P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva


 Mikroorganizmlarda moddalar almashinuvi mexanizmi



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

 
3.2. Mikroorganizmlarda moddalar almashinuvi mexanizmi 
Mikroorganizm xujayrasi, ozuqadan tanasining qismlarini tiklash, 
fermentlar, pigmentlar, o‘stirish omillarini, toksinlarning sintezi va energiya hosil 
qilish uchun foydalanadi. Lui Paster mikroorganizmlarning ayrim turlari ikkita 
optik antipodlarning bittasidan foydalanishi, ikkinchisidan esa, foydalanilmasligi 
aniqlangan. Masalan, Penicillium glaucum vino kislotasining L-izomeridan
Streptococcus lactis sut kislotasining L-izomeridan foydalanishi aniqlangan. 
Ko‘pchilik bakteriyalar leysinni L-izomeridan yaxshi foydalanishadi. Ko‘pchilik 
bakteriyalar D-izomerlardan foydalana olmaydilar. 
Metabolizmda ikkita, bir-biriga qarama-qarshi va shu bilan birga yagona 
jarayon ro‘y beradi: konstruktiv va energetik. Konstruktiv moddalar almashinuvi 
energiya yutishi bilan boradi. Bu moddalar almashinuvi uchun xujayraning uncha 
katta bo‘lmagan miqdordagi ozuqa materiali sarflanadi. Energetik moddalar 
almashinuvida hosil bo‘lgan energiya, xujayra uchun zarur bo‘lgan energiyaga 
aylanadi. Shu jarayon sodir bo‘lishi uchun ko‘p miqdordagi ozuqa sarflanadi. 
Ikkita jarayon alohida emas, balki bir-birini to‘ldirib turuvchi jarayondir.
 
3.3. Fermentlar va ularning moddalar almashinuvidagi roli 
Fermentlar - tirik xujayra tomonidan ishlab chiqariladigan yuqori 
molekulyar tuzilishga ega bo‘lgan biologik katalizatorlardir. Ular oqsil tabiatiga 
ega. Mikroorganizmlardagi moddalar almashinuvida alohida rol o‘ynaydi. 
Mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqarilgan fermentlar turli-tuman ta’sirga va 
yuqori faolikka ega. Ulardan qishloq xo‘jaligida, tibbiyotda va boshqa sohalarda 
keng foydalaniladi. 
Mog‘or zamburug‘i tomonidan ishlab chiqarilgan amilaza fermenti 
yordamida kraxmalning parchalanishi jarayonidan pivo tayyorlashda, spirt ishlab 
chiqarishda, non pishirishda foydalaniladi. Mikroorganizmlar fermentidan tibbiyot 
sanoatida alkaloidlar, polisaxaridlar, gidrokartizonlar, prednizon, prednizolon va 


 45 
boshqalarni ishlab chiqarishda ham foydalaniladi. Bakteriyalarning kauchuk
paxta, ipak, kofe, kakao, tamaki va boshqalarni qayta ishlashda roli katta. 
Mikroorganizmlarning sintezlash hususiyati juda yuqori. Mikroorganizmlarning 
biokimyoviy faoliyati fotosintezdan kam emas. Fermentlar mikroorganizmlarga 
metan, butan va boshqa uglevodorodlarni biriktirib olishiga va ulardan murakkab 
organik birikmalar sintezlashiga imkon beradi. Fermentlar ekzofermentlar
endofermentlar, konstitutiv va induktivlarga bo‘linadi. Ekzofermentlar xujayradan 
tashqarida, endofermentlar xujayraning ichkarisida faoliyat ko‘rsatadilar. 
Konstitutiv fermentlar har doim ma’lum miqdorda xujayraning tarkibida bo‘ladilar. 
Unga lipaza, karbogidraza, proteinaza va boshqalarni hosil qilib ko‘rsatish 
mumkin. Induktiv fermentlar qachonki xujayrada ularga ehtiyoj sezilgandagina 
hosil bo‘ladilar (penitsillinaza, dekarboksilaza). Bakteriyalar, suv o‘tlari, 
zamburug‘lar, o‘simliklar golofit usulida oziqlanadilar. Ular oziqani erkin holatda 
qabul qiladilar. Eritmaning past konsentratsiyasini, bakteriya sitoplazmatik 
membranasining yuqori konsentratsiyali zonasidan o‘tishi, osmos xodisasiga 
asoslanadi. Bakterial xujayra membranasi moddalar almashinuvida katta rol 
o‘ynaydi.

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin