P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
IV. BOB. MIKROORGANIZMLAR GENETIKASI. 
 
4.1. Irsiyat va o‘zgaruvchanlik. 


 93 
Mikroorganizmlarda ham, xuddi boshqa tirik jonivorlardagi kabi, muayyan 
turga xos belgilar nasldan-naslga o‘tadi. Lekin tashqi muhit ta’siri ostida bir 
turdagi morfologik, fiziologik xossalar o‘zgarishi mumkin. Masalan, Lui Paster 
kuydirgi qo‘zg‘atuvchisida sun’iy yo‘l bilan qaytmas o‘zgarishlar hosil qildi va shu 
kasalliklardan saqlaydigan vaksinalar ishlab chiqdi. N. F. Gamaleya oziqa 
muhitiga litiy xlorid qo‘shilganida, vabo vibrionining morfologiyasi o‘zgarishini 
kuzatdi. Bu misollar yashash sharoitiga qarab, mikroorganizmlar o‘z xossalarini 
o‘zgartira olishini ko‘rsatadi. 
Irsiyat bilan o‘zgaruvchanlik bir-biri bilan chambarchas bog‘liq ikki jarayon 
bo‘lib, tiriklikning asosini tashkil etadi. Hozirgi vaqtda mikroorganizmlarning irsiy 
xususiyatlari va o‘zgaruvchanligi boshqa organizmlarnikiga qaraganda yaxshi 
o‘rganilgan. 
1925 yilda G. A. Nadson va G. S. Filippov achitqi zamburug‘lariga rentgen 
nurlarini ta’sir ettirib, yangi mutantlar olishga muvaffaq bo‘lganlar. Ulardan keyin 
1928-1932 yillarda M. N. Meysel achitqilarga xloroform va kuchsiz sian tuzlari 
ta’sir ettirib, yangi mutantlar olgan. Mikroorganizmlarda genetika qonuniyatlarini 
o‘rganish muhim ahamiyatga ega, chunki bakteriyalarning tez bo‘linishi va 
naslining nihoyatda ko‘p, mayda bo‘lishi va kam joyni egallashi ularni nihoyatda 
qulay ob’ekt qilib qo‘yadi. Masalan, ichak tayoqchasi ko‘payar ekan, har 15 
minutda bo‘linib turadi, bitta hujayra naslining soni 18-24 soatdan keyin 1 mm
3
da 
24 milliardga yetadi. 
Mikroorganizmlarda 
fenotipik 
(nasldan 
naslga 
o‘tmaydigan) 
va genotipik (nasldan naslga o‘tadigan) o‘zgaruvchanlik farq qilinadi. Bular 
hujayraning ikki asosiy xususiyati: genotipi bilan fenotipiga bog‘liqdir.
Genotip hujayradagi umumiy genlar majmuasi (yig‘indisi) dir. U 
organizmning butun bir guruh xossalarini, tashqi muhitning har xil sharoitida 
turlicha namoyon bo‘ladigan xossalarini belgilab beradi. Biroq, genotip har kanday 
sharoitda nisbiy doimiyligini saqlab qoladiki, bu hol mikroorganizmlar turlarini 
bir-biridan farq qilib, ajratib olishga imkon beradi. 
Fenotip har bir individuumdagi morfologik va fiziologik xossalarning 
umumiy kompleksidir. Fenotip go‘yo ma’lum bir konkret yashash sharoitida 
genotip xarakterining tashqi ko‘rinishi ifodasidir. 
Genotip hujayraning umumiy yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan xususiyati 
bo‘lsa, fenotip ushbu xususiyatlarning ko‘zga ko‘rinadigan ifodasidir. 
Dizoksiribonuklein kislotasi
(DNK) polimer bo‘lib, uning monomerlari 
nukleotidlardan iborat. Xar bir nukleotid o‘z navbatida purinli asoslardan: adenin, 
guanindan (A, G); piromidinli asoslardan timin va sitozin (T, S), qandmoddasi, 
dizoksiriboza va fosfat kislota qoldig‘idan iborat. 
DNK molekulasi qo‘shaloq spiral bo‘lib, uning zanjirlari bir-biriga 
komplementar joylashgan. Zanjirlardan birida A, uning ro‘parasida ikkinchi 
zanjirda T joylashgan bo‘ladi; birida G joylashsa, ikkinchi zanjirda albatta S 
bo‘ladi. Bu degan so‘z DNK molekulasidagi zanjirlardan birida nukleotidlar, A, G, 
S, G, G, G, A, G, S tartibda bo‘lsa, unga komplementar zanjirdagi nukleotidlar 
albatta T, S, G, A, S, S, T, S, G tartibda bo‘ladi. Bu DNK molekulasidagi 


 94 
nukleotidlarni komplementarligi yoki o‘zaro to‘ldirish pripsipi deb yuritiladi. Har 
bir mikroorganizm hujayrasi ko‘payishi mahalida DNK molekulasi ham ko‘payadi. 
DNK molekulasining ko‘payishi yarim konservativ, ya’ni yangi hosil bo‘ladigan 
DNK molekulasi uchun eski DNK molekulasining har bir zanjiri alohida qolip 
(matritsa) rolini o‘ynaydi. Bu usuldagi DNK sintezi autosintez deb yuritiladi. DNK 
sintezini amalga oshiruvchi ferment DNK polimeraza fermenti deyiladi. Bu 
ferment DNK molekulasidagi A-T, G-S oralig‘idagi vodorod bog‘larini uzib, 
ko‘shaloq spiralni yakka spiral holiga keltiradi. Har bir spiral yangidan hosil 
bo‘ladigan DNK molekulasi uchun qolip rolini o‘ynaydi. 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin