126
1. Azot bilan oziqlanish jihatidan dukkakdosh o‘simliklar boshqa
o‘simliklardan keskin farq qiladilar.
2. Dukkakdosh o‘simliklarning o‘zlari, atmosfera azotini o‘zlashtira
olmasdan, shu maqsadda ularning ildizida simbioz holda yashaydigan
bakteriyalarni faoliyatidan foydalanadilar.
Keyinchalik bu bakteriyalarni gollandiyalik olim M. Beyerink sof holda
ajratib oladi va Bact. radicicola deb nomlaydi. Hozir
bu bakteriyalar Rhizobium
avlodiga kiritilgan. Bu bakteriyalar sun’iy muhitda yaxshi o‘sadi. Lekin erkin
azotni o‘zlashtirmaydi, faqat dukkakdosh o‘simliklar bilan simbioz xolda
yashaganda, azotni o‘zlashtiradi. Tuganak bakteriyalarning rivojlanish sikli o‘ziga
xosdir. Yosh davrida harakatchan, xivchinlangan bo‘ladi, keyinchalik harakatdan
to‘xtaydi va hujayralarida vakuola hosil bo‘ladi. Vakuolalar go‘yo belbog‘ hosil
qilganday bo‘ladi, shuning uchun bakteriyalar bu davrda “belbog‘li” bo‘ladi.
Tayoqchalar shu vaqtda tarmoqlanadi va bakteroid deb nomlanadi. Bakteroidlar
sharsimon
kokklarga ajraladi, bulardan yana harakatchan tayoqchalar o‘sib
chiqadi.
Tuproqda uchraydigan tugunak bakteriyalar dukkakdosh o‘simlik ildiz
tukchalari atrofida to‘planadi va ularning po‘stini eritib, ildiz hujayrasiga o‘tadi va
ko‘paya boshlaydi, hujayralarni to‘ldirib yuboradi. O‘simlik o‘z navbatida ildiz
hujayralarining bo‘linish jarayonini tezlashtiradi va bakteriyalarni tugunak ichiga
o‘rab oladi. Bakteriyalar ishlab chiqaradigan fiziologik faol moddalar ildiz
hujayralarining bo‘linishini yanada tezlashtiradi va ildizga ko‘p
miqdorda shakar
oqib kelishini ta’minlaydi. Bakteriyalar shakarlar bilan oziqlanadi va o‘simlikni
azot bilan ta’minlaydi.
Agar dukkakdosh o‘simlikka bor (V) mikroelementi berilsa, simbioz ikkala
organizm uchun foydali bo‘ladi, agar bor yetishmasa, N. Torniton ko‘rsatganidek,
floema naylari yaxshi rivojlanmaydi, natijada shakarlar ildizga kam keladi va
tuganak bakteriya parazit holda oziqlanishga o‘tadi. Shunday qilib, tuganak
bakteriya o‘simlikka, o‘simlik bakteriyaga moslashib boradi.
Tuganak bakteriyalar o‘ziga xos xususiyatga ega. Hozir bularning 20 dan
ortiq irqi ma’lum. Har bir irq ma’lum o‘simlikda yashaydi. Masalan, sebarga
ildizida rizobium trifolia, soya
ildizida - rizobium yaponikum, loviya ildizida -
rizobium fassoli, beda va qashqarbeda ildizida - rizobium meliloti, no‘xat,
127
xushbo‘y no‘xat, burchoq va nutda - rizobium legiminozarum, lyupin ildizida -
rizobium lupini bakteriyalari tugunaklar hosil qiladilar. Xulosa qilib shuni aytish
mumkinki, tugunak bakteriyalarda har xil dukkakdosh o‘simliklarga
nisbatan
moslanish xususiyati bor, lekin, har bir o‘simlikni o‘ziga mos bo‘lgan bakteriya
turlari mavjud. Shu xususiyatiga ko‘ra, ularni quyidagi gruppalarga bo‘lish
mumkin:
1) no‘xat, nut yovvoyi no‘xat, xina va burchoq bakteriyalari;
2) lyupin va seradella bakteriyalari;
3) beda va qashqarbeda bakteriyalari;
4) loviya bakteriyalari;
5) soya bakteriyalari;
6) sebarga bakteriyalari.
Bular, tugunaklar hosil qilish va azot to‘plash faolliklari jihatidan ham bir
gruppa ichida bir-biridan keskin farq qiladilar.
Keyingi yillarda, nishonlangan azot bilan olib borilgan tajribalar shuni
ko‘rsatdiki, tugunak bakteriyalar o‘zi azotni o‘zlashtira olmasdan, faqat
dukkakdosh o‘simlik bilan birga bo‘lgandagina o‘zlashtirar ekan.
Tuproqdagi tugunak bakteriyalarni ajratib olish uchun Krasilnikov va
Korenyanko (1940) metodi qo‘llaniladi. Buning uchun dukkakdosh o‘simliklar
urug‘i sulema (HgCl
2
) eritmasi yordamida sterillanadi, keyin sterillangan suv bilan
yuviladi. Keyin urug‘ mineral holdagi agar solingan katta probirkalarga solinadi.
Bakteriya yuqtirish uchun tuproq eritmasidan 1 ml qo‘shiladi. Agar, tuproqda
tugunak bakteriyalar bo‘lsa, ular o‘simlikda tugunaklar hosil qiladi. Ular 2-3
haftadan so‘ng aniq ko‘rinadi. Dukkakdosh o‘simlik ildizidan qirqib olingan
tugunakdan NH
3
ajraladi. Fin olimi Virtanenning fikricha,
tugunak bakteriyalar
azot o‘zlashtirganda, eng avval asparagin kislota hosil bo‘lar ekan:
yoki
gidroksilamin
asparagin kislota
Uglerod manbai
sirka kislota oksalat
Virtanen fikricha, bakteriyalar ko‘p miqdorda azot o‘zlashtirar ekan, uning
bir qismi ildizlardan gidroksilamin va oksalat-sirka kislota shaklida ajralib chiqar
ekan.
Dostları ilə paylaş: