160
- DNK fragmentlarini birlashtiruvchi fermentlar (ligazalar);
- DNK fragmenti uchlari strukturasini o‘zgartiruvchi fermentlar.
Restriktazalar
(restriksiyalovchi endonukleazalar) – DNK molekulasida
ma’lum bir nukleotidlar ketma-ketligi (restriksiya saytlari)ni tanib, ularga «hujum
qiluvchi» fermentlardir.
Restriksiya va modifikatsiya sistemalari bakteriyalarda keng tarqalgan: ular
rezident DNKni begona nukleotidlarni kirishidan himoya qiladilar. 1968 yili
Mezelson va Yuanlar metillanmagan DNKni parchalovchi restriktazani ajratib
olishgan. 1970 yili esa Smit va Vilkoks Haemophilus
influenzae dan DNKning
aniq bir ketma-ketligini parchalovchi birinchi restriktaza (Hind III)ni ajratib
olishgan. Hozirgacha 3500 dan ko‘proq restriktazalarnisubstrat spetsifikligi
aniqlangan bo‘lib, ulardan 238 tasi nukletid ketma-ketligini unikal strukturasini
taniydilar (prototiplar).
DNKni bir xil uchastkasini taniydigan restriktazalar izoshizomerlar guruhini
tashkil qilib, bir-birlaridan ba’zi-bir xossalari bilan farq qiladilar. Jumladan, 2
zanjirli DNKni har xil parchalaydilar. Hozirgacha
aniqlangan restriktazalarni
yarmidan ko‘prog‘i, 4-,6-,8- nukleotid ketma-ketlikni taniydilar.
Bakteriyalarning barcha restriksion endonukleazalari o‘ziga xos, qisqa DNK
ketma-ketligini taniydi va ular bilan bog‘lanadi. Bu jarayonda DNK molekulasi
tanish saytida kesiladi. Bakteriya shtammi restriksion faollikka ega bo‘lishi bilan
birga DNKni metillash xususiyatiga ham ega bo‘lishi mumkin.
Barcha restriktazalar DNKning qo‘sh spiralida ma’lum bir ketma-ketlikni
taniydi, lekin 1-sinf restriktazalari, DNK molekulasining ixtiyoriy nuqtasini kesadi,
2- va 3-sinf restriktazalari esa, tanish saytining ichidagi qat’iy
bir nuqtalarni
parchalaydi.
1 va 3 tipdagi fermentlar murakkab sub’birlikdagi tuzilishga ega bo‘lib, 2
tipdagi, ya’ni metillovchi va ATFga bog‘liq endonukleazali faollikka egadir.
2-sinf fermentlari 2 ta alohida oqsillardan: restriksiyalovchi endonukleaza va
modifikatsiyalovchi metilazalardan tashkil topgan. Shuning uchun gen
injeneriyasida asosan 2- sinf fermentlari ishlatiladi. Bular uchun kofaktor sifatida
magniy ionlari zarurdir.
Qaytar transkriptaza
m-RNKni DNKning komplementar zanjiriga
transkripsiyalash uchun ishlatiladi. Genomi bir zanjirli
RNK molekulalaridan
iborat bo‘lgan retroviruslar o‘rganilganda, retrovirusning hujayraning ichida sodir
bo‘ladigan rivojlanish jarayonida, ho‘jayin hujayra xromosomasiga 2 zanjirli DNK
ko‘rinishida o‘z genomining integratsiya bosqichini bosib o‘tishi aniqlangan. 1964
yili Temin RNK-matritsada komplementar DNKni sintezlovchi ferment borligini
aniqlagan. Ushbu RNKga bog‘liq DNK-polimeraza qaytar transkriptaza yoki
revertaza deb nomlangan.
Qaytar transkriptaza reaksiyasini RNK faollikka ega bo‘lgan kuchli
ingibitorlardan foydalangan holda maxsus sharoitlarda olib boriladi.
Bunda RNK
molekulalarining to‘liq hajmli DNK-nusxalari olinadi. Praymer sifatida poli (A)-
tutuvchi mRNK ning qaytar transkripsiyasida oligo (dT), Z'-poli (A) uchiga ega
bo‘lmagan RNK molekulalari uchun esa, kimyoviy sintezlangan oligonukleotidlar
161
ishlatiladi. mRNKda DNKning komplementar zanjiri sintezlangandan va RNK
buzilgandan keyingina DNKning 2 zanjiri sintezlanadi.
Matritsa sifatida kDNKning birinchi zanjiri bo‘lishi mumkin. Bu reaksiya
revertaza singari
E.Coli
ning DNK-polimerazasi yordamida katalizlanishi mumkin.
Sintez tugagandan so‘ng kDNKning 1- va 2-zanjirlari shpilka tuguni bilan kovalent
bog‘langan holda qoladi. Bu tugun endonukleaza S1 bilan parchalanadi. Hosil
bo‘lgan ikki zanjirli DNKni klonlanayotgan vektorlarga kiritish,
DNKning gibrid
molekulalari tarkibida ko‘paytirish va keyingi tadqiqotlarda ishlatish mumkin
bo‘ladi. Quyidagi chizmada 2 zanjirli DNK-nusxasini sintez bo‘lishi ko‘rsatilgan.
RNK molekulasining ikki zanjirli DNK- nusxasini sintezlash chizmasi.
Ligazalar
.
1961 yili Mezelson va Veygl fag l misolida
rekombinatsiyaning mohiyati DNK molekulalarining kesilishi va keyinchalik
birlashishidan iboratligini ko‘rsatganlar. Bu DNK fragmentlarini tikilishida
qatnashadigan fermentlarni topishga sabab bo‘lgan. 1967
yili bunday ferment
topilgan va ular DNK-ligazalar deb nomlangan. Bu ferment nuklein kislotaning 2
zanjirli molekulasidagi fosfodiefir bog‘ni katalizlaydi. Boshqacha aytganda, DNK-
ligazalar yonma-yon joylashgan nukleotidlarni qand qoldiqlari aro bog‘ hosil qilib
162
birlashtiradi. DNK-ligazalar DNK reparatsiyasi jarayonlarida, replikatsiyada juda
kerakdir.
DNK-ligazalar kofaktorga bo‘lgan zaruriyati va ta’sir qilish xususiyatiga
qarab 2 tipga ajratiladi.
E.coli
ning DNK-ligazasi kofaktor sifatida
difosfopiridinnukleotid, T4-
fagining ligazasi esa Mg
2+
ishtirokida ATF ni
ishlatadi.
Dostları ilə paylaş: