75
bo‘lgan bo‘lsa, AQSh da o‘sha davrda undan ikki barobar ko‘proq bo‘lgan. Bunday
ustqurmalarda asosan har xil chiqindilar (qishloq xo‘jaligi va maishiy xizmat
chiqindilari) qayta ishlangan.
1985 yilda AQSh da faqatgina hayvon chiqindilari 250 mln. tonna bo‘lib,
uning anaerob metanogenezi oqibatida 120 mlrd.m
3
metan tayyorlash mumkin
bo‘lgan.
Biogaz ustqurmalari tayyorlash bilan hozirgi davrda dunyoning juda ko‘plab
kompaniyalari shug‘illanadilar. Sanoat ustqurmalarining hajmi 10-1500 m
3
oralig‘ida. Ustqurmalarning konstruksiyasi unchalik murakkab emas. Ular ikki
qismdan iborat:
birinchi
-
germet
mustahkam,
termoboshqariladigan
fermentyor,
aralashtirgich, biomassani avtomatik ravishda kiritish va chiqarib tashlash uchun
mo‘ljallangan asboblar bilan jihozlangan;
ikkinchi - ushlagich, biogazni ushlab qoluvchi - gazgol’der.
Osiyoning ba’zi mamlakatlarida (Xitoy, Hindiston, Nepal va h.k.)
elektroenergiya yetishmaganligi uchun biogazdan keng foydalaniladi va u juda ham
sodda uskunalarda tayyorlanadi:
- chuqur qazilib, unda anaerob jarayon ketishi uchun sharoit yaratiladi;
- ajralib chiqqan biogaz kichik bochkalarda saqlanadi yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ishlatiladi.
Xitoyda bunday ustqurmalar soni 50 mln. dan ko‘proq bo‘lib, yildan-yilga
ularning soni oshib bormoqda. Hindistonda esa bunday ustqurmalar bir necha
milliondan ko‘proqni tashkil etadi.
Biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqaradigan ustqurmalarning unchalik katta
bo‘lmaganlari, fermer xo‘jaliklari, cho‘ponlar va cho‘lda ishlovchilar uchun
juda foydalidir.
Savollar
.
1. Pektinli bijg‘ishda qatnashadigan mikroorganizmlar va ularda
uchraydigan fermenlarni izohlang.
2. Sellyulozaning anaerob bijg‘ishi qanday boradi?
3. Sellyulozaning aerob parchalanishi ximizmini tushuntiring.
4. Moy kislotali bijg‘ishning ahamiyati.
Dostları ilə paylaş: