P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva


VII-BOB. TABIATDA AZOTNING AYLANIShI



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

VII-BOB. TABIATDA AZOTNING AYLANIShI. 
 
7.1. Ammonifikatsiya jarayoni va mochevinaning parchalanishi

Yer yuzidagi barcha tirik organizmlar qachonlardir o‘lik materiyadan hosil 
bo‘lgan, shu bilan birga o‘lik materiyadan keskin farq qiladi, lekin u bilan doim 
munosabatda bo‘ladi. Ya’ni jonsiz va jonli tabiatdagi o‘zgarishlar doimiy va 
uzluksizdir, moddalar bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib turadi, organik moddalar 
hosil bo‘ladi, ular yana parchalanib turadi. Bu moddalarning kichik biologik 
aylanish doirasidir. Bu doirada tirik moddani tashkil etgan ximiyaviy 
elementlardan S, N, S, R ning tabiatda aylanishi muxim ahamiyatga ega, chunki bu 
elementlar oqsil tarkibiga kiradilar. 
O‘simliklar atmosferadagi erkin azotni va organnk moddalar tarkibidagi 
azotni o‘zlashtira olmaydi. Ular faqat mineral holdagi azotli birikmalardan: 
ammoniyli va azotli tuzlardan. foydalanadilar, xolos. Agar podzol tuproqlar 
haydalma qatlamining 1 gektarida 6000 kg azot bo‘lsa, shundan o‘simliklar 


 120 
o‘zlashtira oladigani 1% ni tashkil etadi. Lekin bu azot, ekinlardan hatto bir marta 
yaxshi hosil olish uchun ham yetmaydi. 
Demak, yer yuzida hayot davom etishi uchun o‘simliklar va hayvonlar 
tomonidan hosil bo‘lgan organik moddalar doim parchalanib turishi kerak. Organik 
moddalarning parchalanishida mikroorganizmlarning roli nihoyatda katta. Ular 
hayot jarayoni natijasida organik moddalarni parchalaydi va SO
2
, N
2
O, NN
3

HNO
3
, S, R va boshqa anorganik moddalar hosil qiladi, bu moddalar yana aylanish 
doirasiga o‘tadi. Tabiatda moddalar doim va uzluksiz aylanib turishini V. L. 
Omelyanskiy ta’kidlab o‘tgan. 
Tabiatda azot zapasi juda ko‘p, havo tarkibida 4/5 qismni azot tashkil etadi. 
1 ga yer ustidagi xavoda 80000 t azot bo‘ladi. Yer yuzida yashab turgan 
organizmlardagi azotning mikdori 20- 25 milliard tonnani tashkil etadi. 
Podzol tuproqlar xaydalma qatlamining 1 gektarida 6 t, qora tuproqlarda 18 t 
azot bo‘ladi. Mikroorganizmlarning ayrimlari organik moddalarni parchalab, 
mineral moddalar hosil qiladi. Bu mineral moddalarni o‘simliklar o‘zlashtiradi, 
ikkinchi tomondan azotfiksatorlar xavodagi azotni o‘zlashtirib, undan organik 
moddalar sintezlaydi. Shunday qilib, azot tabiatda aylanib yuradi. Azotning 
tabiatda 
aylanishida: 
ammonifikatsiya, 
nitrifikatsiya, 
denitrifikatsiya 
va 
azotofikatsiya jarayonlari boradi. 
Ammonifikatsiya jarayoni
.
O‘simliklar va hayvonlar qoldig‘ida juda ko‘p 
miqdorda organik moddalar bo‘ladi. Ularning mineral moddalarga aylanishi 
o‘simliklarning azot bilan oziqlanishi uchun muxim ahamiyatga ega. Oqsillarning 
chirishi jarayonida NH
3
hosil bo‘lgani uchun ammonifikatsiya jarayoni deyiladi. 
Chirish jarayoni aerob va anaerob sharoitda boraveradi, lekin aerob sharoitda 
tezlashadi. Chirituvchi mikroorganizmlar gruppasiga xilma-xil bakteriyalar misol 
bo‘ladi. 
Anaeroblardan eng keng tarqalgani tayoqcha shaklida, uzunligi 5-6 nm, 
diametri 0,6-0,8 nm, peritrixa tipda xivchinlangan, spora hosil qiladigan, hujayrasi 
baraban tayoqchasi shaklidan bakteriyalardir. Bunday bakteriyalar asosan 
oqsillarni parchalaydilar. Patogen chirituvchi bakteriyalarga qoqshol kasalligini 
keltirib chikaruvchilar misol bo‘la oladilar. 
Fakultativ anaeroblarga ichak tayoqchasi - Eschirichia coli va protey 
tayoqchasi - Vas. proteus misol bo‘ladi (40, 41-rasmlar). Peretrixa tipda 
xivchinlangan harakatchan, uzunligi 1-3 nm, diametri, 0,5-1 nm ga teng. Bac. 
mesentericus, Bac. subtillis, Vas. mysoides, Vas. megatherium oqsillarni aerob 


 121 
sharoitda parchalaydigan bakteriyalardir. Bularning hammasi spora hosil qiladi. 
Kichik tayoqchasimon Pseudomonas fluiorenses spora hosil qilmaydi (42-rasm). 
Oqsillar parchalanganda suv, karbonat angidrid, ammiak, vodorod sulfid, 
metilmerkaptan (SN
3
SN) hosil bo‘ladi. Yoqimsiz hidli indol, skataol kabi 
moddalar ham hosil bo‘ladilar. Bunda oqsillarga eng avval proteolitik fermentlar 
ta’sir etib, peptonlar, polipeptidlar va aminokislotalar hosil kiladi. V. N. 
Shaposhnikov ko‘rsatganidek, oqsillarning parchalanishi ikki yo‘l bilan boradi: 
Birinchidan, aminokislotalar bakteriyalar tanasining tuzilishi uchun 
sarflanadi; ikkinchidan, aminokislotalardan uglerod manbai sifatida fondalaniladi. 
Bu jarayonda hosil bo‘lgan ortiqcha NH
2
gruppa NH
3
ga aylanadi yoki NH
3
organik kislotalar bilan bog‘lanadi. Reaksiya oxiriga yetmasdan ba’zi kislotalar 
yoki spirtlar hosil bo‘lishi mumkin. Masalan, alanin aminokislotasidan pirouzum 
kislota va ammiak hosil bo‘ladi. 
Tuproqda organik moddalarning parchalanish jararyoni iklim sharoiti, 
tuproq namunasi va qo‘llanilgan agrotexnika usullariga bog‘liq holda turlicha 
borishi mumkin. Masalan, O‘rta Osiyoning bo‘z tuproqlarida ammonifikatsiya juda 
tez boradi, chunki temperatura ancha yukori va baxorda namlik yetarli bo‘ladi. 
Aksincha, Shimoliy rayonlarda temperatura past bo‘lganligi uchun bu jarayonlar 
juda sekin boradi. Qora va kashtan tuproqli zonalarda ham organik moddalarning 
parchalanishi sekin boradi. 
Oqsillarning parchalanishi uchun optimum temperatura 25-30° bo‘lishi, 
shuningdek, parchalanadigan mahsulotda yetarli darajada namlik bo‘lishi kerak. 
Mochevinaning parchalanishi
.
Mochevinani ammonifikatorlarning alohida 
gruppasi bo‘lgan urobakteriyalar parchalaydi. Bu bakteriyalarni 1862 yili Lui 
Paster kashf etgan. Urobakteriyalar mochevinani parchalab, N
2
O, NN
3
va SO
2
hosil qiladi: 
Urobakteriyalar aerob tipda nafas oluvchilar bo‘lib, bularda ureaza fermenti 
bo‘lganligi uchun mochevinani parchalaydi. Mochevinani parchalab, ammoniy 
tuzlari hosil qilish urobakteriyalar uchun muxim ahamiyatga ega, chunki ular 


 122 
mochevinadan na uglerod, na azot manbai sifatida foydalana olmaydi. Bu 
bakteriyalar ammoniyli tuzlarda, organik kislotalarning tuzlarida yaxshi 
rivojlanadilar. Urobakteriyalarning elektiv kulturasida, mochevina miqdori 3-10% 
bo‘lishi kerak, natijada urobakteriyalar ko‘p miqdorda (NH
4
)
2
SO
3
hosil qiladi va 
muhitning rN ko‘rsatgichi ishqoriy tomonga o‘zgaradi. Urobakteriyalar uchun rN 
7,5-8,5 bo‘lishi kerak. Bu bakteriyalar yumaloq va uzun tayoqcha shaklida bo‘lishi 
mumkin. Ko‘pchiligi spora hosil qiladi. Masalan, Plonosarcina ureae spora hosil 
qiladi. Yirik, harakatchan, peritrixa tipda xivchinlangan, spora xosil qiladi. Spora 
hosil kilmaydigan tayoqchasimon bakteriyalar ham tabiatda ko‘plab uchraydi. 
Savollar

1. Mikorganizmlar tomonidan azotli birikmalar qanday o‘zlashtiriladi? 
2. Chirituvchi bakteriyalarning faoliyati haqida. 
3. Urebakteriyalar tomonidan mochevina qanday parchalanadi. 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin