164
Odatda plazmidaning replikatsiyasi xromosoma replikatsiyasiga bog‘liq
bo‘lmaydi.
Bakteriya hujayralarining kon’yugatsiyalanishi vaqtida xromosomadagi
genlari bilan almashina olmaydigan ikki bakteriyalararo plazmidalar almashinishi
mumkin. Bunday almashinuv o‘sish va konkurensiya davomida plazmidadagi
genlarning o‘zaro almashinuviga olib keladi. Natijada
retsipient hujayralar donor
hujayralar hisobiga tirik qoladi.
Vektor sifatida bakteriofagdan foydalanib genni kiritish metodida gen virus
genomiga joylashtiriladi va u bakteriya hujayrasida virus genomini ko‘payishi
davomida, gen virusi bilan birga replikatsiyalanadi.
Bakteriya hujayrasiga rekombinant DNKni ekspressiya qilinishi
.
Bakteriya xromosomasining uzunligi 1 mm atrofida bo‘lib, u taxminan 3
mln nukleotidlardan iborat bo‘lgan DNK molekulasidan tuzilgandir; u hujayrada
bir necha ming marta zich joylashgan va 1 mkm maydonni egallaydi xolos. Inson
hujayrasi DNKsi 46 ta xromosomadan tuzilgan, ularning har birining uzunligi
taxminan 4 sm, nukleotidlar soni esa 3 mlrdga yaqindir. Restriksion
165
endonukleazalar, DNK molekulasini ma’lum bir nuqtalarda parchalaydi, natijada
bir
necha yuzdan, bir necha minggacha nukleotidli fragmentlar hosil bo‘ladi. Har
bir restriktazalar DNKni o‘ziga xos ravishda parchalaydilar.
Bakteriya hujayrasiga genlarni ekspressiya qilish uchun hayvonlarning
o‘ziga xos oqsil (masalan, insulin) ishlab chiqaradigan maxsus hujayrasidan ushbu
oqsilni kodlaydigan mRNK ajratib olinadi. So‘ng qaytar transkriptaza yordamida
mRNKga komplementar DNK zanjiri sintezlanadi. DNK nusxasiga komplementar
bo‘lgan ikkinchi zanjir DNK-polimerazalar yordamida ajratiladi. Keyingi
bosqichda qo‘sh zanjirli DNK nusxasi transferaza fermenti ishtirokida plazmidaga
kiritiladi. Transferaza DNK uchlarida nukleotidlarning qisqa ketma-ketligini
tiklaydi. So‘ng plazmidaning maxsus joyi, restriksion endonukleaza bilan
parchalanadi. Plazmida parchalangandan keyin uning uchlari, transferaza
yordamida guanin qoldig‘i bo‘lgan 4 ta nukleotidga joylashtiriladi. Shundan so‘ng
hosil bo‘lgan 2 ta DNK molekulalarining uchlari nukleotidlar ketma-ketligi o‘zaro
ta’sirlashishi
hisobiga birikadi; bakterial ferment – DNK-ligaza yordamida
kiritilayotgan DNK va plazmida DNKsi tikiladi. Hosil bo‘lgan yangi halqasimon
plazmida rekombinant DNKga ega bo‘ladi.
Ma’lumki, hozirgi paytda insonlar orasida diabet kasalligi ko‘p uchraydi va
uning bir necha ko‘rinishlari mavjuddir. Insulin yordamida davolanadigan formasi
ushbu gormonni sintezlaydigan hujayralarning tanlab nobud bo‘lishi bilan
bog‘liqdir. Diabetning insulin talab qilmaydigan ko‘rinishi esa, tegishli paxrez
yordamida davolanishi mumkin.
1921 yili Torontoda (Kanada) Banting va Best itning oshqozon osti bezidan
gormon ajratib olishgan va uning antidiabetik xususiyati borligini aytib o‘tishgan.
1922 yili hayvondan ajratib olingan insulin, kasallangan yosh bolaga yuborilgan va
kutilgan natijaga erishilgan. Shundan so‘ng insulin ko‘p miqdorda ishlab chiqarila
boshlangan.
Insulinning birinchi kristallari 1952 yilda olingan, keyinchalik uni tozalash
metodlari takomillashtirilib, boshqa gormonal moddalar (masalan, glyukagon –
insulin va somasatinni antogonisti) ham olina boshlangan.
Gilbert va uning
shogirdlari insulin mRNKsini kalamush oshqozon osti bezidagi β-hujayrasining
o‘smalaridan ajratib olishgan. Buning uchun mRNKning DNKnusxasini rBR322
E.coli
plazmidasiga genning o‘rta qismiga penitsillinaza joylashtiriladi. Hosil
bo‘lgan DNKning ketma-ketligi aniqlanganda, uning rekombinant plazmidasi
proinsulin struktura haqidagi axborotga egaligi ma’lum bo‘lgan. Ichak tayoqchasi
hujayralarida mRNK translyatsiyasi jarayonida penitsillaza va proinsulin ketma-
ketligini tutgan gibrid oqsil sintezlangan. Oqsil tarkibidan tripsin yordamida
gormon ajratib olingan. Ushbu yo‘l bilan olingan molekulalar ham oshqozon osti
bezidan ajralib olingan gormon singari qand almashinuviga ta’sir qilgan.
Insonning o‘sish gormoni yoki somatotropin, gipofizning old bo‘lmasidan
ajratib chiqadi. Bu gormonning yetishmasligi natijasida
insonda gipofizar
pakanalik kelib chiqadi. 4-5 yoshli bolalarga gormonni in’eksiyalash bilan
kasallikni tuzatish mumkin. Ilk marta somatotropin murdadan ajratib olingan va
uni yetarlicha olish imkoni bo‘lmagan.
166
Maxsus konstruksiyalangan bakteriya hujayralarida sintezlanadigan o‘stirish
gormoni bir necha afzalliklarga egadir. Birinchidan, bu yo‘l bilan gormonni ko‘p
miqdorda olish mumkin, ikkinchidan uning preparatlari bioximik toza va
viruslardan holidir.
Somatotropinni (191 ta aminokislota qoldig‘idan iborat) olish uchun birinchi
bosqichda mRNK ning DNK nusxasi klonlanadi va restriksion endonukleazalar
yordamida parchalanib, gormonning birinchi 23 ta
aminokislotasidan tashqari
barcha aminokislotalarni kodlaydigan ketma-ketlik hosil qilinadi. So‘ng 1 dan 23
gacha aminokislotaga mos keladigan sintetik polinukleotid klonlanadi. 2 ta
fragment bir-biri bilan birlashtiriladi va ribosomalarni birlashadigan uchastkasiga
joylashtiriladi. Olinadigan gormon miqdori 1 ml kulturaga 2,4 mkg to‘g‘ri keladi.
Bakteriyalarda sintezlangan gormon kerakli molekulyar massaga ega bo‘ladi va
boshqa begona bo‘lgan bakterial oqsillardan xoli bo‘ladi.
Qon hujayralari va fibrioblastlarda interferonning hosil bo‘lishi
.
Kulturalarda o‘stiriluvchi va interferon hosil qiluvchi hujayralarning barcha tipi
uchun interferon olish jarayoni deyarli bir xil. Hujayralar Senday virusi bilan
zararlantiriladi va 24 soatdan so‘ng sentrifugalanadi: cho‘kma usti suyuqligidan
interferonning “dag‘al” preparati olinadi va tozalanadi. 2 l qon qayta ishlanganda 4
mln birlikka teng bo‘lgan interferon olinadi. Deyarli o‘tgan 10 yil davomida
interferon ishlab chiqarishning katta qismi Xelsinkidagi sog‘lomlashtirish markazi
laboratoriyasiga to‘g‘ri kelib, bu yerda Kandell sog‘lom donorlar qoni
leykotsitlaridan interferon olish metodi takomillashtirilgan. Bu laboratoriya,
leykotsitar interferon ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda yetakchi bo‘lib, yiliga 400
mlrd birlikka yaqin interferon ishlab chiqaradi.
1960
yilning boshlaridan boshlab, Shani sog‘lomlashtirish va meditsina
ilmiy tekshirish milliy instituti, INSERM, Parijdagi Sent-Vinsent-de-Pol klinikasi),
Paster Instituti bilan hamkorlikda interferon olishning yarim masshtabda ishlab
chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. 1980 yilning martida ushbu muammo ilmiy tekshirish
institutlarining milliy markazlari, INSERM, Paster instituti va universitetlarining
olimlari tomonidan konferensiyada muhokama qilindi. IIP firmasi va qon quyish
markazi (leykotsitlar bilan ta’minlaydi) interferonning ishlab chiqarish metodini
takomillashtirdi va interferonni ko‘p miqdorda hosil bo‘lish yo‘llarini aniqladi.
Yarim yil ichida IIP 26000 donordan olingan qondan 48
mlrd birlik interferon
ajratib olishga erishgan va shu tufayli Fransiya, interferon ishlab chiqarish
bo‘yicha Yevropada 2-o‘ringa chiqib olgan. 1980 yil oxiriga kelib, IIP va sog‘liqni
saqlash vazirligi o‘rtasida interferonni sinash bo‘yicha shartnoma tuzilib, unga
ko‘ra interferonning viruslarga va o‘smalarga qarshilik xususiyati tekshirilib
ko‘rildi va uni ko‘p miqdorda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
Interferonning ishlab chiqarilishi yiliga 100 mlrd birlikgacha orttirilib (200 kasalni
davolashga yetarli), uning 80 mlrd birligi klinikalarning markaziy dorixonalari
tomonidan sotib olingan, qolgan qismi esa ilmiy-tekshirish institutlariga
yuborilgan.
1982 yilning iyulida interferonning zahirasi 70 mlrdgacha borgan bo‘lib,
undan faqat 20 mlrd ishlatilgan. IIP va qon quyish
markazi instituti ishlab
chiqarishni to‘xtatishga majbur bo‘ldi, chunki mahsulot sarflanmay qoldi va uni
167
eksport qilish zarurati tug‘ildi. Oyiga 2 mlrd leykotsitar interferon ishlatiladi.
Biroq sog‘liqni saqlash vazirligining 1982 yil iyul oyidagi qarori, preparat ishlab
chiqarishni to‘xtatilishi vaqtinchalik ekanligi aniqladi va hozirgi kunda bu preparat
katta miqdorda ishlab chiqilmoqda.
Dostları ilə paylaş: