107
nobud qiladi, fenol yoki karbol kislotaning 3-5% li eritmasi, xlorli ohakning 10-
20% li eritmasi yoki spirtning 75% li eritmasi dezinfeksiyalashda ko‘p ishlatiladi.
Mikroorganizmlar o‘stiriladigan oziqa muhitini albatta sterillash zarur. Ular
avtoklavda 1-2 atm. bosimda 105-120° da 15-30 minut davomida sterillanadi.
Kox kaynatgichida ham bo‘lib-bo‘lib sterillash mumkin. Buning uchun 100°
da 30 minut sterillanadi, keyin termostatda bir sutka saqlanadi. Ikkinchi kun yana
100° da 30 minut sterillanadi va termostatda saqlanadi, uchinchi kuni ham xuddi
shunday sterillanadi.
Mikrobiologiyada ishlatiladigan asboblar esa issiq havo yordamida kuritkich
shkaflarda 150-160° temperaturada 1,5-2,0 soat davomida sterillanadi.
Oziq-ovqat sanoatida pasterlash usulidan keng foydalaniladi.
Bunda sut
mahsulotlari 60° temperaturada 30 minut saqlanadi,
bunday ishlov berilganda
bakteriyalarning vegetativ hujayralari nobud bo‘ladi.
5.3. Biologik omillar
Tabiiy sharoitda mikroorganizmlar murakkab biotsenozlarni tashkil etadi,
ya’ni bir yerning o‘zida turli bakteriyalarni uchratish mumkin. Bakteriyalar orasida
simbioz, metabioz, antagonizm uchrashi mumkin.
Simbioz
holda hayot kechirganda, bir tur kkkinchi tur bilan birgalikda
yashaydi. Masalan, kefir donachalari tarkibida
sut kislota hosil kiluvchi
bakteriyalar va achitqi zamburug‘lari birgalikda yashaydilar yoki tugunak
bakteriyalar dukkakdosh o‘simliklar bilan birgalikda yashaydilar.
Metabiozda bir bakteriya ikkinchi bakteriya
uchun qulay sharoit yaratib
beradi. Masalan, ammonifikatorlar,
nitrifikatorlar uchun NN
3
hosil qiladi.
Nitrozomonas NH
3
ni o‘zlashtirib, nitrobakter uchun HNO
2
hosil qiladi:
2NH
3
+ 3O
2
2HNO
2
+ 2H
2
O + 658 kJ
HNO2 ni nitrobakter oksidlaydi:
2HNO
2
+ O
2
2HNO
3
+ 180 kJ
Anagonizmda bir tur, ikkinchi turning rivojlanishini cheklab qo‘yadi.
Masalan, sodda hayvonlar bakteriyalarni yeb qo‘yadi, bakteriofaglar bakteriyalarni
eritib yuboradi, bijg‘ituvchilar chirituvchilarning ko‘payishini cheklab qo‘yadi
yoki
turli-tuman
antibiotiklar
bakteriyalarga
salbiy
ta’sir
etadi.
Mikroorganizmlarga tashqi muhit faktorlarining ta’sirini
bilgan holda, ularga
qarshi kurash choralarini qo‘llash mumkin bo‘ladi.
Savollar
.
1. Mikroorganizmlarga ta’sir etuvchi fizikaviy omillarni ko‘rsating va
ularni ta’sirini izohlang.
2. Mikroorganizmlarga ximiyaviy moddalarning ta’siri haqida.
3. Biologik omillarning ta’siri, ya’ni murakkab biotsenozni tushuntiring.