4.2. Mikroorganizmlardagi transformatsiya, transduksiya, hodisalari
101
Irsiy xususiyatning donor xromosomasidan retsipient xromosomasiga o‘tishi
transformatsiya
deyiladi. Transformatsiya DNK ning kichik bir uchastkasi - rekon
orqali o‘tadi. Rekonda bir juft nukleotidlar bo‘lib, rekombinatsiya vaqtida boshqa
elementlar bilan almashinishi mumkin.
1928 yili F. Griffits shunday tajriba o‘tkazgan: sichqonlarga oz miqdorda
patogenlik xususiyatiga ega bo‘lmagan, kapsulasiz II tip pnevmokokklar bilan
yuqtirgan. Shu kulturaga patogenlik xususiyatiga ega bo‘lgan, kapsulali III tip
pnevmokokklar kulturasidan (bu kultura tajribadan oldinroq issiqlik ta’sirida
o‘ldirilgan) qo‘shgan. Natijada II tipdagi pnevmokokklar patogenlik xususiyatiga
ega bo‘lganligi va kapsula bilan o‘ralganligi ma’lum bo‘lgan. Demak III tip
pnevmokokklarga xos xususiyatlar II tip pnevmokokklarga transformatsiya orqali
o‘tgan, yoki oq rangli koloniya hosil qiluvchi mikoobakteriyalar sariq rangli
koloniya hosil qiluvchi saprofit mikoobakteriyalarning DNK si ta’sirida sariq
koloniyalar hosil qilish xususiyatiga ega bo‘lishi aniqlangan.
1944 yili O. Everi va K. Mak Leoid, M. Mak Kartilar, xususiyatlar DNK
orqali o‘tishini aniqlaganlar. Keyinchalik DNK boshqa xususiyatlarga ham ta’sir
etishi ma’lum bo‘lgan. Masalan, pichan batsillasini, meningokokklarni,
pnevmokokklarni, streptokokklarni va boshqalarni transformatsiya agent - DNK
orqali o‘zgartirish mumkin. DNKning transformatsion aktivligi nihoyatda yuqori,
odatda, 10-15 minutdan so‘ng o‘zgarish ro‘y beradi va 2 soatdan so‘ng tugaydi.
Transformatsiya xodisasi doim uchramaydi, balki ma’lum fiziologik holatda
(ya’ni hujayra tayyor bo‘lgan muddatda) ro‘y beradi. Yuqori temperatura,
ultrabinafsha nurlar, ximiyaviy mutagenlar ta’sirida DNK ning transformatsion
xususiyati pasayadi. Masalan, transformatsion DNK ga HNO
3
ta’sir ettirilsa, yoki
temperatura 80-100° ga ko‘tarilsa u aktivligini yo‘qotadi yoki pasaytiradi. Eng
qulay temperatura 29-32° dir. Demak, transformatsiyaning aktivligiga muhitning
tarkibi, temperatura, retsipientning fiziologik holati va transformatsion DNK ning
polimerligi (qo‘sh spiralligi) ta’sir etar ekan. Transformatsiyaning takrorlanish
muddati 0,47-0,0004% ga teng bo‘ladi.
Masalan, donor sifatida olingan pnevmokok bakteriyasining shtammida
streptomitsinga sezgirlik bo‘lmagan, ammo bu bakteriya mannitni parchalash
xususiyatiga ega, retsipientda esa, bunday xususiyatlar yo‘q. Mana shu ikki
xususiyatga ega bo‘lgan bakteriyalardan shunday oraliq formalarni olish
mumkinki, ularda yuqoridagi har ikkala xususiyat ham uchrashi mumkin.
Transformatsiya jarayonida bir xususiyat, ikkinchi xususiyat bilan almashinadi.
Shu yo‘l orqali, antibiotiklarga nixoyatda sezgir yoki sezgir bo‘lmagan
shtammlarni olish mumkin bo‘ladi.
Bu
hodisa
hayvonlar
va
o‘simliklarda bir xil sodir bo‘ladi.
Transformatsiyaning hosil bo‘lishi ikki davrdan: DNK ning mikrob hujayrasiga
adsorbsiyalanishi va uni hujayraga o‘tishidan iborat.
Transduksiya
. Donor bakteriya xususiyatining bakteriofag yordamida
retsipient bakteriyaga o‘tishi,
transduksiya
deb ataladi. Masalan, bakteriofaglar
orqali xivchinlar, fermentlar sistemasi, antibiotiklarga chidamlilik, virulentlilik,
kapsula hosil qilish va boshqa xususiyatlar o‘tishi mumkin. Transduksiya spetsifik
va nospetsefik xilga bo‘linadi,
102
Nospetsifik transduksiyada istalgan xususiyat yoki bir necha xususiyat
o‘tishi mumkin, buning takrorlanish tezligi 10
~4
-10
~7
(fagning bir qismiga
nisbatan) ga teng. Spetsifik transduksiyada faqat ultrabinafsha nurlar ta’sir etilgan
fag katnashadi, bunda bir-biriga yaqin bo‘lgan xususiyatlar o‘tadi.
Transduksiya transformatsiyaga o‘xshash, lekin dezoksiribonukleaza
fermentini ta’sir ettirib, transformatsiyani to‘xtatish mumkin bo‘lsa, transduksiyaga
bu ferment ta’sir ettirilsa ham u to‘xtamay davom etadi, chunki ferment fag orqali
o‘tadigan xususiyatga ta’sir eta olmas ekan.
Bakteriyalardagi kon’yugatsiya hodisasi
.
XIX asrning oxirlariga kelib,
mikrobiologlar
bakteriyalarda
kon’yugatsiya hodisasi uchrashini kuzata
boshlaganlar va boshqa organizmlardagi kon’yugatsiyadan ajratish uchun
«kon’yuksiya» deb nomlaganlar. Kon’yugatsiyaning genetik analizini 1947 yilda
Lederberg va Tatum aniqlaganlar. Ular bu hodisani elektron mikroskopda
kuzatganlar. Kon’yugatsiyalanadigan hujayralarning biri uzunchoq, ikkinchisi
ovalsimon ekanligi aniqlangan. Uzunchoq hujayra erkak tip bo‘lib, G‘
+
(donor)
deb, ovalsimon hujayra urg‘ochi tip bo‘lib, G‘
-(
retsipient) deb belgilanadi.
Kon’yugatsiya vaqtida bular bir-biriga yakinlashadi va orasida ko‘prikcha hosil
bo‘ladi. Hosil bo‘lgan ko‘prikcha orqali donor hujayrasidan genetik faktorlar
retsipient hujayrasiga ma’lum bir tartibda o‘tadi.
K. V. Kosikov (1957) ta’kidlashicha, agar achitqilar spetsifik xususiyatga
ega bo‘lgan substratlarda o‘stirilsa, ma’lum bir formalar paydo bo‘ladiki, ular
shakarni bijg‘itish xususiyatiga ega bo‘lib qoladi (avval ular shakarni bijg‘ita
olmas edi). Masalan, Saccharomyces globasus ana shunday yangi formalardandir.
U saxarozani bijg‘itish xususiyatiga ega, Sacch parodopus formasi esa, maltozani
bijg‘itadi. Bu xususiyatlar faqat vegetativ yo‘l bilan emas, balki jinsiy yo‘l bilan
ko‘payishda ham nasldan-naslga o‘tishi mumkin. Masalan, jinsiy yo‘l bilan
ko‘payishda quyidagi formalar kelib chiqqan: sporalarning yarmi shakarlarni
bijg‘itsa, yarmi bijg‘ita olmagan. Bunda Saccharomyces globasus da yangi
xususiyat paydo bo‘lgan, ya’ni shakarlarni bijg‘ituvchi invertaza fermenti hosil
bo‘lgan.
Mikroorganizmlar genetikasinn o‘rganish muxim ahamiyatga ega. Chunki
antibiotiklar olishda yuqori aktivlikka ega bo‘lgan yangi shtammlar zarur. Bundan
tashqari, vitaminlar, gormonal preparatlar, fermentlar, lizin va glyutamin kabi
aminokislotalar olishda va boshqa moddalar olishda muhim ahamiyatga ega.
Bakteriyalar, achitqi zamburug‘lar va aktinomitsetlarga radioaktiv nurlar va
ximiyaviy mutagenlar bilan ta’sir etib, ularning hujayralaridagi DNK ning
strukturasini o‘zgartish va inson uchun foydali bo‘lgan moddalar sintezlash
tomoniga yo‘naltirish mumkin. Hozir bakteriyalarning fiziologik xususiyatini
yaxshi bilgan holda ularni o‘zgartira olish va bu usul bilan bakteriyalardan qishloq
xo‘jaligida, meditsinada, texnologik jarayonlarda keng miqyosda foydalanish,
mikrobiologlar oldida turgan muhim masaladir.
Episomalar.
Episomalar xromosomalardan xoli bo‘lgan mayda genlar
to‘plamidir. Ular sitoplazmada erkin yoki bakteriyalar xromosomasiga qo‘shilgan
holda bo‘lishi mumkin.
103
Episomalar bakteriyalarning pushtlilik faktori (R) yoki ko‘p dorilar ta’siriga
chidamlilik faktori (K), bakteriotsinogenlik, kolinotsinogenlik va boshqa
faktorlarning naslga o‘tishida ishtirok etadi. Episomalarning antibiotiklarga
chidamliligini (K - faktorni) birinchi bo‘lib, yaponiyalik olimlar aniqlashgan.
Bakteriotsinogenlik faktorida bakterial hujayralarda antibiotiklarga qarshi
moddalar sintezlanadi, bu moddalar bakteriotsinlar deb ataladi. Masalan, ichak
tayoqchasi Ye. coli - kolitsin, Vast. cereus - aerotsin, Vast. megaterium - megatsin,
Ye. pestis - testitsin, Staphylococcus aurens - stafilokokkotsin sintezlaydi.
Sintezlangan bakteriotsinlar boshqa bakteriyalarning nobud bo‘lishiga sabab
bo‘ladi.
Bakteriotsinlar bakteriya hujayrasi yuzasiga adsorbsiyalanadi, so‘ngra
moddalar almashinuvi jarayonini susaytiradi va uning halokatnga sabab bo‘ladi.
Lekin bakteriotsinlar produtsentga yakin turadigan bakteriyalargagina ta’sir etadi.
Savollar
.
1. Kon’yugatsiya hodisasi qanday borishini tushuntiring.
2. Transformatsiya jarayoni qanday amalga oshadi?
3. Transduksiya qaysi mikroorganizm yordamida sodir bo‘ladi?
|