143
Tuproqda yashovchi nurli zamburug‘lar - aktinomitsetlardan ko‘pgina
qimmatli antibiotiklar olinadi. Bu zamburug‘lar N. A. Krasilnikov, A. N.
Koryanenko va S. A. Asqarovalar tomonidan atroflicha o‘rganilgan.
1951 yilda G. F. Gauze va M. G. Brajnikovlar nurli zamburug‘lardan
albomitsin ajratib olganlar, bu preparat stafilokokk,
pnevmokokk va dizenteriya
tayoqchasiga qarshi ishlatilgan. 1952 yilda eritromitsin olinadi, bu preparat
mikroblarga, rikketsiyalarga va ba’zi viruslarga qarshi ta’sirga egadir.
Fitonsidlar
.
B. P. Tokin yuksak o‘simliklardan ajratib olingan va
mikroblarga qarshi ishlatiladigan moddalarga fitonsid nomini bergan. Fitonsidlar
juda ko‘p o‘simliklarda hosil bo‘ladi, jumladan, aloeda, dukkakdoshlar dukkagida,
turli g‘alladoshlarda, gorchitsa, pomidor, xren,
evkalipt, cheryomuxa, qayin
shirasida uchraydi. Ayniqsa, piyoz va chesnokda fitonsidlar ko‘p bo‘ladi. Ular
bakteriyalar, aktinomitsetlar, zamburug‘lar,
sodda hayvonlar, hasharotlar va
bakteriofaglarga salbiy ta’sir etadi. Osyotr balig‘idan ekmolin deb nomlangan
modda ajratib olingan va grippga qarshi ishlatilgan. Tuxum oqida, so‘lakda, ko‘z
yoshida, balg‘amda lizotsim bo‘lib, saprofit bakteriyalarni eritish xususiyatiga ega.