58
Bijg‘ish xodisasi juda qadimdan ma’lum bo‘lgan, lekin uning umumiy
mexanizmini fransuz olimi Lui Paster ishlab chiqqan. 1861 yilda L.Paster
glyukozadan etil spirti va karbonat angidrid xosil bo‘lishini kuzatgan.
Bu jarayon
fermentatsiya deb atalib, tirik organizmlarning kislorodsiz muhitda glyukozadan
ozuqa va energiya olish qobiliyatini ifodasi degan ta’rifi, fan tarixida buyuk
ahamiyatga ega bo‘ldi. Keyinchalik bu jarayonni amalga oshiradigan fermentlarni
o‘rganishga muvaffaq bo‘lindi. 1897 yili Byuxner hujayrasiz
achitqi shirasini
(zimazani), A.N.Lebedov esa achitqi zamburug‘laridan shirani ajratib olishga
erishdilar.
Shunday qilib, bijg‘ish anaerob sharoitda sodir bo‘ladigan oksidlanish
qaytarilish jarayonida organik moddalarning parchalanishi bo‘lib, buning natijasida
organizm o‘zi uchun zarur bo‘lgan energiyani oladi.
Spirtli bijg‘ish
Bijg‘ish jarayoni har xil taksonomik guruhlarga mansub bo‘lgan
mikroorganizmlar tomonidan amalga oshiriladi.
Biotexnologiyaning asosiy vazifalaridan biri, tirik
mikroorganizmlarga xos
bo‘lgan ochiq yoki yopiq tizimdagi biotexnologik jarayonlardan sanoat sharoitida
foydalanishdan iboratdir.
Spirtli bijg‘ish, u yoki bu mahsulotni qayta ishlashni natijasida spirtga
aylanadigan biotexnologik jarayondir. Bijg‘ish, hujayrada sodir bo‘ladigan modda
almashinuvini energetikasi bilan chambarchas bog‘liqdir. 1861 yilda L.Paster
spirtli bijg‘ishni achitqi zamburug‘larining faoliyati bilan bog‘liqligini o‘rgangandan
keyin bu jarayon biologik jarayon sifatida qaraladigan bo‘ldi.
Byuxner va Xan tomonidan spirtli bijg‘ish jarayonini o‘rganilishi bijg‘ish
jarayonining tabiati haqida zamonaviy tasavvurni paydo bo‘lishiga olib keldi.
Spirtli bijg‘ish biokimyoviy reaksiyalarning birin-ketin
keladigan jarayoni
bo‘lib, bunda achitqi zamburug‘i hujayralari organik birikmalarning energiyasini to‘liq
ishlata olmaydi. Har bir achitqi zamburug‘ining hujayrasi o‘zini og‘irligidan 30 va
undan ko‘proq marotaba miqdordagi shakarni parchalay olishi hisoblab chiqilgan.
Natijada, hujayraning energetik potensiali oshadi va bu ATF ning ajralib chiqishi
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu energiyani hujayraning zahira moddalari – glikogen,
karbon suvlar (tregalozalar), yog‘lar va boshqa birikmalar sintezi uchun ishlatiladi.
Shuning uchun ham spirtli bijg‘ishni, shakarni - to‘liq bo‘lmagan, ammo
ko‘p bosqichli anaerob, fermentativ parchalanishi deb qaralmog‘i lozim. Bu
jarayon oqibatida bijg‘ishni asosiy mahsulotlari - etanol va karbonat angidrid gazi
hosil bo‘ladi.
Spirtli bijg‘ish jarayonini amalga oshirish uchun ko‘proq
Saccharomyces avlodiga mansub achitqi zamburug‘lari (S. cerevisiae,
S.elipsoideus, S.vini va h.k.) ishlatiladi.
Achitqi zamburug‘laridagi spirtli bijg‘ish jarayoni
yuksak organizmlardagi
glikoliz jarayonidan faqatgina oxirgi bosqichi bilan farq qiladi. Bunga asosiy sabab,
achitqi zamburug‘laridagi piruvatdekarboksilaza fermenti hisoblanadi. Bu ferment
piruvatni atsetaldegidga aylantirib beradi, hosil bo‘lgan atsetaldegid esa etanolgacha
qaytariladi.
59
Cpirtli bijg‘ish ikki bosqichda amalga oshadi.
Birinchi bosqichda - glyukozadan fruktoza -1,6-difosfat hosil bo‘ladi. Keyin
u 2 molekula triozani hosil qiladi.
Ikkinchi bosqichda - 2 molekula triozadan 2 molekula piruvat hosil bo‘ladi.
Oltita uglerod molekulasiga ega bo‘lgan glyukozaning
ikkita uch uglerodli
piruvatga parchalanishi birin-ketin amalga oshuvchi 10 ta fermentativ reaksiyalar
yordamida amalga oshadi.
Dastlabki, besh reaksiya glyukozani parchalash uchun tayyorgarlik bosqichi
hisoblanadi. Bu reaksiyalarda glyukoza S6 holatida ATF hisobidan fosforillanadi,
keyin izomerlanish oqibatida fruktoza-6-fosfatga
aylanadi, u esa S1 holatida
fosforillanadi va fruktoza-1,6-bifosfat hosil bo‘ladi. Bu molekulaning parchalanishi
oqibatida ikki molekula glitseroaldegid-3-fosfat hosil bo‘ladi.
Ikkinchi bosqich ham birin-ketin keladigan 5 ta fermentativ
reaksiyadan iborat bo‘lib, piruvat hosil bo‘lishi bilan tugallanadi.
Dostları ilə paylaş: