174
texnologiyalari bakteriyalar, achitqilar va mitselial zamburug‘lar uchun ishlab
chiqilgandir. Hozirgi vaqtda o‘simlik va hayvon hujayralari kulturalarini yaratish
bo‘yicha tadqiqotlar ham jadal davom etmoqda. O‘simlik hujayralari kulturalarini
olish texnikasini mukammallashganligi sababli, ko‘plab mamlakatlarda ba’zi-bir
o‘simliklarni yangi, oldindan belgilangan xususiyatga ega bo‘lgan navlarini
yaratish bo‘yicha tadqiqotlar samarali davom ettirilmoqda va anchagina yutuqlarga
ham erishilgan. Ushbu metodlar organogenez va nihollarni amplifikatsiyalash,
so‘ngra
ularni
tuproqqa
ekish
bo‘yicha
qilingan
ishlar
natijasida
takomillashtirilmoqda.
Ko‘plab
o‘simliklar hujayralarining suspenzion
kulturalaridan yaxlit o‘simlikka xos bo‘lgan mahsulotlarni ajratib olish (nikotin,
alkaloidlar, jenshen) maqsadida foydalanish keng miqyosda yo‘lgan qo‘yilgan va
u amaliyotda keng qo‘llanib kelinmoqda. Digitalis, yasmin, yalpiz kabi o‘simliklar
sintez qiladigan qimmatbaho fiziologik faol preparatlarni ishlab chiqarish samarali
hisoblanadi. O‘simlik hujayralari, kulturalarini olishda ishlatiladigan suyuq doimo
aralashtirib turiladigan muhitda fermentatsiya qilish metodlari, mikrobiologiya
texnologiyasiga o‘xshashdir. O‘simlik hujayralari bakteriyalarga nisbatan sekin
o‘sishiga qaramay, ularning harakteristikasi bir-biriga yaqindir. Shuning uchun
ham, faqat o‘simlik yoki hayvon hujayralari sintezlaydigan ba’zi-bir muhim
organik birikmalarni olish maqsadida yanada yangiroq, samaraliroq texnologiyalar
yaratish ustida tadqiqotlar olib borish dolzarb masalalar sirasiga kiradi.
Hayvon hujayralari, suspenziya ko‘rinishida yoki qattiq substratga
biriktirilgan holda o‘stiriladi. Bunday hujayralar, masalan, HeLa (inson o‘smasi
hujayrasi) ikkala holatda ham o‘sishi mumkin; limfoblastom hujayralar suspenzion
kulturada, normal diploid hujayralar esa qattiq substratga biriktirilgan holda
o‘tiriladi.
Oxirgi paytlarda hujayra o‘sishini nazorat qiluvchi sistemalar «buxta»
ko‘rinishida o‘ralgan, gazni o‘tkazuvchan teflon trubkalar yordamida amalga
oshiriladi. Bunday sharoitlarda ko‘plab hujayralarni kulturasini olish mumkin.
Yana bir samarali metod, bu hujayralarning uncha katta bo‘lmagan marjonlar
(sharchalar, mikrotashuvchilar)ga biriktirilishiga asoslangan usuldir. Sharchalar
sefadeksdan (dekstrin tabiatli modda) yasalib, uning umumiy yuzasi 7 sm
2
/mg teng
bo‘lishi mumkin. Sharchalar suspenzion holatda suza oladi va ularda turli tipdagi
hujayralar o‘sa oladi. Bu usul yordamida inson interferoni ishlab chiqarilmoqda.
Dostları ilə paylaş: