd birdaniga 400 t go‘shtni tashish qobiliyatiga ega. Vagonlardagi haroratni kerakli darajada o‘zgartirish imkoniyati mavjud.
Me’yoriy yuklanganda sovutish agregatini 6-7 sutka uzluksiz ishlatganda, tashqaridagi harorat 25 Co bo‘lganda sovutilgan go‘sht ortilgan vagonlarda harorat -10 Co ni tashkil etadi.
Go‘sht sifatini saqlagan holda katta masofada joylashgan qayta ishlash korxonalarigacha tashib kelishda, temir yo‘l mavjud bo‘lgan hollarda, sovutgichli poyezdlar katta rol o‘ynaydi.
Temir yo‘l yo‘q holda esa 150-200 km masofaga go‘sht tashib kelishda refrijeratorli avtomobil transportidan foydalaniladi.
Rivojlangan davlatlarda, jumladan Ukrainaning Odessa avtoyig‘ish zavodida avtorefrijeratorlar ishlab chiqariladi. O‘zbekistonda ZIL-MMZ-164N rusumli sudrovchi va bir o‘qli OAZ-826 rusumli yarim pritseplar keng tarqalgan.
Ularda sovutilgan go‘sht ilgaklarga osilgan holda tashiladi. Buning uchun yarim pritsep kuzovining shiftida o‘nta oson demontaj qilinadigan quvur mahkamlangan.
Muzlatishgan go‘sht polga tashlangan yog‘och reshyotkalarda shtabel ko‘rinishda taxlangan holda tashiladi.
Pritsepning yuk ko‘tarish qobiliyati 5 t. Kuzovi yaxlit metalli yopishtirilgan furgon bo‘lib ikki karkasdan iborat. Tashqi tomondan dyuraldan tayyorlangan listlar bilan qoplangan, mipor yoki penoplast bilan izolyatsiyalangan. Ichki tomoni yog‘och taxta bilan qoplangan.
Furgon sig‘imi AR-3 rusumli freon sovutish agenti bilan ishlovchi sovutish qurilmasi yordamida sovutiladi. Agregatning sovuq ishlab chiqish quvvati 2400 kkal/soatni tashkil etadi. Kuzov ichida 4 – (-15) Co harorat ushlab turiladi. Sovutish qurilmasi kuzovning old qismida joylashtiriladi.
Lipetsk mashinasozlik zavodida 2-3 t yuk ko‘tarish quvvatiga ega ichiga AR-1 rusumli sovutish agregati qurilgan izotermik kuzovlar ishlab chiqarilgan. Kuzov ikki o‘qli shassi, ZIL-157 va ZIL-164 avtomobillariga o‘rnatilgan. Kuzovning yon devorlari va tomi tashqi tomondan temir tunuka bilan, ichki tomondan sinklangan tunuka yoki zanglamas temir tunukasi bilan qoplangan. Bunday avtorefrijeratorlarda nafaqat go‘shtni tashish, balki 2-3 sutka davomida uni sifatini buzmasdan saqlash ham mumkin. Sovutish qurilmasi unda haroratni 4 – (-30S ) oralig‘ida avtomatik tarzda saqlab turishni ta’minlaydi.
Rasmda MAZ-500G rusumli Cherkassk shahri sovutish uskunalari mashinasozlik zavodida ishlab chiqarilgan avtorefrijerator aks ettirilgan.
Uning yuk tashish quvvati ilgakda osilgan holatda go‘shtni tashish bo‘yicha 3 t, muzlatilgan go‘shtni shtabelda tashish bo‘yicha 5,5 t -ni tashkil etadi. Avtorefrijetatorda o‘rnatilgan freonli sovutish qurilmasining quvvati 3000 kkal/soatni tashkil etadi. Kuzov ichida harorat -15 Co gacha tushiriladi.


Yüklə 414 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin