57
Spirt yetishmay qolsa, bakteriyalar sirka kislotani oksidlaydi va SO
2
bilan
N
2
O hosil bo‘ladi:
CH
3
COOH + 2O
2
= 2CO
2
+ 2H
2
O
Bu bakteriyalar propil spirtni propion kislotagacha, glyukozani glyukon
kislotagacha oksidlaydi:
CH
3
CH
3
CH
2
OH
CH
3
CH
2
COOH
propil spirt propion kislota
SN
2
ON(SNON)
4
SNO
SN
2
ON(SNON)
4
SOON
glyukoza glyukon kislota
Sirka kislota hosil qiluvchi bakteriyalar uchun uglerod manbai sifatida fosfor
va ammoniy sulfat tuzlari va shakar beriladi.
Ishlab chikarish korxonalarida sirka kislota miqdori 10- 12% bo‘lsa,
bakteriyalarning aktivligi ortishini V. N, Shaposhnikov kuzatgan. Bakteriyalar
tayoqcha shaklida bo‘ladi, asosiy vakillari: Acetobacter aceti, A.pasteurianum, A.
orleanense dir.
Ishlab chiqarish korxonalarida bulardan keng ravishda foydalaniladi. Sirka
kislota olishda 2 usul: orlean usuli va nemis usuli yoki tez kislota olish usuli
qo‘llaniladi.
Orlean usulida sirka kislota olish uchun vinodan foydalanilsa, nemis usulida
etil spirtidan foydalaniladi. Orlean usulida sirka kislota olish uchun ish maxsus
chanlarda olib boriladi, chanlarda 2% sirka kislota va 4% spirt bo‘ladi va oziq
muhitiga 2% kislota qo‘shiladi. Bijg‘ish oxirida olingan modda tarkibida 5-6%
kislota bo‘ladi. Bijg‘ish 20-30° da olib boriladi. Olingan sirka kislota juda
xushbo‘y bo‘ladi. Nemis usulida sirka kislota olish uchun generatorlar bambuk
daraxtining qipig‘i bilan to‘ldiriladi. U aerob sharoitda yaxshi rivojlanadi. Muhitga
6% sirka kislota, 3% etil spirt qo‘shiladi. Generatorlarda ish to‘xtamasdai bir necha
yillar davom ettiriladi, olingan kislota 9% li bo‘ladi.
Shirin choyda zamburug‘ni o‘stirish mumkin, buning uchun achitqi
zamburug‘lari qo‘shib o‘stiriladi. Hosil bo‘lgan massa bir oz nordon mazali, xuddi
kvasga o‘xshash ichimlik xosil bo‘ladi.
Savollar
.
1. Katabolizm nima?
2. Nafas olish jarayonining Krebs siklini tushuntiring.
3. Nafas olishda qaysi fermentlr ishtirok etadi?
4. Mikroorganizmlar yog‘larni qanday oksidlaydi?
5. Aerob nafas olishning anaerob nafas olishdan farqi?
6. Nafas olishning fazalarini izohlang.
Dostları ilə paylaş: