100
oqsilni belgilaydi degani. Hozirda esa bu nazariya «bitta gen, bitta polipeptid
halqasi» degan nazariya bilan to‘ldirilgan. Chunki ko‘pchilik fermentlar ikki va
undan ortiq polipeptid zanjirlardan tashkil topadi, ularning
har biri alohida genlar
ishtirokida sintezlanadi.
Mikroorganizmlardagi mutatsion jarayon
.
Irsiy jihatdan farq qiluvchi
mikroorganizmlarning hosil bo‘lishi, bu mutatsion jarayondir.
Mikroorganizmlardagi
mutatsiyalarni
bir
qancha
yo‘nalishlarda
klassifikatsiyalash mumkin.
1. Morfologik mutatsiyalarda mikroorganizmlar koloniyasi silliq burishadi,
koloniyalar rangi o‘zgaradi.
2. Chidamlilik mutatsiyasida bir xil antibiotiklarni surunkasiga uzoq
qo‘llash natijasida veterinariyada turli antibiotiklarga chidamli patogen mikroblar
hosil bo‘ladi. Ba’zi patogen mikroblar bir vaqtning o‘zida bir qancha yangi
antibiotiklarga chidamli bo‘lib, ularni nazorat qiluvchi
genlar plazmidlarda
joylashadi.
3. Biokimyoviy mutatsiyalarga prototrof, auksotrof mutagenlar kirishi
mumkin. Mutatsiyalarning hosil bo‘li.shi yo‘nalishiga qarab to‘g‘ri va teskari
bo‘ladi. Yovvoyi, tabiiy holatda uchraydigan mikroblardan turli xil morfologik,
antibiotiklarga chidamli, auksotrof va shu kabi mutantlarning hosil bo‘lishi to‘g‘ri
mutatsiyalar deyiladi. Auksotrof mutantlardan prototrof
mutantlarning hosil
bo‘lishi va mikroblarni dastlabki, tabiatda uchraydigan holatga keltiruvchi
mutatsiyalar, teskari mutatsiyalar deyiladi. Ularni yuzaga chiqish xarakteriga qarab
spontan va induksiya qilingan mutatsiyalarga bo‘lish mumkin. Spontan
mutatsiyalar tabiiy sharoitda noaniq faktorlar hisobiga yuzaga chiqadi. Induksiya
qilingan mutantlar esa laboratoriya sharoitida
maqsadga muvofiq turli xil
mutagenlar ta’sirida hosil qilinadi. Yuzaga chiqadigan mutatsiyalar avloddan-
avlodga berilishiga qarab yadro va sitoplazmatiklarga bo‘linadi. Yadro
xromosomasida vujudga kelgan mutatsiyalar avloddan-avlodga xar ikki jins orqali
beriladi. Sitoplazmatik mutatsiyalar esa avloddan-avlodga faqat bir jins orqali
beriladi. Bunday mutatsiyalar mitoxondriyada, plastidlarda joylashadi.
Hozirgi
vaqtda mikroorganizmlarda turli xil mutatsiyalarni hosil qilishda va ularning
genetikasini o‘rganishda, mikrobiologiya sanoati uchun zarur bo‘lgan mikrob
mutantlarni hamda turli xil antibiotiklarni oluvchi mikroblarni seleksiya qilishda,
fizikaviy va ximiyaviy mutatenlardan keng foydalaniladi.
Savollar
.
1. Fenotipik o‘zgaruvchanlik nasldan-naslga o‘tadimi?
2. Genotipik o‘zgaruvchanlik yuzaga kelishi uchun zarur sharoitlar haqida.
3. Mikroorganizm mutatsiyalari xillarini izohlang.
4. Plazmid xillarini tushuntiring.
5. Mikroorganizmlarda oqsil sintezi qanday boradi?
Dostları ilə paylaş: