129
po‘st bilan o‘raladi va kista hosil qiladi. Azotobakter har 1 g bijg‘igan shakar
hisobiga 10- 15 mg, ba’zan 20 mg gacha azot to‘playdi.
Muhitning rN ko‘rsatgichiga juda sezgir, rN ning optimum nuqtasi .7,0-7,2,
maksimumi 9,0. Agar rN<5,6 bo‘lsa, bu bakteriya uchramaydi, lekin bunday
tuproqqa oxak solinsa, darhol azotobakter paydo bo‘ladi. Namlikka juda talabchan.
25- 30° da yaxshi rivojlanadi. Azotobakter bo‘z, qora va podzol tuproqlarda, erta
bahorda ko‘p uchraydi.
2. Az agile – hujayralari birmuncha yirik, serharakat bo‘lib, qo‘ng‘ir
pigment hosil qilmaydi, lekin muhitning bir oz tovlanishiga sabab bo‘ladi.
3. N. Sushkina sho‘r tuproqlarda Az. galofilum borligini aniqlagan.
Azotobakter uchun eng yaxshi oziqa mannit - SN
2
ON(SNON)
4
SN
2
ON, lekin
dekstrin, glitserin, glyukozada ham yaxshi rivojlanadi. Azotobakter azotni
o‘zlashtirganidan so‘ng birinchi galda NH
3
hosil qilishi aniqlangan.
Ammo, M. V. Fyodorov azotobakter tomonidan azot to‘planishi boshqa yo‘l
bilan borishini ko‘rsatdi. U jarayonda, hujayra protoplazmasi bilan bog‘liq bo‘lgan
katalizator ishtirok etishini ko‘rsatib beradi. Bunday fikrga kelish uchun u
katalizator tarkibiga kiruvchi gruppalarni blokirovka kiladi va buning natijasida,
azot to‘planish jarayonida karboksil va aminogruppalar ishtirok etmasligini va bu
jarayonda asosan karbonil gruppa qatnashishini aniqlashga erishdi. Karbonil
gruppaning kislorodi, gidrazin hosil qilar va hosil bo‘lgan gidrazin aktiv vodorod
yordamida, qaytarilish reaksiyasiga kirishib, aminokislotalar hosil qilishini
aniqladi. Reaksiya quyidagicha boradi:
N
2
+ 2H
+
→ NH=NH
2NH + 2H
2
→ 2NH
2
OH yoki
N
2
+ 2H
2
O → 2NHOH
2NH + 2H
2
O → 2NH
2
OH
2NHOH + O
2
→ 2NH
2
OH
gidroksilamin
Hosil bo‘lgan gidroksilamin organik kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, bir
qator aminokislotalar hosil qiladi.
Azotobakterni o‘rganish ustida juda ko‘p ishlar qilingan va bunday
tadqiqotlar hozirgacha davom ettirilib kelinmoqda.
Dostları ilə paylaş: