38
Hozirgi vaqtda viruslar Vira olamiga birlashtirilgan. Viruslarni o‘rganuvchi
fanga birinchi bo‘lib, L.Ivanovskiy (1892) asos solgan bo‘lib, hozirda bu fan
virusologiya deb ataladi. Viruslar barcha tirik organizmlarda kasallik qo‘zg‘atadi.
Viruslar qachon va qanday paydo bo‘lganligi noma’lum, ammo har xil gipotezalar
mavjud. Hozirgi kunda viruslarga quyidagi ta’rif beriladi.”Viruslar o‘ta
kichik
organizm – mikroorganizm ham bo‘lmagan, mineral organizmlar bo‘lgan
mikroplazmalar, rikketsiylar va xlamidiylar kabi o‘z oqsilsintezlovchi sistemalariga
ham ega bo‘lmagan, nuklein kislotasining sintezi har xil darajada hujayraga bog‘liq
bo‘lgan va mustaqil evolyutsiyaga uchraydigan, avtonom genetik strukturalar bo‘lib,
tabiatning mikroskopik molekulalarga yaqin qilib yaratgan, o‘ziga xos parazitlik
qilib yashaydigan, xilma-xil, ko‘p sonli guruhlarga ega va Vira olamiga birlashgan
hayotning hujayrasiz formasidir”.
Viruslar virusologiyada o‘rganiladigan mustaqil fan bo‘lib, o‘z ob’ekti
va tadqiqot metodlariga ega. umumiy virusologiya viruslarning tabiati, ularni
tuzilishi, ko‘payishi,
sistematikasi, biokimyosi, genetikasini o‘rganadi. Tabiiy,
veterenariya va qishloq xo‘jaligi virusologiyalari esa viruslarni patogenligi, ularni
yuqumliligi, profilaktikasi, diagnostikasi va ular qo‘zg‘atadigan kasalliklarni
davolashni o‘rganadi. (Jdanov V.M., 1990. Internet ma’lumotlari, 2012 yy.)
1886 yili nemis olimi Adolf Mayer Gollandiyada tamaki o‘simligida
uchraydigan mozaika kasalligini o‘rganadi. U o‘z ishlari natijasida tamaki
o‘simligida kasallikni vujudga keltiruvchi mikroorganizm
nihoyatda mayda
ekanligini va hatto bakterial filtrlardan ham o‘tib ketishini ko‘rsatib beradi. Uning bu
ishlarini Beyerink o‘z tajribalari asosida tasdiqlaydi.
Tamaki o‘simligining virus zarrachasida 5% RNK va 95% oqsil bo‘ladi. Lekin,
rangli karamda uchraydigan mozaikada va ko‘pgina hayvonlarda uchraydigan
viruslarda va bakteriofaglarda DNK ham uchrashini Shlizinger 1934 yilda ko‘rsatgan
edi.
Viruslar biologik mikroskopda ko‘rinmaydi, sun’iy ozuqa muhitida o‘smaydi,
faqat o‘simlik, hayvon, odam organizmiga o‘zini tirikligini namoyon etadi. Ularning
faqat elektron mikroskop orqali kuzatish mumkin.
Traxoma, qizamik, quturish, chinchechak, suvchechak, poliomielit, gripp va
ko‘pgina boshqa kasalliklar viruslar orqali vujudga keladi. Virusli kasalliklar
natijasida ko‘pgina hayvonlar zararlanadi, madaniy o‘simliklarning hosili kamayib
ketadi. Bunda o‘simliklar
bargi yemiriladi, rangi oqarib, buralib, burishib, bo‘yi
o‘smay, pakana bo‘lib qoladi, ba’zan esa gipokotili va ildizlari ham zararlanadi.
O‘simliklarda viruslar sfera yoki tayoqcha shaklidagi oqsilli qobiq va uning
ichida joylashgan nuklein kislotadan iborat bo‘ladi. Nuklein kislota miqdori 15-45%
atrofida, spiral simmetriyalilarda 5%, batsillalarga o‘xshashlarida 1% ga yaqin; ba’zi
vakillarida 20% ga yaqin lipidlar ham uchraydi. Bulardan tashqari virus kristallarida
50% ga yaqin suv ham bo‘ladi.
Tamaki o‘simligi mozaikasi virusi tayoqcha shaklidagi nukleproteid bo‘lib,
hujayradan tashqaridagi virus virion (hujayra ichidagisi vegetativ qurollangan
virus) deb ataladi. Virionlar boshqa organizmlarga kirgandan so‘ng o‘zining
tirikligini namoyon qiladi. Tamaki o‘simligini zararlangan
barglarda kristallarni
39
ko‘rish mumkin. Bu kristallar yaxshi eriydi. Ularni amorf holda ajratib olish mumkin,
nihoyat qaytadan kristallar hosil qilish ham mumkin. Har bir kristall millionlab
virus zarrachasidan iborat bo‘lib, virionning massasi 40*10
6
daltonga teng bo‘lgan
molekulyar massaga ega bo‘lgan ribonuklein kislotadan va oqsilli qobiqdan iborat
bo‘lib, bu qobiq kapsid deb ataladi (grekcha kapsa - quti demakdir).
Oqsilli kapsid monomerlardan iborat, ular kapsomerlar deb ataladi. Har bir
virusdagi kapsomerlar soni doim bir xil bo‘ladi (masalan, poliomielit virusida 32
ta, tamaki virusida 2130 ta subbirlik mavjud).
Kapsid bilan o‘ralgan nuklein kislota nukleokapsid deb ataladi. Ba’zi kapsidlar
ustidan qobiq bilan o‘raladi,
bu qobiq peplos deb atalib, u peplomerlardan iborat.
Ba’zi viruslarda peplos virus oqsilidan iborat bo‘lsa, boshqalarida esa hatto
o‘simtalar lipidlar, glikoproteidlar va fermentlar ham uchraydi.
1955 yilda X.Frenkel-Konrat va R.Uilyams tamaki mozaikasi virusidan
RNK ni ajratib olishga muvaffaq bo‘ldilar va uni sog‘lom tamaki o‘simligiga
yuqtirilganda, tamakida mozaika alomati hosil bo‘lganligini kuzatadilar. Tamaki
o‘simligining virusi nukleoproteid bo‘lib, nuklein kislotasini mm 2*10
6
doqsilining molekulyar massasi 18000 D; uzunligi 3000 A, eni 180 A, uzunligi
eniga nisbatan 17
marta katta, 158 ta aminokislota qoldig‘idan iboratligi
aniqlangan.
Hayvonlar hujayrasidagi viruslarda RNK yoki DNK uchraydi. Masalan,
poliomielit virusi RNK va oqsildan iborat, gripp virusi RNK, oqsil, lipid va
uglevoddardan tashkil topgan.
Viruslar noqulay faktorlarga ancha chidamlidir. Masalan,
kartoshka
o‘simligining virusi rN 4,5 da inaktivatsiyaga uchrasa, tamaki o‘simligining virusi
hatto rN 2 dan past bo‘lsa ham chiday oladi, virionlarning temperaturaga chidamliligi
rN ga bog‘liq. Masalan, tamaki mozaikasi virusining qozoq shtammi rN 7 bo‘lganda,
82°S da parchalansa, tomat shtammi 96-9 8°S issiqlikdagina faolligini yo‘qotadi, eng
chidamli bo‘lgan no‘xatning S-1 virusi 108°S da qisman inaktivatsiyaga uchraydi.
Ko‘pchilik viruslar past temperaturaga ham chidamli bo‘ladi. Masalan, gripp
virusi - 70°S da 6 oy, psittakoz virusi bir yilgacha chidasa, xona xaroratida bir necha
kun ichida nobud bo‘ladi.
Agar juda tez (vakuumda) quritilsa, ko‘pchilik viruslar uzoq muddat
chidamli bo‘ladi. Masalan, ensefalit virusini vakuumda quritib, besh yil saqlash
mumkin. Lekin ultrabinafsha nurlar viruslarga salbiy ta’sir etadi,
chunki nuklein
kislotalar bu nurlarni ko‘p yutadi.
Viruslar shunchalik kichikki, ular oddiy bakteriyalarni tutib qoluvchi
chinnidan yasalgan filtrdan ham oson o‘ta oladi. Ularning kattaligi nanometr bilan
o‘lchanadi.
Savollar
.
1. Viruslar haqidagi fan qanday nomlanadi?
2. D.I.Ivanovskiy tajribalari haqida nimalarni bilasiz?
3. Viruslarni qanday o‘rganish mumkin?
4. O‘simlik virusi bilan hayvon virusining farqi nimada?
5. O‘simlik virusining tuzilishi va tarkibi qanday?