P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva


 Rekombinant DNK hosil qilish metodlari



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

11.3. Rekombinant DNK hosil qilish metodlari

Genetik rekombinatsiya 
– ikki xromosomalararo genlarning almashinuvidir. 
Pontekorvoning 1958 yilda bergan ta’rifiga ko‘ra, rekombinatsiya – 2 yoki undan 
ortiq determinant irsiy belgilarga ega bo‘lgan hujayra yoki organizmlarning hosil 
bo‘lishga olib keladigan jarayondir. Bunday rekombinatsiya sut emizuvchilarda 
jinsiy hujayralarning hosil bo‘lishida albatta ro‘y beradi. Meyoz vaqtida gomologik 
xromosomalar genlar bilan almashinadi (krossingover); aynan ana shu almashinuv 
orqali irsiy belgilarni avloddan-avlodga o‘tishini tushuntirish mumkin. Virus va 
bakteriyalarda genetik rekombinatsiya hayvonlarga nisbatan kamroq bo‘ladi. 
Genetik materialning almashinuvi, undan keyin sodir bo‘ladigan rekombinatsiya 
bir yoki bir-biriga yaqin turlarda ro‘y beradi. 
Barcha tirik organizmlarda restriksion endonukleazalar mavjud bo‘lib, ular 
organizmga kirgan yot DNKni taniydi va uni parchalaydi. 
Genlar almashinuvi yoki genni hujayraga kiritish 
In vitro
sharoitidagi 
genetik rekombinatsiya orqali amalga oshirilishi mumkin. Bu usul bakteriyalarda, 
xususan, ichak tayoqchasi hujayralariga hayvon va odam genlari kiritilib, ular 
replikatsiyalanishiga erishish natijasida ishlab chiqilgan. 
In vitro
sharoitida genetik rekombinatsiyani amalga oshirishning mohiyati 
turli turlardan DNKni ajratish, DNKning gibrid molekulalarini olish va hosil 
bo‘lgan rekombinant molekulalarni yangi belgi, masalan, o‘ziga xos oqsilni 
sintezini hosil qilish maqsadida tirik hujayralarga kiritishdan iboratdir. 
Genni ajaratib olish uchun biokimyoviy metodlardan foydalaniladi. 
Hayvon hujayralarida mRNK transkripsiyasi hujayra yadrosida sodir bo‘ladi: 
mRNK molekulalari informatsiyani yadrodan sitoplazmaga tashiydi, (bunda ular
oqsillar translyatsiyasi uchun ishlatiladi). Bakteriya hujayralarida esa transkripsiya 
va translyatsiya bir vaqtda va uyg‘unlashgan holda ro‘y beradi: mRNK 
ribosomalar bilan bog‘langan. Ribosomalar translyatsiya jarayonida va hayvon 
hujayralarida muhim rol o‘ynaydi. 
DNK molekulasi oqsil strukturasi haqidagi axborotdan tashqari bir qator 
boshqaruvchi signallarga ham ega. Bu signallar transkripsiya va translyatsiya 
uchun boshlang‘ich nuqta hisoblanadi. Hayvon hujayralarida oqsil strukturasi 
to‘g‘risidagi axborot DNKning bir nechta segmentida, ya’ni DNK qismlari bilan 
ajralgan segmentlarida (intronlar deb nomlanadi) kodlanishi mumkin.
Bakteriya hujayralariga DNKni kiritish bir necha usullarda amalga 
oshiriladi. Shulardan ko‘proq ishlatiladiganlari quyidagilar: 
- Vektor sifatida plazmidadan foydalanish 
- Vektor sifatida bakteriofagdan foydalanish. 


 163 
Bulardan tashqari DNK xujayraga endotsitoz, liposomalar, maxsus 
pistoletlar yordamida otish – buni biolistika ham deb yuritiladi, mikroin’eksiya 
orqali kiritish yo‘llari ham mavjud.
1950 yilning boshlarida Lederberg 
E.coli
da kon’yugatsiya jarayoni ro‘y 
berishini ko‘rsatib bergandan so‘ng bakteriya hujayralarining “qo‘shilishi” genetik 
belgilangan va bu genetik informatsiya ota tipidagi hujayradan ona tipidagi 
hujayraga yoki retsipient hujayraga o‘tishi aniqlangan. Kon’yugatsiya paytida 
hujayralarning donorlik qilishi (yoki F -hosildorlik omili) boshqa istalgan genetik 
belgiga nisbatan kam uchraydi. G‘-omil donor hujayraning istalgan ma’lum 
genidan mustaqil ravishda uzatila oladi. Lederberg ushbu G‘-omil yuqori 
organizmlar sitoplazmasida uchraydigan xromosomadan tashqari genetik 
elementga o‘xshashligini ta’kidlaydi. 1952 yilda xromosomadan alohida 
joylashgan genetik sistemalarni umumiy nom – plazmidalar deb atash qabul 
qilingan.
Plazmidalar bakteriyalarning deyarli barcha turlarida uchraydi. Plazmidali 
shtamm plazmidasiz variantlarni tiklaydi. Bunday holatlarda plazmida butunlay 
yo‘qoladi va hujayra uni regeneratsiya qila olmaydi. Buni faqatgina boshqa 
bakteriyaning hujayrasidan olish mumkin. 
Plazmidalar DNKning halqasimon molekulalari bo‘lib, bakteriya hujayralari 
genomini 1-3 %ini tashkil qiladi. Irsiy apparatning shu kam qismining o‘zi, odatda 
bakterial xromosoma kodlamaydigan muhim genetik belgilarni kodlaydi. Masalan, 
ular bakteriya hujayralarini kon’yugatsiyalash uchun kerakli informatsiyani 
saqlaydi. Ular hujayraning ozuqa manbai sifatida ko‘plab murakkab birikmalarni 
sarflashi uchun yordam beradi, hamda turli toksik agentlarga nisbatan, ayniqsa 
antibiotiklarga, chidamliligini ta’minlaydi. Masalan, stafilokokk bakteriyasining 
plazmidalari penitsillinga, simobni bakteriyani o‘ldirish uchun yetarli bo‘lgan 
miqdoriga va bir qator og‘ir metallarga chidamli genlarni tashiydi.

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin