130
topganlar. Ko‘pchilik yog‘ kislotali bijg‘ituvchi va
Clostridium avlodiga mansub
bakteriyalar azot to‘plash xususiyatiga ega ekanligi, bu xususiyat hatto
aktinomitsetlar, mog‘or zamburug‘lari, achitqi zamburug‘lar va ko‘k-yashil
suvo‘tlarida ham bor ekanligi aniqlangan. Shunday xususiyatga ega tuproqda 30 ga
yakin azot o‘zlashtiruvchi ko‘k-yashil suvo‘tlari topilgan.
R. Starki va P. De (1939) Hindistondagi sholipoyalardan Az. indicum ni
topganlar, bu bakteriya hatto kislotali tuproqlarda ham uchraydi.
Gollandiyalik mikrobiolog Beyerink nomi bilan atalgan Az. Beijirinckiae
ham topilgan.
Bu bakteriya ovalsimon, 2-3 nm uzunlikda, (shilimshiq kapsulali)
bo‘lib, burmali koloniyalar hosil qiladi. Qariganda qizg‘ish yoki to‘q jigar rangga
kiradi, yosh vaqtida harakatchan. Azotobakterga o‘xshash 16 - 20 mg azot
to‘playdi (1 g shakar hisobiga). Bu bakteriya tropik zona va gruziya tuproqlarida
ko‘proq uchraydi.
Gollandiyalik olim Derksa nomi bilan atalgan yana
bir bakteriya - Deria -
tayoqchasimon, bir xivchinli bo‘lib, koloniyasi shilimshiq, qariganda sariq-
qo‘ng‘ir rangga bo‘yaladi.
Azot to‘plovchi mikobakteriyalar
.
Keyingi
yillarda atmosfera azotini
o‘zlashtiruvchi mikobakteriyalarning yangi turlari topilgan. M. V. Fyodorov va T.
A. Kalininskaya (1960) Mus. flavum, Pseud. radiobacter ni kashf etganlar.
Kalininskaya (1963) azot to‘plovchi mikobakteriyalarni turli moddalarga bo‘lgan
talabiga karab 3 gruppaga bo‘ladi.
Bu gruppaga: 1) vitamin talab qiluvchilar, 2) aminokislota talab qiluvchilar,
3) o‘z oziqa muhitida oz miqdorda bog‘langan azot bo‘lishini talab qiluvchilar
kiradi.
N. P. Lvov (1964) podzol tuproqlardan yangi tur Azotobasortum ni topadi,
bu bakteriya muhitda oz miqdorda bog‘langan azot bo‘lsagina atmosfera azotini
o‘zlashtira oladi. 1 g shakar hisobiga 9-11 mg azot to‘playdi.
Oziqa sifatida
organnk kislotalar va spirtlardan foydalanadi. Bu bakteriya yana ikkita yo‘ldosh
bakteriyalar bilan birga uchraydi. Bular glyukozani o‘zlashtirib, organik kislotalar
hosil qiladi. Molibden mikroelementi berilsa, azotobakterlarning ish faoliyati
ortadi, chunki molibden gidrogeneza fermentining tarkibiga kiradi.
Ba’zi bir bakteriyalarni vakillariga, masalan, Azot. agile,
Mycobacterium
flovum ga vanadiy mikroelementi ham yaxshi ta’sir etadi.
Mic (Si) mikroelementi 1 l suvda 5 mg (SuSO
4
) miqdorda, Az. Beijijrinckae
va Mus. flavum ning faolligini oshirsa, Azot. chroococcum ga salbiy ta’sir etadi.
Lishayniklar tomonidan atmosfera azotining o‘zlashtirilishi
.
Lishayniklar
suv o‘ti bilan zamburug‘lardan tashkil topgan simbioz organizmlardir. 1936 yili
lishaynik tanasidan uchinchi vakil azot to‘plovchi bakteriya ajratib olingan. Lekin,
Krasilnikov bu fikrga qarshi chiqadi. U lishaynik tanasidan Pseudomonas va
Bacterium ni ajratib oladi. 1973 yilda P. A. Genkel va. T. T. Plotnikova ba’zi
lishayniklardan Azotobacter Beijijrinck ni ajratib oladilar, bu bakteriya ham 1 g
mannit hisobiga 4,6-6-7 mg azotni o‘zlashtirishini aniqladilar. Bu fikrni ko‘pchilik
olimlar tan olishgan.
Qishloq xo‘jaligi uchun azot fiksatsiyaning ahamiyati
.
Mikroorganizmlar
tomonidan atmosfera azotining o‘zlashtirilishi yer yuzida biologik yo‘l
bilan
131
to‘planadigan hosilning umumiy miqdoriga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun
atmosfera azotining biologik yo‘l bilan o‘zlashtirilishini o‘rganish kishloq xo‘jaligi
va biologiya fani uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muammolardan biridir.
Yer qobig‘idagi azotning umumiy miqdori (massasi) 0,04%, havo tarkibida
78% molekulyar azot uchraydi yoki 4×10
15
t ga teng. Lekin na odamlar, na
hayvonlar va na o‘simliklar molekulyar holatdagi azotni o‘zlashtira ololmaydilar.
Taxminiy hisoblarga ko‘ra, bir yilda yer yuzi bo‘yicha o‘simliklar 100-110
mln tonna azot talab qilar ekan. Mineral o‘g‘itlar bilan esa atigi 30 % azot tuproqqa
tushar ekan.
Mishustinning hisobiga ko‘ra, sobiq ittifoq mamlakatlarida barcha
dukkakdosh o‘simliklar bir yilda 2,3 million tonna, azot to‘plovchi bakteriyalar 3,4
million tonna azot to‘plar ekan.
Shunday qilib, biologik yo‘l bilan to‘planadigan
azot miqdori 5,7 million tonnani tashkil etar ekan.
Demak, tabiatda azot doim aylanib turar ekan. Yashil o‘simliklar bog‘langan
azotdan va uglevodlardan o‘zining rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan oqsil
moddalarni sintezlaydi. O‘simliklarni hayvonlar iste’mol kiladi. Nobud bo‘lgan
o‘simlik va hayvonlar qoldig‘i bakteriyalar tomonidan chirish jarayoniga uchraydi
va NN
3
hosil bo‘ladi. NN
3
ning bir qismi o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilsa, bir
qismi nitrifikatsiyaga uchraydi.
Azot to‘plovchilar atmosfera azotini o‘zlashtirib, yana oqsillar sintezini
ta’minlaydi, bu oqsillar chirituvchi bakteriyalar tomonidan parchalanadi.
Denitrifikatorlar nitratlarni parchalab, atmosferaga azot qaytaradi. Shunday qilib,
azot tabiatda aylanib yuradi.
Dostları ilə paylaş: