P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

birinchidan
- har qanday tipdagi bijgish jarayoni ximizmi qaysi fermentlarni 
yetishmovchanligini to‘ldirish darajasida chuqur o‘rganilmagan;
ikkinchidan
- anaerob kul’turalar hosil qiluvchi fermentlar spektri to‘liq 
o‘rganib chiqilmagan; 
uchinchidan
- ba’zi bir tipga kiruvchi bijg‘ish jarayonlarida qatnashuvchi 
mikroorganizmlarni o‘sish sharoitini chuqurroq o‘rganishni talab qiladi va h.k. 
Shunday qilib, nazariy va amaliy jihatlardan juda ham muhim bo‘lgan 
masala - har xil tipdagi bijg‘ish jarayonini olib boruvchi mikroorganizmlarni 
genetik modifikatsiya qilish masalasi, hozircha o‘rganish bosqichida turibdi. Hech 
shubha yo‘qki, bijg‘ish jarayonini olib boruvchi shtammlarni katta kommersial 
ahamiyatga ega ekanligi, bu yo‘nalishni jadal olib borilishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Metanli bijg‘ish

Barcha turdagi bijg‘ish jarayonlari organik moddalarni har xil 
toksonomik guruhga mansub bo‘lgan mikroorganizmlar tomonidan o‘ziga xos bo‘lgan 
o‘zgarishlarga uchratish sifatida namoyon bo‘ladi. Yuqorida keltirib o‘tilganlardan 
tashqari, tabiatda o‘zining miqdori, doirasi, unda qatnashadigan mikroorganizmlarning 
xilma xilligi bilan boshqalardan tubdan farq qiladigan yana bir jarayon borki, u ham 
bo‘lsa metanli bijg‘ish jarayonidir. 
Metanli bijg‘ish - har xil mikroblar to‘plamini (assotsiatsiyasini) ta’siri 
natijasidir. Bu jarayonda organik material (lignin bundan mustasno) chuqur 
o‘zgarishga uchraydi va oqibatda metan, karbonat angidridi va boshqa mikrob 
mahsulotlari hosil bo‘ladi. Sharoitga qarab (termofil, mezofil, psixrofil) - bu juda uzoq 
davom etadigan jarayondir. Bunda tirik bo‘lmagan organik substansiyalar (o‘simlik 
va hayvon biomassalari) oddiy komponentlarga parchalanadilar. 
Metan hosil qiluvchi arxebakteriyalar uchun bijg‘uvchi materiallar 
tayyorlash 
dastlabki 
mahsulotlarga 
yaxshilab 
ishlov 
berishni 
taqazo 
qiladi. Aerob va anaerob mikrooorganizmlar ishtirokida kechadigan bu 
jarayon shunchalik murakkab, ko‘p bosqichli va ko‘p komponentlikki, uni 
boshqarish 
mumkin 
emas. 
1960-yillardan 
boshlab, 
organik 
birikmalardan 


 73 
anaerob sharotida mikroorganizmlar yordamida biogaz ishlab chiqarishga 
alohida e’tibor berilib kelinmoqda.
Metanli bijg‘ish natijasida organik birikmalarning transformatsiyasi sodir bo‘lib, 
ulardan metan va karbonat angidrid gazi paydo bo‘ladi. Oqibatda, organik 
birikmalarning molekulalari kimyoviy bog‘larida yig‘ilgan energiya, metan 
molekulasining kimyoviy bog‘larida to‘planadi. Bu jarayon metanogenez deb atalib, 
anaerob arxebakteriyalar (metanogenlar) tomonidan amalga oshiriladi. Hosil 
bo‘ladigan gazdagi metanning solishtirma miqdori 70-80% ni tashkil etadi, undagi 
karbonat angidrid esa 20-30% ga teng. Gazlarning aralashmasi, 1% atrofida N
2

(oltingugurt kislotasi) va juda kam miqdorda ammiak ham saqlaydi. 
Metanogenezning suvda erimaydigan qismi, ko‘plab bakteriyalar assotsiatsiyasi hosil 
qilgan biomassadir. Biomassa organik azotga boy bo‘lganligi uchun ham yuqori sifatli 
o‘g‘it sifatida ishlatiladi. 
Metanli bijg‘ish boshqa bijg‘ish turlariga nisbatan keng tarqalgan tabiiy 
jarayondir. Bunga sabab jarayonni aerob sharoitda ham o‘tishidir. 
Bu quyidagicha o‘tadi: ko‘pgina organik birikmalarni yuzalarida yupka qobiq 
hosil bo‘ladi, ichida esa metanli bijgish jarayoni uchun zarur bo‘lgan anaerob 
sharoit tashkil bo‘ladi. Bunday substratlarga barcha xilagi o‘simlik materiallari, 
jumladan chirigan va chiriyotgan, ko‘p yillik va bir yillik o‘simliklar, xayvon 
biomassalari ham kiradi. 
Metanli bijg‘ish uchun istiqbolli mahsulotlarga ayniqsa, qishloq xo‘jalik 
chiqindilari, xususan, o‘simlik, mikrobiologiya sanoati chiqindilari, suv o‘tlarining 
biomassalari va oziq-ovqat hamda yengil sanoat chiqindilari va boshqalar kiradi. 
Mana shulardan kelib chiqqan holda metanogenezning ahamiyati nafaqat 
noan’anaviy energiya ishlab chiqarishni, balki sanitariya-ekologiya muammolarini 
hal qilish bilan ham bog‘liqdir. 
Ammo, metanli bijg‘ish jarayonini foydasi shular bilan chegaralanmaydi. 
Bijg‘igan biomassa (metan saqlamagan) yuqori sifatli bioo‘g‘it ham bo‘lib xizmat 
qiladi. Masalan, go‘ngni aerob sharoitda parchalanganda uning tarkibidagi 50% 
azot yo‘qoladi (issiqlik chiqishi bilan birga), ammo o‘sha go‘ngni metanogenez orqali 
parchalanganda (anaerob shaoritda) uning tarkibidagi barcha azot biomassada 
to‘planib, o‘simlik uchun yengil singdiriladigan holatga o‘tadi. Bundan tashqari 
anaerob sharoitda yig‘ilgan biomassa tuproqning unumdorligini tiklovchi gumus 
moddasiga ham boydir. Metanogenez mahsulotlaridan kompleks foydalanish nafaqat 
samarali, balki yuqori rentabelli hisoblanadi. 
Organik moddalarni anaerob sharoitda o‘zgartirilganda, ularni sterilizatsiyasi va 
bijg‘iydigan massani detoksikatsiyasi amalga oshadi, patogen mikroblar, 
gelmentlarni tuxumlari yo‘qoladi, toksik xususiyatga ega bo‘lgan moddalar, metanogenez 
metabolitlariga aylanadilar. 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin