P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

Ribonuklein kislotasi
(RNK) ham polimer bo‘lib, uning monomerlari 
nukleotidlardir. RNK molekulasi bitta zanjirdan, riboza, azotli asoslardan A, U, S, 
G va fosfat kislota qoldig‘idan iborat. Hujayrada 3 xil RNK mavjud; 1) i-RNK bu 
polimeraza fermenti ta’sirida DNKdan sintezlanadi. 2) r-RNK - oqsil sintezini 
amalga oshiruvchi ribosomani tarkibiga kiradi. 3) t-RNK - oqsil sintszida i-RNK 
ga o‘z antikodonlari bilan kerakli aminokislotalar tashib keladi. Ba’zi bir 
viruslarning irsiy moddasi asosida DNK o‘rnida RNK ham bo‘ladi. Bunday 
viruslar qatoriga gripp, poliamelig viruslari kiradi. 
Mikroorganizmlar xromosomasi.
Haqiqiy mikroorganizmlarning yadrosida 
xromosomalar 
bo‘lib, 
ularda 
genlar 
joylashadi. 
Mikroorganizmlar 
xromosomasidagi 
genlar 
galloid 
to‘plamida 
bo‘ladi. 
Ko‘p 
hollarda 
mikroorganizmlarning yadrosidan tashqari mitoxondriya va suv o‘tlarining 
xloroplastlarida ham genlar bo‘lib, ular nazorat qiladigan belgilar bir tomonlama, 
sitoplazmatik usulda avloddan-avlodga uzatiladi. Yadrosi shakllanmagan 
mikroorganizmlarning xromosomasi doira shaklida bo‘lib, ular bitta, bir-biriga 
bog‘langan genlar sistemasini tashkil qiladi. 
Plazmid.
Bakteriya hujayrasida xalqasimon xromosomadan tashqari 
molekulyar og‘irligi 1·10
8
daltondan ortiq bo‘lmagan DNK molekulasi uchraydi. 
Bu DNK bakteriya xromosomasiga bog‘liq bo‘lmagan holda ko‘payishi va 
yangitdan hosil bo‘lgan bakteriya hujayralariga berilishi mumkin. 
Bakteriya plazmidlari hujayrada ikki holatda: bakteriya xromosomasidan 
alohida va bakteriya xromosomasiga birikkan holda bo‘ladi. Bakteriya 
xromosomasiga birikkan plazmidlar episomalar deb yuritiladi. 
Agar bakteriya plazmidi donar hujayradan retsipient hujayraga berilsa
“transmissibel”, berilmasa “transmissibel bo‘lmagan” plazmid deyiladi. Demak, 
plazmidlarning nusxa ko‘chirish (replikatsiya), bakterial xromosomaga birikish va 
turlicha miqdorda boshqa hujayralarga uzatilish kabi uch funksiyasi mavjud. 
Bakteriya fenotipida namoyon bo‘ladigan belgilar qatoriga: donorlik (G‘ plazmid), 
og‘ir metall tuzlari va antibiotiklarga chidamililik (R plazmid), kasallikni yuzaga 
chiqishi (Ent, Vir) va shu kabilar kiradi. Bakteriyalarning turli xil antibiotiklarga 
chidamli bo‘lishiga antibiotiklarni parchalovchi yoki ularning aktivligini 
kamaytiruvchi fermentlar ishlab chiqarishi, antibiotiklarni hujayraga kirish 
qobiliyatining yo‘qolishi, ularni bakteriya hujayralarida to‘planmasligi sababdir. 
Shuning uchun meditsinada, veterinariyada kasalliklarga qarshi antibiotiklar 
qo‘llanilganda yaxshi natija bermaydi. Plazmidlarning salbiy funksiyalaridan yana 
biri virulent bo‘lmagan bakteriyalarni virulent, ya’ni kasallik turdiruvchi 


 95 
bakteriyalarga aylantirib qo‘yishdir. Bunday hollar veterinariya, meditsina va 
fitopatologiyada muhim o‘rin egallaydi. Tabiatdan ajratib olingan bakteriyalarning 
50 protsentidan ortig‘ida plazmidlar topilgan. 
Mikroorganizmlar genotipi va fenotipi haqida tushuncha
.
Genotip bu 
muayyan sistemadagi o‘zaro ta’sir etuvchi genlar yig‘indisidir. 
Fenotip esa genotip va muayyan tashqi muhit ta’sirida organizmda 
shakllanadigan barcha belgi va xususiyatlar yig‘indisidir. Organizmda hech vaqt 
genotipdagi barcha imkoniyatlar bir vaqtda yuzaga chiqmaydi. Har bir 
organizmning fenotipi bu muayyan sharoitda genotip va tashqi muhit ta’sirida 
qisman belgi va xususiyatlarning shakllanishidir. 
Mikroorganizmlar genetikasida tekshirish ishlari kulturalarda ya’ni million 
va milliard hujayra yig‘indisida olib boriladi. Mikroorganizmlardagi belgilar bir 
qancha gruppalarga bo‘linadi. 
1.
Morfologik belgilarga kulturani qattiq oziqa muhitidagi rangi, o‘sish 
xarakteri, mitsellilarining borligi, o‘lchami, formasi, koloniyalarining cheti va 
ustidagi xarakterli belgilar, hamda suyuq oziqa muhitida o‘sishi kabilar kiradi. 
2.
Fiziologik belgilarga hujayraning temperaturaga bo‘lgan munosabati, 
ya’ni past va yuqori temperaturada o‘sishi yoki o‘sa olmasligi, radiatsiya, turli xil 
zaharli moddalarga hamda antibiotiklarga chidamliligi va boshqa xususiyatlari 
kiradi. 
3.
Biokimyoviy belgilarga mikrob kulturasining ba’zi bir vitaminlar, 
aminokislotalar yoki boshqa faktorlar bo‘lmagan oziq muhitida o‘sishi, ba’zi bir 
oziqa muhitlaridan o‘zi uchun zarur bo‘lgan moddalarni sintezlash qobiliyati 
kiradi. Agar mikrob kulturasi yashayotgan oziqa muhitida uning hayoti uchun faqat 
ayrim elementlargina uchrasa-da, lekin shunga qaramasdan mikrob kulturasi o‘zi 
uchun zarur oziqalarni sintezlab olsa, bunday kultura prototrof kultura deyiladi. 
Oziqa muhitiga vitaminlar, aminokislota va shu kabi moddalar qo‘shilgandagina 
o‘sadigan kultura 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin