86
boshqa xususiyatlari bo‘yicha tubdan farq qiladigan sellyulozalar sintez qiladilar. Ilmiy
adabiyotlarda kristall sellyulozani fermentativ gidrolizining bir necha variantlari
chop etilgan.
Sellyulozani parchalovchi fermentlar indutsibel fermentlardir. Ularni aerob
hamda obligat anaerob mikroorganizmlar ham sintez qiladilar. Anaerob sharoitda
selyulozani parchalanishida mikroskopik zamburug‘lar, ayniqsa: Trichoderma, Fusarium,
Aspergillus, Chaetomium, Allesheria, Geotrichum va boshqalar faol ishtirok etadilar.
Sellyulozani parchalaydigan bakteriyalardan Cellilomonas, Sporangium, Archangium
va boshqalar ma’lum. Anaerob sharoitda sellyuloza termofil bakteriyalar – Clostridium
thermocellum va ko‘plab mezofil bakteriyalar yordamida faol parchalanadi.
Bakteriyalarda sellyulozani parchalanishini oxiriga yetkazuvchi
-glyukozidaza
fermenti kamroq uchraganligi sababli, sellyuloza past molekulali oligosaxaridlar va
sellobiozagacha parchalanadilar, xolos. Shuni ham ta’kidlash lozimki, anaerob
bakteriyalarning endoglyukanazalari, aerob bakteriyalarnikiga nisbatan kengroq
substrat spetsifikligiga ega. Anaerob mikroorganizmlar endonukleazalari bilan
parchalangan sellyulozaning sellooligosaxaridlari aralashmasida 5% gacha glyukoza
ham bo‘lishi aniqlangan. Umuman olganda, sellyulozani anaerob bakteriyalar
fermentlari bilan gidrolizi yaxshi o‘rganilmagan.
Yog‘och materiallaridan qog‘oz tayyorlash uchun sellyuloza olish juda
yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Har yili ishlab chiqariladigan mahsulotning hajmi
millionlab tonna bilan belgilanadi. Yog‘och materiallaridan sellyuloza olishda
kimyoviy usullardan foydalaniladi. Bu usullar sulfitli va sul’fatli usullardir. Ular
murakkab va ko‘p bosqichli usullardir. Oxirgi o‘n yillarda biotexnologik -
fermentativ usullardan foydalanishga kirishilgan. Kimyoviy usullardan ekologik
nuqtai nazaridan afzalroq bu usul asosida sellyuloza bilan birga ishtirok etib
kelayotgan gemitsellyulozani tanlab gidroliz qilishga asoslangan va bu yuqori sifatli
qog‘oz tayyorlash imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: