P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

5.7. Rizosfera bakteriyalari

O‘simliklar ildizi ta’siri ostidagi zona rizosfera deyiladi, Rizosfera 
mikroorganizmlari ildizlar yuzasida va o‘simlik ildizlariga bevosita taqalib 
turadigan tuproqda ko‘plab rivojlanadi. N. A. Krasilnikov ma’lumotiga ko‘ra, 
makkajo‘xori, 
kungabokar, 
soya 
va 
boshqa 
ekinlar 
rizosferasidagi 
mikroorganizmlar soni kontrol yerlardagiga qaraganda 5-10 baravar ko‘p bo‘lar 
ekan. 
Rizosferada 3 ta zona farq qilinadi: 
1) mikrofloraga nihoyatda boy bo‘lgan ildizlar yuzasi; 
2) ildizlarga taqalib turadigan tuproqning yupqa katlami;
3) ildizlar yuzasidan 0,5-1 mm narida bo‘lgan haqiqny rizosfera zonasi. Bu 
zonada mikroorganizmlar uchun oziqa ko‘p bo‘ladi. 
Rizosfera zonalarida mikroorganizmlar juda ko‘p miqdorda bo‘ladi, 
o‘simliklarning rivojlanish fazalariga qarab, ularning soni ham o‘zgarib turadi. 
Odatda, urug‘lar unishidan to gullash davrigacha mikroorganizmlar soni ortib 
boradi, gullash davrida kamayadi. Zamburug‘lar, aktinomitsetlar va sellyulozani 
parchalovchi bakteriyalar soni esa gullash davrida ortadi. Rizosferada ko‘pincha 
spora 
hosil 
qilmaydiganlardan: 
psevdomonaslar, 
mikrobakteriyalar, 
radiobakteriyalar va boshqalar uchraydi. 
Bakteriyalar o‘simliklar uchun fiziologik aktiv moddalar hosil kiladi, qoldiq 
moddalarni parchalaydi va o‘z navbatida yuksak o‘simliklarga ta’sir etib turadi. 
O‘simliklar ildizidan chiqkan moddalardan esa rizosfera bakteriyalari foydalanadi. 
Yuksak o‘simliklarning barglari va novdalarida epifit mikroflora bakteriyalari 
uchraydi.
Nemis olimi Ye. Libbert (1966) epifit mikroflora bakteriyalari fiziologik 
aktiv modda - geteroauksin sintezlash xususiyatiga ega degan fikrni aytadi. Lekin 


 113 
V. I. Kefeli (1969, 1971) karam o‘simligi steril muhitda L - triptofandan 
geteroauksin sintezlashini ko‘rsatadi. 
A.A.Tarasenko (1972) epifit mikroflora makkajo‘xori maysalarining 
o‘sishiga va moddalar almashinuvi jarayoniga ijobiy ta’sir etganligini kuzatgan. 
Ajratib olingan 12 tur bakteriyadan atigi 6 turi geteroauksin sintezlash xususiyatiga 
ega ekanligi ma’lum bo‘lgan. 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin