132
Azotobakterin tarkibida azotobakter bo‘ladi,
uni tayyorlash uchun
azotobakter agarli muhitda o‘stiriladi. 1 gramida 40 mln azotobakter hujayrasi
bo‘ladi, 1 ga yerga ekiladigan urug‘lar uchun 10-15 g azotobakterin yetarli.
Bu preparat tarkibida xar xil bakteriyalar: ammonifikatorlar, azotfiksatorlar,
sellyulozani parchalovchilar ham uchraydi. Bu
bakteriyalar tabiiy unumdor
tuproqlarning asosiy mikroflorasini tashkil etadi. Shuning uchun avtoxton
mikroflora deb ataladi. Odatda, kech kuzda va qish
oylarida nordon tuproqlarda
nam ko‘p bo‘lishi va tuproq temperaturasining pasayib ketishi natijasida
mikroorganizmlarning faolligi pasayib ketadi. Shuning uchun har gektar yerga 250
kg
dan AMB preparati solinsa, yaxshi natija beradi. Quyidagi jadvalda AMB
preparatini qo‘llanishi natijasida hosildorlikning ortishi ko‘rsatilgan.
10-jadval
AMB preparatining hosidnnng ortishnga ta’siri.
O‘simliklar
Hosil (ga/s)
Hosilnnng ortishi
nazorat
AMB
ga/s
%
Kuzgi bug‘doy
Beda-62
Xashaki lavlagi
Kartoshka
26,2
136,0
80,0
30,4
229,0
110,9
4,2
93,9
30,9
16,0
68.4
38,6
Hozirgi vaqtda AMB preparati ko‘proq issiqxonalarda
yetishtiriladigan
o‘simliklar uchun ko‘proq ishlatiladi. Buning uchun issiqxonalardagi i go‘ng ustiga
30-40 sm qalinlikda AMB preparati sochiladi va uch xafta shu holda saqlanadi.
Keyin bu yerda ko‘chat yetishtiriladi. Ko‘chatlar olingandan keyin go‘ng
sabzavotlarni o‘g‘itlash uchun ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: