15-rasm.
Bacillus
anthracis
16-rasm.
Aspergillus flavuys
Mikroorganizmlarning uglerod bilan oziqlanishi
Uglerod manbalariga ko‘ra, mikroorganizmlar avtotrof, ya’ni uglerodni
anorganik moddalardan o‘zlashtiruvchilarga va geterotrof, ya’ni uglerodni organik
holda o‘zlashtiruvchilarga bo‘linadi. Turli shakarlar, spirtlar, organik kislotalar,
52
uglevodorodlar bular uchun asosiy oziqa manbai hisoblanadi. Eng yaxshi oziqa
tarkibida
oksidlangan
SN
2
ON-SNON-SON
gruppalari
bo‘lgan
uglerod
manbalaridir, shuning uchun bunday gruppalarga ega bo‘lgan glitserin, mannit,
shakarlar va bir qator organik kislotalar eng yaxshi oziqa manbai xisoblanadi.
Chumoli kislota (NSOON) va shovul kislota (SOON×SOON) faqat ba’zi
mikroorganizmlar tomonidan o‘zlashtiriladi, xolos. Ayrim mikroorganizmlar,
masalan, Aspergillus flavus zambrug‘i, parafin yoki yog‘ kislotalarini o‘zlashtira
oladi.
3.7. Mikroorganizmlarning azot bilan oziqlanishi
Azot elementiga munosabatiga ko‘ra, mikroorganizmlar turli guruhlarga
bo‘linadilar. Ba’zilari oqsil va peptonlarni o‘zlashtirsa, boshqalari nitratlarni,
uchinchilari ammiakni, to‘rtinchilari atmosfera azotini o‘zlashtiradi.
Oqsil va peptonlar proteoliz (parchalanish) va dezaminlanishdan so‘ng
o‘zlashtirilsa, aminokislotalarning to‘liq aralashmasi bevosita parchalanadilar.
Mkroorganizmlarni ba’zi vakillari nitratlarni, ko‘pchiligi ammiakni o‘zlashtira
oladi (1-jadval).
Patogen mikroorganizmlarni ham aminokislotalarda o‘stirish mumkin.
Hayvonlar singari bakteriyalar ham o‘zi sintez qila olmaydigan aminokislotalarni
talab qiladi, lekin hayvonlarning ko‘pchiligi 8-10 ta aminokislota talab qilsa,
bakteriyalarning ayrimlari 2-3 ta, ba’zilari esa 17 taga yaqin aminokislotani talab
qiladi. Ayniqsa patogen, sut kislota hosil qiluvchi va chirituvchi bakteriyalar uchun
aminokislotalar nihoyatda zarur. Zamburug‘lar, achitqilar va aktinomitsetlar
ozig‘ida aminokislotalar bo‘lsa, ular tez o‘sadi, mabodo, aminokislotalar bo‘lmasa,
ularni o‘zlari sintezlay oladilar.
N.D.Ierusalimskiy (1963) aminokislota sintezlovchilarni aminoavtotroflar,
sintezlay olmaydiganlarni aminogeterotroflar deb atagan. Mikroorganizmlar uchun
zarur bo‘lgan aminokislotalar ro‘yxatini
aminogramma
deb ta’riflagan.
1-jadval
Mikroorganizmlar uchun turli azot manbalari
(N. D. Ierusalimskiy ma’lumoti)
Azot manbalari
Azot manbalari o‘zlashtiradigan turli fiziologik
xususiyatlari
Prote
oliz
dezami
nlanish
Nitrat
lar-ning
qaytarilishi
Azotf
iksa-siya
Oqsillar
+
+
-
-
Peptonlar
+
+
-
-
Aminokislotalar-
ning
-
-
-
-
53
to‘liq aralashmasi
Ba’zi
bir
aminokislotalar
-
-
-
-
Ammiak
-
-
-
-
Nitratlar
-
-
+
-
Atmosfera azoti
-
-
-
+
Mikroorganizmlarning normal o‘sishi uchun, V vitaminlar gruppasiga
kiradigan va suvda eriydigan moddalar zarur. Ba’zilari nuklein kislotalar yoki
fermentlar tarkibiga kiradigan komponentlardir. Ba’zi mikroorganizmlar o‘zi
vitamin
sintezlaydi,
ularni
Shopfer
(1938)
auksotroflar
deb
atagan.
Geteroauksotroflar vitamin sintezlay olmaydilar.
17-rasm. Azotni fikatsiya qiluvchi mikroorganizmlar
Dostları ilə paylaş: |