50
1.
Oksidoreduktazalar;
2.Transferazalar;
3.Gidrolazalar;
4.Liazalar;
5.Izomerazalar; 6.Ligazalar.
Oksidoreduktazalar
– oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida katalizatorlik
qiladi. Bu guruhga kiruvchi fermentlar hujayraning nafas olish jarayonida vodorod
va kislorod tashishini aktivlashtiradi.
Transferaza
–
ayrim radikallarni: atsetil transferazalar –
sirka kislota
qoldig‘ini (SN
3
SO), fosfotransferaza-fosfat kislota qoldig‘ini (N
2
RO
3
2-
) tashuvchi
fermentlardir.
Gidrolaza
–
gidrolizlanish reaksiyasini tezlatadi. Bu fermentlar murakkab
moddalarni
cuv
ishtirokida
oddiy
moddalargacha
parchalaydilar.
Peptidogidrogenazalar oqsil va peptidlarni glyukozidgidrolazalar uglevod va
glyukozidlarni parchalaydi va h.k.
Liazalar
–
substratlardan kimyoviy guruhlar radikallarini olib, qo‘sh bog‘
hosil qiladi yoki kimyoviy guruh radikallarini qo‘sh bog‘larga ulaydi.
Izomerazalar
–
organik moddalarni ularning izomerlariga aylantiradi ya’ni,
molekula ichidagi atomlar, radikallar va guruhlarning o‘rnini o‘zgartiradi. Ularning
moddalar almashinishida ahamiyati katta.
Ligaza
yoki sintetaza
–
pirofosfor bog‘lanishining
uzilishi hisobiga oddiy
birikmalardan murakkab birikmalarning sintezlanishini tezlashtiradi. Masalan,
karboksilaza karbonat angdridni organik birikmalarga biriktiradi.
Piruvat karboksilaza piruzum kislota va karbonat angdriddan shavelsirka
kislotasini sintez qiladi. Fermentlar tuzilishiga qarab ikki sinfga bo‘linadi:
Oddiy oqsillar (fermentlar) - ular faqat oqsildan iborat.
Murakkab oqsillar (fermentlar) – oksidlanish qaytarilish reaksiyalarini olib
boruvchi, kimyoviy guruhlarni ko‘chiruvchi fermentlar. Ular ikki qismdan iborat:
apoferment qismi (oqsil qismi) va ferment aktivligini belgilaydigan kofaktor qismi.
Bu qismlar alohida holatda aktivlikka ega emas, balki birlashgandan so‘ngina
aktivlikka ega bo‘ladi.
Apoferment va kofaktordan tashkil topgan kompleks xoloferment deb
ataladi.
Metallarning ionlari (temir, mis, kobalt, rux, molibden va h.) yoki koferment
deb ataladigan murakkab organik birikmalar kofaktor bo‘lishi mumkin.
Kofermentlar
odatda elektronlarni, atomlarni, guruhlarni fermentativ reaksiya
natijasida bir birikmadan boshqasiga o‘tishida oraliq o‘tkazuvchi vazifasini
bajaradi. Ba’zi kofermentlar ferment oqsili bilan mustaxkam birikkan bo‘ladi.
Ularni prostetik guruh deb ataladi. Kofaktorlarga degidrogenezalarning faol
guruhlari NAD yoki NADF lar kiradi. Bu kofermentlar
tarkibiga V guruh
vitaminlaridan biri nikotin kislotasi kiradi. Vitamin V1 (tiamin) pirouzum kislota
almashinuvida qatnashadigan tiamin pirofosfokinaza tarkibiga kiradi. Koferment A
ning tarkibiy qismi bo‘lib, pantoten kislota, flavoprotein fermentlarining prostetik
guruhini-vitamin
V2
(riboflavin)
tashkil
qiladi.
Tirik
organizmlarning
oziqlanishida
vitaminlarning
ahamiyatli
tomonlari
ham
shundaki,
ular
kofermentlarning tarkibiy qismiga kiradilar. Fermentlar erkin aktivlashtirish
reaksiyasini pasaytirib, kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiradi. Fermentlarni boshqa
katalizatorlardan
farqi
ularni
olib
borayotgan
kimyoviy
reaksiyalarni
51
spetsifikligidir. Har bir ferment faqat bitta ma’lum reaksiyani olib boradi. Ferment
molekulasining
substrat
birikadigan
katalitik
markazi
ma’lum
fazoviy
konfiguratsiyaga ega bo‘lib, u faqat substrat molekulasigagina mos keladi.
Fermentlarning aktivligi ferment va substratning konsentratsiyasiga, xaroratga, rN
ga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Har bir ferment uchun o‘z xarorat va rN
optimumlari mavjud. Ko‘pgina fermentativ reaksiyalar qaytmas reaksiyalar
hisoblanadi. Mikroorganizmlarning o‘lchamlari kichik bo‘lishiga qaramasdan har
xil vazifalarni bajaradigan bir-biridan farq qiladigan fermentlarni ishlab chiqaradi.
Metabolizmda qatnashadigan fermentlar odatda xujayra ichida bo‘lib, ularning
endofermentlar deb nomlanadi.
Endofermentlar (endoenzimlar) mikrob hujayrasining o‘zi bilan bog‘langan
bo‘ladi. Mikroblar o‘z faoliyati davomida ekzofermentlarni
oziqlanuvchi muhitga
ajratadi, ular bakterial filtrdan o‘tadilar, murakkab oziq moddalarni (oqsillar,
kraxmal, kletchatka va boshqalarni) parchalab, hazm qilish uchun tayyorlaydilar.
Endofermentlar hujayra protoplazmasi bilan mustahkam bog‘lik bo‘lib, faqat
hujayra ichiga kirgan oziq moddalarni parchalaydilar va ularni hujayraning asosiy
qismlariga aylantiradilar.
Ba’zi fermentlar xujayra tomonidan tashqi muhitga ajratiladi, shuning uchun
ham ularga ekzofermentlar deyiladi. Odatda bunday fermentlar gidrolitik
fermentlar bo‘lib, katta molekulali birikmalarni parchalab, xujayraga o‘ta oladigan
xolatga keltiradi va xujayra tomonidan ozuqa sifatida o‘zlashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: