P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

Turli tuproqlarda boradigan nitrifikatsiya jarayoni
.
Tuproqda boradigan 
nitrifikatsiya jarayoni laboratoriya sharoitida olib boriladigan nitrifikatsiyadan 
boshqacha bo‘ladi. Laboratoriya sharoitida organik moddalarning ko‘payishi, ya’ni 
ortishi bakteriyalarga salbiy ta’sir etsa, tuproqda bunday bo‘lmaydi, chunki 
tuproqda organik moddalarning eruvchan formasi kam uchraydi. Ikkinchidan
tuproqda nitrifikatorlar bilan birga boshqa bakteriyalar ham uchraydiki, bu 
bakteriyalar organik moddalarni o‘zlashtiradi va nitrifikatorlar uchun mikrozonalar 
vujudga keltiradi. 
Nitrifikatorlar muhitning kislotali reaksiyasiga sezgir va rN 6,0 dan past 
bo‘lsa, jarayon to‘xtaydi rN ko‘rsatkichi 6,2 dan to 9,2 gacha bo‘lsa, bakteriyalar 
yaxshi rivojlanadi. Nitrifikatsiya jarayoni natijasida 1 ga yerda 1 yilda 300 kg nitrat 
kislota to‘planadi. Butun yer yuziga hisoblaganda, bu nihoyatda katta ko‘rsatkichni 
tashkil etadi. Shuning uchun agronomiyada, bu jarayonga katta ahamiyat beriladi. 
Nitrifikatsiya jarayoni, ammonifikatsiya jarayoni bilan chambarchas bog‘liqdir, 
ammonifikatsiya qancha tez borsa, nitrifikatsiya ham shuncha intensivlashadi. 
Nitrifikatorlar botqoq tuproqlardan tashqari, hamma tuproqlarda uchraydi. 
Agar botqoq tuproqlar quritilsa va ularga ohak solinsa, rN ko‘rsatgichi 
o‘zgartirilsa, u yerlarda ham nitrifikatorlar rivojlana boshlaydi. Podzol tuproqlarda 
nitrifikatsiya jarayoni asosan tuproqning haydalma qatlamida boradi. Qora 
tuproqlarning haydalma qatlamida ham bu jarayon intensiv boradi. Nitrifikatsiya 
jarayonida qatnashadigan bakteriyalar xatto 50 sm chuqurlikda ham uchraydilar. 
O‘rta Osiyoning bo‘z tuproqlarida nitrifikatsiya jarayoni juda ham tez boradi 
va tuproqda ko‘p miqdorda nitratlar to‘planadi. Lekin sho‘r tuproqlarda bu jarayon 
kuchsiz boradi va nitrit kislota to‘planishi bilan tugaydi, chunki sho‘r tuproqlarda 
nitrobakter uchramaydi. V. L. Isachenko bu bakteriyalarni sho‘r suvlarda ham 
uchratmagan. Endigina o‘zlashtirilayotgan sho‘r tuproqlarda nitrifikatsiya jarayoni 
asosan haydalma qatlamda boshlanadi, ayniqsa, sulfatli sho‘rlanish bakteriyalarga 
salbiy ta’sir etadi. Shuningdek, nitrifikatorlar tuproqning namligiga ham sezgir
quruq tuproqda yoki namlik haddan tashqari ortib ketgan sharoitida ular yaxshi 
rivojlanmaydi. 
Denitrifikatsiya 
jarayoni
.
Denitrifikatsiya 
jarayoni 
nitrifikatsiya 
jarayonining aksi bo‘lib, bunda bog‘langan azot yana atmosferaga erkin holda 
qaytadi. Bu jarayon bevosita va bilvosita sodir bo‘ladi, chunki nihoyatda xilma-xil 
jarayonlar natijasida nitratlardan molekulyar azot hosil bo‘lishi mumkin. 


 125 
Bevosita 
denitrifikatsiyada 
nitratlar 
denitrifikatsiyalovchi 
alohida 
bakteriyalar gruppasining hayot faoliyati tufayli qaytarilsa, bilvosita denitrikatsiya 
jarayonida faqat aminokislotalar bilan nitrit kislota o‘zaro munosabatga kiradilar. 
Buning natijasida ham molekulyar azot hosil bo‘ladi. Bevosita denitrifikatsiya 
jarayoni tabiatda, ko‘proq tuproqda, go‘ngda va suv havzalarida keng tarqalgan 
denitrifikatsiyalovchi bakteriyalarning hayot faoliyati tufayli sodir bo‘ladi: 
4HNO
3
= 2H
2
O + 5O
2
+ 2N
2
Bu bakteriyalarga quyidagilar misol bo‘ladi:
1. Vas. denitroficans tayoqchasimon, peretrixa tipda xivchinlangan, spora 
hosil qilmaydi. 
2. Achromobacter - mayda tayoqchalar, ko‘pincha zanjir shaklida uchraydi. 
3. Pseudomonas fluorescens - harakatchan, tayoqchasimon bakteriya. 
4. Pseudomonas pyocyonea-tayoqchasimon; ko‘k tusli pigment hosil kiladi. 
Denitrifikatsiya ham oksidlanish, ham kaytarilish jarayonidir. 
Bakteriyalar fakultativ anaerob bo‘lib, kislorod ko‘payib ketganda 
denitrifikatsiya jarayoni to‘xtaydi. Anaerob muhitda nitratlar va organik moddalar 
yetarli bo‘lganda, darxol denitrifikatsiya boshlanadi, muhitda kislorod yetishmasa, 
nitratlarni qaytarib o‘ziga kerakli bo‘lgan kislorod oladi. Muhitning rNko‘rsatgichi 
-3,2-8,7 oralig‘ida bo‘lsa, bu bakteriyalar yaxshi rivojlanadilar. 
Bilvosita yoki bevosita denitrifikatsiya nitratlar bilan aminlarning o‘zaro 
ximiyaviy yo‘l bilan reaksiyaga kirishi tufayli boradi, bunda bevosita 
denitrifikatsiyaga qaraganda ikki marta ko‘p azot hosil bo‘ladi: 
R – CHNH
2
COOH + ONOH = R – CHOH × COOH + H
2
O + N
2

aminokislota organik kislota 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin