P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

 
 
7.5. Fosforobakterin

1935 yili A. A. Menkina tuproqdan organik birikmalardagi fosforni 
parchalaydigan bakteriyalarni ajratib oladi. Bu bakteriyalar organik moddalardagi 
fosforni o‘zlashtiradi va fosfat kislota hosil kiladi. Fosfat kislotani o‘simliklar 
o‘zlashtira oladi. Ko‘pchilik tuproqlarda organnk holatdagi fosfor 28-35% gacha 
bo‘ladi, lekin undan yuksak o‘simliklar foydalana olmaydi. 
Organik holatdagi fosforni parchalovchi bakteriyalar 2 xil: spora hosil 
kiluvchi va spora hosil qilmaydigan bo‘ladi. 
Bac megaterium var phosapaticum bakteriyasi yirik, 5-6 nm uzunlikdagi, eni 
1,8-2 nm, sporasining uzunligi 1,2 nm, eni 0,7 nm bo‘lgan bakteriyadir. 
B.seracia 1,8-2 nm uzunlikdagi tayoqchasimon, eni 0,5 nm bo‘lgan 
fakultativ anaerob bakteriya. 
Savollar



 133 
1. Bakterial o‘g‘itlardan foydalanish tarixi haqida ma’lumot bering. 
2. Tuganak bakteriyalarning xossalari nimalardan iborat? 
3. Nitragin preparati ishlab chiqarishning texnologik chizmasini izohlab 
bering. 
4. 
Azotobakterinni 
ishlab 
chiqarishda 
qanday 
produtsentlardan 
foydalaniladi? 
5. Fosforobakterin ishlab chiqarishda qanday mikroorganizmlardan 
foydalaniladi? 


 134 
VIII-BOB. MIKROORGANIZMLAR BIOKIMYoSI 
 
8.1. Mikroorganizmlarda aminokislotalar, oqsillar, vitaminlar va 
boshqa birikmalarning sintezlanishi 
Hozirgi vaqtda har xil birikmalar olish uchun sanoatning turli sohalarida 
mikroorganizmlardan keng foydalaniladi. Insoniyat juda qadim zamonlardan beri 
o‘zining kundalik hayotida mikroorganizmlardan foydalanib kelgan (masalan, 
qatiq ivitish, qimiz, pishloq tayyorlash, novvoychilik, sirka va vino olish ishlarida). 
Keyingi 
yillarda 
mikroorganizmlarning 
rivojlanish 
qonuniyatlari 
yaxshi 
o‘rganilgan sari, ular turli moddalarni sintezlay olishi ma’lum bo‘ldi. Chunki 
mikroorganizmlarning bioximiyaviy xususiyatlari nihoyatda ko‘p va ulardan keng 
miqyosda foydalanish mumkin. Masalan, mikroorganizmlardan olingan oqsil, 
chorvachilik va parrandachilikda bemalol o‘simlik oqsili o‘rnini bosa oladi. 
Oziq-ovqat sanoatida, don tarkibidagi amilaza fermenti o‘rnini mog‘or 
zamburug‘lari va bakteriyalarning amilolitik fermentlari bosadi degan fikrlar bor. 
Hozirgi vaqtda mikroorganizmlar oqsilidan oziq-ovqat sanoatida va texnik 
maqsadlar uchun foydalanish masalasi hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalardan 
biridir. Yaqin orada mikroorganizmlardan olinadigan moylar o‘simlik moylari 
o‘rnini bosadigan bo‘ladi yoki mikroorganizmlar hujayrasida uchraydigan 
sellyulaza fermentidan xalq xo‘jaligining turli sohalarida yoki proteaza 
fermentlaridan oziq-ovqat, gidroliz mikrobiologiya sanoatlarida va tibbiyot 
amaliyotida keng miqyosda foydalanish mumkin bo‘ladi. 
Novvoychilikda amilolitik fermentlardan keng foydalaniladi. Amilaza 
fermenti nonning sifatli bo‘lishida muhim ahamiyatga ega, chunki un tarkibida 
ko‘p miqdorda 

-amilaza bor, lekin, a-amilazaning miqdori kamroq. 

-amilaza 
kraxmalni parchalab, ko‘proq maltoza (monosaxaridlar) hosil qiladi, 

-amilaza 
esa, shakarlar hosil qiladi. Shuning uchun bir tonna unga 0,002% amilaza 
ko‘shilsa, non nihoyatda sifatli bo‘ladi. Mog‘or zamburug‘laridan olinadigan 
amilaza shunday xususiyatga ega, shuning uchun undan keng miqyosda foydalanib 
kelinmoqda. 
Achitqi zamburug‘larini ko‘paytirish uchun oziq muhitiga 8-10 soat 
mobaynida havo yuboriladi, keyin hosil bo‘lgan biomassa sentriofugalab, yuviladi 
va quritiladi, so‘ngra qadoqlanadi. Qand zavodlarida shakar olinganidan keyin 
qolgan mahsulot - melassa achitqi zamburug‘larini ko‘paytirish uchun asosiy 
oziqa muhiti hisoblanadi. Buning uchun melassa suyultiriladi va azotli, fosforli 
mineral tuzlar bilan boyitiladi. 
Chorvachilikda oziqa sifatida ishlatiladigan Torula utilis zamburug‘i
qog‘oz sanoati chiqindilarida ko‘paytiriladi. Bu qoldiqlar kalsiy bisulfit eritmasida 
6-18 soat davomida qaynatiladi va keyin sovutilib, eritmaning rN ko‘rsatgichini 5 
ga yetkaziladi va (NH
4
)
2
HPO
4
hamda NH
4
OH tuzlari bilan boyitiladi. Jarayon 
anaerob sharoitda olib boriladi. So‘ngra, xosil bo‘lgan biomassa quritiladi va 
presslanadi. Ulardan ko‘p miqdorda oziq olinadi, tarkibida oqsillar, yog‘lar va 
vitaminlar bo‘ladi. 
Kuritilgan achitqi zamburug‘ining tarkibi (%): 


 135 
Oqsil moddalari 47,28 
Glikogen 8,07 
Yog‘lar 7,05 
Kul 13,87 
Hujayra po‘sti va suv 8,86. 
Achitqi zamburug‘idan novvoychilikda, spirt va vino ishlab chiqarish 
sanoatida keng foydalaniladi. 
Mikroorganizmlarda sintezlanadigan aminokislotalar

Mikroorganizmlarda 
turli-tuman aminokislotalar, jumladan, lizin, triptofan, arginin, treonin va boshqalar 
sintezlanadi. 
Mikrobiologiya 
sanoatida 
arzon 
xomashyo 

toluoldan 
diaminopimelin kislota, undan esa, 70% ga yaqin lizin aminokislotasini olish 
texnologiyasi yo‘lga qo‘yilgan. Keyingi yillarda ko‘p mamlakatlarda lizin 
aminokislotasi mikrobiologik yo‘l bilan olinmoqda. Uglerod manbai sifatida 
melassa, gidrolizatlar, glyukoza, fruktoza, saxaroza, mannoza, maltoza, ksiloza va 
organik kislotalardan (kahrabo, sut, fumar, pirouzum kislotalar) 2% dan 15% gacha 
konsentratsiyada ishlatiladi. 
Azot manbai sifatida organik birikmalardan (pepton, kazein gidrolizati, baliq 
uni) yoki anorganik tuzlardan (ammoniy tuzlari, mochevina, aminlar va 
boshqalardan) foydalaniladi. 
1 t kristall holatdagi lizin olish uchun 10-11 t melassa kerak bo‘ladi. Hozirgi 
vaqtda lizinni umumiy miqdoridan 85% mikrobiologik yo‘l bilan 10%, gidroliz 
yo‘li bilan va 5%-ximiyaviy yo‘l bilan olinmoqda. 
L-arginin Corynebacterium yoki Mycobacterium bakteriyasini mutantlaridan 
olinadi. Bular uglerod va azot yetarli bo‘lgan oziqa muhitida o‘stiriladi, so‘ngra 
aminokislota ajratib olinadi. Arginindan meditsina va oziq-ovqat sanoatida 
foydalaniladi. 
Treonin aminokislotasi Brevibacterium yoki Corynebacterium dan olinadi. 
Mycrococcus glutaminus va Brevibacterium divricum katta miqdorda 
glyutamin kislotasi va alanin aminokislotalarini sintez qiladilar. 
Mikroorganizmlar asosida o‘simliklarni o‘stiruvchi modda - gibberellin 
tayyorlash ham yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi vaqtda 30 ga yaqin gibberrellinsimon 
moddalar ma’lum, bulardan eng muhimi gibberellin A
1
- gibberellin kislotadir. 
Bunday moddalar bakteriyalar, aktinomitsetlar va boshqa mikroorganizmlardan 
sintez bo‘ladilar. 
Ko‘pchilik mikroorganizmlar turli-tuman fermentlar sintezlaydi. Bu 
fermentlar hujayra ichida bo‘lsa - endoferment, tashqi muhitga ajratilsa, 
ekzoferment deb ataladi. Fermentlar turli sohalarda, jumladan, oziq-ovqat, vino, 
spirt, pivo pishirish sanoatlarida, organik kislotalar, aminokislotalar, vitaminlar, 
antibiotiklar va boshqa moddalar olishda muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, 
meditsinada va qishloq xo‘jaligida, ilmiy tekshirish institutlarida ham 
fermentlardan keng miqyosda foydalaniladi. Masalan, Vas. subtilis dan amilaza, 
As1. griseus dan proteaza, As1. fradial dan keratinaza va proteinazalar olinadi. 
Bulardan 
tashqari 
sellyuloza, 
nukleaza 
va 
boshqa 
fermentlarni 
ham 
mikroorganizmlar sintezlaydi. 


 136 
Mikroorganizmlar bir qator vitaminlar ham sintezlash xususiyatiga ega. 
Ba’zi turlari V
1
, V
2
vitamin, biotin, pantoten kislota, piridoksin, nikotin kislota va 
boshqa fiziologik faol moddalar sintezlaydilar. Boshqalari provitaminlar - 
karotinoidlar va karotin sintezlaydilar. Mikrobakteriyalar, aktinomitsetlar
metanobakteriyalar V
1
vitamin sintezlaydi. 
Savollar

1. Nitrifikatsiya jarayoni ximizmini tushuntiring. 
2. Denitrifikatsiyada qaysi mikrorganzimlar ishtirok etadi? 
3. Molekulyar azotni o‘zlashtiruvchi mikrorganizmlar haqida nimalarni 
bilasiz? 
4. Azot to‘plovchi mikobakteriyalar faoliyatini yoritib bering. 
5. Lishayniklar nima va ular tomonidan azot qanday o‘zlashtiriladi? 
6. Azotfiksatsiya nima?

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin