239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI
11.4. O‘simliklar va hayvonlarda gen injenerligi O‘simlik hujayralariga genlar turli usul bilan kiritiladi:
Ikki pallali o‘simliklar uchun tabiiy vektor, ya’ni agrobakteriyalar
plazmidasidan foydalaniladi. Bir pallali o‘simliklar uchun ham ushbu usuldan
foydalaniladi, lekin bu usul bir-oz qiyinchiliklar tug‘diradi.
Agrobakteriyalarga nisbatan chidamli bo‘lgan o‘simliklarda esa, genlar
bevosita fizik yo‘l bilan kiritiladi. Bular: mikrozarrachalar bilan «xujum» qilish
yoki ballastik metod; elektroporatsiya, polietilenglikol bilan ishlov berish; DNKni
liposoma tarkibiga o‘tkazish va boshqalar.
Eng qulay metod mikrozarrachalar bilan «hujum» qilish metodi hisoblanadi.
Yuqori tezlikda zarrachalar yadroga bevosita kirib, transformatsiya samaradorligini
oshiradi. Shu usul bilan DNKga ega bo‘lgan hujayraning boshqa organellalari –
xloroplastlar va mitoxondriyalarni ham transformatsiyalash mumkin.
Oxirgi vaqtlarda kombinatsiyalangan transformatsiya metodi – agrolistik
metodi ham yaratilib, amalda qo‘llanilmoqda. Bunda begona DNK to‘qimaga
biror-bir fizik yo‘l, masalan ballistik yo‘l bilan kiritiladi. Kiritilayotgan DNK da T-
DNK vektor va marker geni, hamda virulentlikning agrobakterial geni bo‘lishi
kerak. O‘simlik hujayrasida virulentlik genini vaqtinchalik ekspressiyasi oqsillar
sinteziga olib keladi. Bu oqsillar plazmidadan T-DNKni to‘g‘ri kesib, uni
agrobakterial transformatsiyadagi singari ho‘jayin genomiga joylashtiradi. So‘ng
in vitro da tarkibida hujayralarning ko‘payishi uchun zarur bo‘lgan fitogormonli
ozuqa muhitiga ekiladi. Ozuqa muhitida odatda transgen o‘simliklar chidamlilikka
erishishi uchun selektiv marker bo‘lishi kerak.
Regeneratsiya ko‘proq kallus bosqichidan so‘ng ro‘y beradi. So‘ngra muhit
to‘g‘ri tanlay olinsa organogenez boshlanadi. Unib chiqqan kurtaklar ildiz berishi
uchun boshqa muhitga o‘tkaziladi.