P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva


 Transgen o‘simliklarga genetik materiallarni ekspressiyasi



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

11.5. Transgen o‘simliklarga genetik materiallarni ekspressiyasi

Olimlar o‘simlik hujayrasiga begona genlarni kiritish bo‘yicha olib borgan
tadqiqotlarida yangi hodisalarga guvoh bo‘lganlar. Aniqlanishicha, bir tajribaning 
o‘zida bir xil DNK konstruksiyasi bilan transformatsiyalangan transgen klonlar
kiritilayotgan gen ekspressiyasi bo‘yicha bir-biridan farqlanar ekanlar. Ekspressiya 
darajasi ko‘pgina omillarga bog‘liq bo‘lib, u ayniqsa kiritilayotgan genning yadro 
xromatinini qaysi qismiga tushishiga bog‘liq ekan. Bundan tashqari, yadro 
genomiga DNK konstruksiyalanganda bir qancha o‘zgarishlarga uchraydi 
(duplikatsiya, inversiya va b.) va bu ekspressiyaning pasayishiga olib keladi. Yana 
aniqlanishicha, qo‘llanilayotgan transformatsiya protseduralari xo‘jayin genomi 
uchun ham befarq emasdir. 


 168 
Birinchidan, transgenni joylashishi qaysidir xo‘jayin genini birlamchi 
strukturasini buzishi bilan birgalikda uni inaktivatsiyalaydi.
Ikkinchidan, 
o‘simlik genomiga genlar agrobakterial yoki fizik 
o‘tkazilganda, turli ko‘rinishdagi qayta tuzilishlar, hatto xromosoma 
fragmentlarining translokatsiyasigacha kuzatiladi. Bularning barchasi o‘simlik 
genomini normal faoliyat ko‘rsatishini o‘zgartiradi. 
O‘simlikka kerakli genni tutuvchi 
Ti-
plazmida ketma-ketligini kiritishning 2 
xil metodi yaratilgan: 
1-metod - «oraliq vektorlar» metodi (kointegrativ vektorlar) - pBR 322 
ichak tayoqchasidan foydalanishga asoslangan. 
Ti-plazmidadan T-DNK restriktazalar yordamida kesiladi va Ye
. soli
da 
klonlash uchun pBR 322 plazmidasiga joylashtiriladi.T-DNK plazmidali 
bakteriyalar ko‘paytiriladi va plazmida ajratib olinadi. So‘ngra klonlangan T-
DNKga restriktaza yordamida kerakli gen joylashtiriladi. Hosil bo‘lgan T-DNKli 
rekombinant molekula yana bir bor katta miqdorda ko‘paytiriladi, ya’ni ichak 
tayoqchasida klonlanadi. Shundan keyin kon’yugatsiya yordamida to‘liq Ti-
plazmidani tashuvchi agrobakteriya hujayrasiga kiritiladi. Nativ Ti-plazmidasining 
T-segmentlari va oraliq vektorlar o‘rtasida gomologik rekombinatsiya ro‘y beradi. 
Buning natijasida gen joylashtirilgan T-DNK normal DNK o‘rniga nativ Ti-
plazmidaga kiradi. T-segmentga kerakli genlar joylashgan Ti-plazmidani tashuvchi
A. tumefaciens
hujayralari hosil bo‘ladi. Ularning navbatdagi ko‘chirilishi 
agrobakteriyalarga xos bo‘lgan oddiy yo‘l bilan amalga oshiriladi. 
Ikkinchi metod, binar (qo‘sh) vektorlar sistemasini yaratishga asoslangan.
Oxirgi tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, zararlash va transformatsiya 
uchun yaxlit Ti-plazmida kerak emas, balki T-DNK ning chekka uchastkasi va Ti -
plazmidaning virulentlikka javobgar bir uchastkasining o‘zi yetarlidir. Bu ikkala 
uchastka bir plazmidada bo‘lishi ham shart emas. Agar agrobakteriyada vir 
segmentli Ti-plazmida va T-DNKli boshqa plazmida bo‘lsa, bu bakteriyalar 
o‘simlik hujayrasini transformatsiyalashi mumkin. Bunday holda istalgan gen 
joylashtirilgan T-DNK o‘simlik genomi bilan integratsiyalanadi. Buning uchun 
bakteriya hujayralarida gomologik rekombinatsiya sodir bo‘lishi kerak emas. 
Begona genlar ekspressiyasi uchun T-DNKning maxsus promotori, masalan
nopalinsintetaza promotori kerakdir. 
O‘simlik hujayrasiga konstruksiyalangan Ti-plazmidani kiritishning bir 
nechta metodlari bor. Bulardan eng oddiy tabiiy usul –


 169 
49-rasm. Ti-plazmida asosida kointegrativ vektorni yaratilishi

Rp - restriktaza yordamida parchalanishkonstruksiyalangan shtammlarni 
o‘simlikning zararlangan qismiga kiritishdir. 
Boshqa metod – protoplastlarni agrobakteriyalar bilan kokultivatsiyalash 
yo‘li bilan transformatsiyalash. Agrobakteriyalar yangi ajratib olingan yoki bir 
kunlik 
protoplastlarga 
qo‘shilsa, 
bakteriyalar 
birlashmaydi 
ham, 
transformatsiyalanmaydi ham. Transformatsiyalash uchun 3 kunlik protoplastlarda 
hujayra devori qaytadan hosil bo‘lgan bo‘lishi kerak. Bu hol hujayra devorini hosil 
qiluvchi va bakteriyalarni birlashtiruvchi ingibitorlarni qo‘shish bilan isbotlangan. 
Kokultivatsiyalash davri (bu davrda protoplastlar agrobakteriyalar bilan 
agregatsiyalanadi), ya’ni bir sutkadan ortiq vaqtdan so‘ng birlashmagan 
bakteriyalar qayta yuvish bilan olib tashlanadi. So‘ng o‘simlik hujayralari 
gormonlar qo‘shilgan muhitda o‘stiriladi. 3-4 haftadan so‘ng koloniyalar 
gormonsiz muhitga o‘tkaziladi. Bu muhitda faqatgina transformatsiyalangan 
hujayralarning koloniyalari o‘sadi. 
Shunday usul bilan tamaki va petuninning transformatsiyalangan o‘simlik-
regenerantlari olingan. 
Oxirgi 15-20 yil mobaynida tashqi bozorda yangi xususiyatlarga ega bo‘lgan 
transgen o‘simliklar chiqa boshladi. 1996 yili AQShda transgen o‘simliklar 


 170 
egallagan maydon 3 mln. akr bo‘lsa, 2002 yilga bu maydon 80 mln akrga yetdi. 
Asosiy transgen o‘simliklar: jo‘hori, soya, gerbitsid va hashorotlarga chidamli 
g‘o‘za navlaridir. 
Kundan-kunga aholi soni ortib borayotgani sababli insoniyat oldida muhim 
bir muammo, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish masalasi turibdi. Yana bir 
muammo, bu tibbiy davolashdir. Bu muammolarni transgen o‘simliklar yaratish 
orqali hal qilish mumkin. 
Gen injenerligi yordamida qishloq ho‘jaligi uchun quyidagi o‘simliklar 
yaratish uchun takliflar kiritilgan: 
Hashorotlarga chidamli o‘simliklarni yar
atish.
Ularni yaratish uchun 
o‘simliklarning genomiga 
Basillus thuringiensis
(bu mikroorganizm hashorotlar 
organizmida rivojlanib tangaqanotlilarda kasallik keltirib chiqaradi, odamlarga 
ta’sir qilmaydi)dan ajratib olingan toksin geni kiritiladi. Toksinni sintez qiladigan 
o‘simliklar ayrim zararkunandalarga nisbatan chidamli bo‘ladi. Bularning bari 
dalalarda pestitsidlarni ishlatishni va atrof-muhit ifloslanishini kamaytiradi. 
Oziq-ovqat mahsulotlarini sifatini yaxshilash

Ma’lumki, qishloq ho‘jaligi 
ekinlarining hammasining tarkibida ham almashmaydigan aminokislotalar va 
vitaminlar yetarli miqdorda bo‘lmaydi. Bularning o‘rnini to‘ldirish uchun 
o‘simliklarga vitamin yoki aminokislotalarni sintezlaydigan genlar kiritiladi. 
Hozirda tarkibida karatinoid ko‘p bo‘lgan transgen guruch va oqsilga boy soya 
o‘simligi olingan. 
Tovar sifatini yaxshilash
.
Gullarga pigment sintezlovchi genlar kiritilib 
ajoyib rangli gullar yoki oqsillarni fluoressensiyalovchi genlarni kiritib qorong‘uda 
nur beruvchi dekorativ o‘simliklar olingan. 
Gerbitsidlarga chidamli o‘simliklarni yaratish. 
O‘simliklarning chidamliligini oshirish
.
Ma’lumki, ayrim baliq va 
hashorotlar gidrofil oqsillar ajratadi. Bu oqsillar geni issiqsevar o‘simliklarni 
sovuqqa chidamli qilish uchun ularga kiritiladi. 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin