156
mikroorganizmlar populyatsiyasi orasidan ko‘proq faollikka ega bo‘lgan variantlari
tanlab olinadi (spontan mutantlar), keyingi bosqichlarning har birida yangi,
oldingisiga nisbatan samaraliroq bo‘lgan shtammlar tanlab olinadi va shu tariqa
davom ettirilaveradi.
Samarali produtsentlarning seleksiyasi jarayonini indutsirlangan mutagenez
metodini qo‘llash bilan tezlashtirsa bo‘ladi.
Mutagen ta’sirlar sifatida UF, rentgen va gamma-nurlanishlar, ma’lum bir
kimyoviy moddalardan foydalaniladi va bu ta’sirlar natijasida DNKning birlamchi
tuzilishida o‘zgarishlar paydo bo‘ladi.
Bu usul bilan seleksiya qilinganda ham mikroorganizm klonlari (hujayra
yoki mikroorganizmlar to‘plami)
bosqichma-bosqich, biokimyoviy tekshiruvdan
o‘tkaziladi va eng faollari ajratib olinib, mutagenlar bilan qayta ta’sir etiladi. Bu
jarayon ko‘zda tutilgan maqsadga erishgunga qadar davom ettiriladi.
Mikrobiologiya sanoati uchun mikroorganizmlar seleksiyasi va yangi
shtammlarni yaratish, ularning mahsuldorlik xususiyatiga, ya’ni u yoki bu
mahsulotni hosil qilishiga qaratilgandir. Bu masalalar hujayradagi boshqaruv
jarayonlarni o‘zgartirish bilan amalga oshiriladi.
Shuning uchun bakterial
hujayralarda sodir bo‘ladigan biokimyoviy jarayonlarni boshqarishni yaxshi
tushunish kerak bo‘ladi.
Ma’lumki, bakteriyalardagi biokimyoviy reaksiyalarni 2 yo‘l bilan amalga
oshirish mumkin. Birinchisi juda tez (sekund yoki minut ichida) bo‘lib,
fermentning
individual
molekulasining
katalitik
faolligini
o‘zgartirishga
asoslangan. Ikkinchisi, nisbatan sekinroq kechadi (bir necha minut davomida) va
bunda fermentlar sintezining tezligi o‘zgartiriladi. Har ikkala mexanizmda ham
sistemalarni boshqarishning yagona prinsipi – qayta bog‘lanish prinsipi ishlatiladi.
Har qanday metabolitik yo‘lni boshqarishning eng oddiy usuli, substrat oson
olinadigan yoki fermentning bor-yo‘qligini aniqlashga asoslanadi. Darhaqiqat,
substrat miqdorining kamayishi (muhitda past konsentratsiyada bo‘lishi) mazkur
metabolitik yo‘l orqali aniq bir moddaning sintezlanish tezligini kamaytiradi.
Boshqa tomondan, substrat
konsentratsiyasining oshishi, metabolitik yo‘lning
barqarorlashishiga olib keladi.
Xuddi shunday samara, ferment konsentratsiyasini oshirish natijasida ham
ro‘y beradi. Masalan, tegishli ferment sintezini nazorat qiluvchi genlarni
amplifikatsiyalash bilan amalga oshiriladi. Hujayrada metabolitik reaksiyalar
faolligini boshqarishning eng keng tarqalgan usuli retroingibirlash tipi bo‘yicha
boshqarish hisoblanadi.
O‘sayotgan hujayralar sintezlaydigan minglab fermentlarning ba’zilari
doimo va ozuqa muhitiga bog‘liq bo‘lmagan holda hosil bo‘ladi, boshqalari esa
ularga ta’sir qiluvchi substrat mavjud bo‘lgandagina hosil bo‘ladi. Birinchilariga
konstitutiv fermentlar (gidroliz fermentlari va b.) ikkinchilariga esa adaptiv yoki
indutsibel fermentlar kiradi. Masalan, glyukozali muhitda o‘sayotgan
E.coli
hujayralari oz
miqdordagi
laktozaning
metabolizmida
ishtirok
etuvchi
fermentlarning, hamda ushbu mikroorganizm hujayralari o‘zlashtira oladigan
uglerodning boshqa manbalarini metobolizmda ishtirok qiluvchi fermentlar
saqlaydi. Bu mikroorganizm laktozali muhitga o‘tkazilsa, 1-2 minutdan so‘ng
157
laktoza utilizatsiyasining asosiy fermenti β-galaktozidazaning faolligi oshadi. Bu
ferment laktozani glyukoza va galaktozagacha gidrolizlaydi. Keyingi qisqa vaqt
ichida β-galaktozidazaning faolligi boshlang‘ich darajaga nisbatan 1000 marta
ortadi. Boshqacha aytganda, bu yerda ferment sintezining induksiyasi sodir
bo‘ladi.
Ferment induksiyasi
– kultural muhitda ma’lum
bir kimyoviy birikmaning
(induktor)ning paydo bo‘lishiga, ferment sintezining javobidir. Ko‘p hollarda
substratlarning sarflanmagan analoglari induktor bo‘lib hisoblanadi. Masalan, β-
galaktozidaza uchun laktozaning metabolizmida qatnashmaydigan analogi-
izopropil β-D-tiogalaktopiranozid (IPTG) induktor sanaladi. Boshqa tomondan,
substrat har doim ham o‘ziga tegishli ferment sintezining induktori
hisoblanavermaydi. Laktoza, induktor bo‘lishi uchun avval o‘zining izomeri
allolaktozaga aylanishi kerak.
1961 yili F.Jacob va J.Monod,
E.coli
bakteriyalari tomonidan laktozaning
utilizatsiya jarayonini genetik va biokimyoviy o‘rganishlari natijasida “operon
modeli” nomli konsepsiyani ishlab chiqqanlar. Bu modelga ko‘ra, boshqarishning
ushbu sistemasi 4 ta komponentdan iboratdir: strukturali genlar,
gen-regulyator,
operator va promotor. Gen-regulyator operator bilan bog‘lana oladigan oqsil-
repressorni strukturasini aniqlaydi. Bu o‘z navbatida uning yonidagi strukturali
genlar faoliyatini nazorat qiladi. Promotor transkripsiya fermenti - RNK-
polimeraza bilan bog‘lanadigan qismni tashkil qiladi. Agar, oqsil-repressor
operator bilan bog‘langan bo‘lsa, u holda RNK-polimeraza promotorga joylasha
olmaydi va informatsion RNK sintezlanmaydi. Buning natijasi esa, tegishli
fermentlar sintezining ro‘y bermasligidir. Birinchi marta qamrovli o‘rganilgan
operon, ichak tayoqchasining laktozali operonidir.
Mualliflarning fikricha,
repressor 2 ta o‘ziga xos markazga ega bo‘lgan allosterik oqsildan tashkil topgan.
Ulardan biri operatorning nukleotid ketma-ketligiga, ikkinchisi esa induktor
molekulasiga o‘xshashdir. Induktor bilan repressorning o‘zaro ta’siri repressorni
operatorga o‘xshashligini kamaytiradi, natijada operator ajraladi. Lac-operoni
repressori toza holda ajratib olingan va uni 4 ta bir xil subbirlikdan tuzilganligi
anqlangan (umumiy mol. massasi 150 000 D). Har bir subbirlik induktorning 1 ta
molekulasi bilan o‘zaro munosabatga kirishadi, ya’ni repressorni to‘liq
inaktivatsiyaga uchratish uchun induktorning 4 ta molekulasi kerak bo‘ladi. Toza
holdagi reprossor operatorga juda o‘xshaydi va in vitro sharoitida Lac-operatorning
nukleotid ketma-ketligi bilan bog‘lana oladi. Induktor esa, bu bog‘lanishni buzadi.
Ushbu natijalar F.Jacob va J.Monod gipotezasini to‘liq isbotlaydi.
Istalgan operonning boshqaruvchi elementi bo‘lib, DNK ning promotor deb
nomlanuvchi qismi hisoblanadi. Operonning ushbu qismi
transkripsiya jarayonini
boshlash uchun RNK-polimeraza bilan birlashadi. Transkripsiyaning borishi
promotorning xususiyatiga bog‘liqdir. Promotor qismidagi mutatsiya uning
faolligini o‘zgartirib operon ekspressiyasini oshirishi yoki kamaytirishi mumkin.
Promotorning ushbu xususiyatidan nisbatan faol produtsentlarni yaratishda
foydalaniladi.
Savollar
.
158
1. Biotexnologiyaning ob’ektlari nimalar?
2.
Mikroorganizmlardan
biotexnologiyada
qanday
maqsadlarda
foydalaniladi?
3. Ferment induksiyasi nima?
4. Birlamchi metabolitlarga nimalar kiradi?
5. Ikkilamchi metabolitlar haqida nimalarni bilasiz?
6. Strukturali genlar, gen-regulyator, operator va promotor haqida nimalar
bilasiz?
Dostları ilə paylaş: