P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

 
 
 
 
XII-BOB. HUJAYRA INJENERLIGI 
 
12.1. Xujayra injenerligining moddiy asoslari

Biotexnologiyaning yangi bosqichi noan’anaviy ob’ektlar – ko‘p hujayrali 
yuksak 
organizmlarning 
to‘qima 
va 
hujayralari 
kulturasi, 
hamda 
mikroorganizmlarning xususiyatlari oldindan belgilangan, yuqori faollikka ega 
bo‘lgan kulturalarini olish imkonini berdi. Mikroorganizmlar kulturasiga nisbatan,
yuksak organizmlar kulturalari biotexnologiyaning yangi ob’ekti hisoblanadi. 
O‘simliklar kulturasini olish metodi XX asrning 70-yillarida yaratilgan. 


 172 
O‘simlik hujayralarini kulturasini olishning asosiy tipi kallus to‘qimasini, 
ba’zida esa o‘simliklarning o‘sma hujayralari kulturasini olishdir. O‘sma 
hujayralari kulturasi chuqur (suyuq ozuqada) va yuzaki usulda ekilganda, tashqari 
ko‘rinishidan va morfologik jihatdan deyarli farq qilmaydi. Ularning asosiy farqi 
shundaki, o‘sma hujayralari gormonga bog‘liq emas, shuning uchun ularning 
ozuqa muhitiga fitogormonlar qo‘shish kerak emas. Undan tashqari o‘sma 
hujayralardan organogenez jarayonida ildiz yoki kurtaklar unmaydi. Kallus 
hujayralari kulturasi esa to‘satdan gormonga bog‘liq bo‘lmay qolish xususiyatiga 
ega. Kallus hujayralarini bo‘linishi natijasida (yuksak o‘simliklarga xos bo‘lgan 
hujayra differensiatsiyasining bir tipi) kallus to‘qimalari yoki kallus hosil bo‘ladi. 
Kallus hujayralari kulturasini olish uchun yuksak o‘simliklarning turli 
organlari (eksplantlar)dan bir qism (fragment) olib, sterillik qoidalarini saqlagan 
holda uni probirka, kolba yoki Petri likobchasidagi sun’iy ozuqa muhitiga eqiladi.
Eksplant hujayralarining dedifferensiyalanishi va kallusogenez jarayonining 
xususiyatlari, olingan to‘qimaning xususiyatlariga bog‘liqdir. O‘simliklarning 
maxsus to‘qimalari (parenxima, ildiz va poya, barg va b.) ning hujayralari ozuqa 
muhitida o‘ziga xos funksiyalarini yo‘qotib dedifferensiyalashishi va faol 
bo‘linadigan hujayra holatiga kelishi kerak. O‘simlik hujayra va to‘qimalari 
kulturalari o‘stiriladigan 
ozuqa 
muhit tarkibida mineral tuzlar (makro va 
mikroelementlar), uglerod manbai (saharoza yoki glyukoza), vitaminlar va o‘sishni 
boshqaruvchi moddalar (regulyatorlar)i bo‘lishi kerak. Zarur hollarda ozuqa 
muhitiga turli kompleks birikmalar (kazein gidrolizati, aminokislotalar 
aralashmasi, achitqi ekstrakti, turli o‘simlik ekstraktlari) qo‘shiladi. Yangi ob’ekt 
bilan ishlayotganda ozuqa muhitlarining optimal tarkibini tanlay bilish katta 
ahamiyat kasb etadi. 
Yuza usulda ekilgan kallus to‘qimalarini rangi oq, sarg‘ish, yashil, qizil, 
aniq bir anatomik strukturaga ega bo‘lmagan amorf massaga ega bo‘lib,
konsistensiyasi jihatidan ham farqlanadi. 
Suyuq ozuqa muhitida o‘stirilgan o‘simlik hujayralari kulturalari suspenzion 
kulturalar deyiladi. Suyuq ozuqa muhitida o‘stirilgan o‘simlik hujayralari 
kulturalari kallus kulturalarining yuza ekish usulidan afzallikka ega. Suyuq 
muhitda metabolizm va hujayra populyatsiyasi o‘sishiga turli ekzogen omillar 
bilan ta’sir etish mumkin. Suspenzion kulturalar biokimyoviy va molekulyar-
biologik tajribalar – fermentlar induksiyasi, genlarni ekspressiyasi, mutantlarni 
yaratish va ularni tavsiflash uchun qulay. 
Suspenzion kulturalar uchun hujayralar kallus to‘qimalaridan olinadi. So‘ng 
ular doimiy ravishda aralashtirib turgan holda suyuq ozuqa muhitiga o‘tkaziladi. 
Suspenzion kulturalarni o‘simlik to‘qimalaridan ham olish mumkin, faqat bu usul 
ko‘p vaqt talab qiladi. Buning uchun eksplant hujayrasi avval birlamchi hosil 
qilishi kerak, so‘ngra esa ozuqa muhitida ko‘payib, suspenziya ko‘rinishida 
o‘sadigan hujayra liniyalari uchun manba bo‘lib hisoblanadi. 
Hujayra kulturalarida o‘simliklar uchun xos bo‘lgan birikmalar: alkaloidlar, 
glikozidlar, polisaxaridlar, efir moylari, pigmentlar va b. mavjuddir. O‘simlik 
hujayralaridan ferment preparatlarini ishlab chiqarish maqsadida foydalanish tabiiy 
yoki sun’iy manbalardan qimmatli mahsulotlarni olish imkonini beradi. 


 173 
Mutant, gibrid yoki transformatsiyalangan hujayralarni klonal seleksiyasida 
alohida qilib ajratib olingan hujayralar va regeneratsiyalangan protoplastlarni 
o‘stirish metodi orqali amalga oshiriladi. 
O‘simlik protoplastlari – membrana bilan chegaralangan, ichki hujayraviy 
organellalarining tarkibi saqlangan strukturaviy tuzilmadir. 
Protoplastlar 2 usulda ajratib olinadi: 
1.
Mexanik usul
. Birinchi bor, o‘simlik hujayrasining protoplastlari 1892 yili 
telorez suv o‘simligi hujayrasidan plazmoliz hodisasini o‘rganish jarayonida ajratib 
olingan. Buning uchun o‘simlik to‘qimasidan kesma olingan va 0,1 M li saxaroza 
eritmasiga solingan. Protoplastlar “bujmayib” hujayra devoridan ajralgan, so‘ng 
skalpel yordamida kesma kesilib protoplastlarni muhitga ajratib chiqarilgan.

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin