P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva


 Fotosintez orqali qayta tiklanadigan o‘simlik polimerlari



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

3.15. Fotosintez orqali qayta tiklanadigan o‘simlik polimerlari 
Millionlab yillar davomida o‘simliklarning karbon suvlar sintez qilishlari va 
ulardan xilma xil organik birikmalar hosil bo‘lishiga qaramasdan, yerda hech qachon 
organik birikmalarning keragidan ortiqcha miqdorda to‘planib qolganligi kuzatilmagan. 
Faqatgina o‘simlik massasining kichik qismigina, qaytarilgan holatda, anaerob 
sharoitda toshko‘mir, tabiiy gaz va neft ko‘rinishida saqlanib qolgan. 
Bu, organik birikmalarning sintezi, ularning o‘zgarishlari bilan hamohang 
kechishidan, ayniqsa bu jarayonlar aerob sharoitda, molekulyar kislorod ishtirokida 
jadal amalga oshishidan darak beradi. 
Dinamik 
alohida 
o‘ralgan 
tizim 
sifatida, 
sayyoramizga 
katta 
miqdorda 
har 
qanday 
kimyoviy 
element 
tashqaridan 
kirib 
kela 
olishi 
qat’iyan 
mumkin 
emas. 
Shuning 
uchun 
ham 
sayyoramizning 
uglerod 
potensiali 
qanchalik 
katta 
bo‘lishiga 
qaramasdan, 
qandaydir 
darajada 

bari-bir chegaralangan. 
Mutaxassislarning 
fikricha, 
urbanizatsiya 
va 
industrializatsiya 
jarayonlarining 
jadal 
rivojlanib 
borishlariga 
qaramasdan, 
sayyoramizning fotosintez qilish potensiali, eng kamida 50% ga ko‘payadi. 
Bunga 
uglerodning 
ikki 
terminal 
holati: 
SO
2
va 
organik 
birikmalar 
orasida 
yanada 
faolroq 
aylanishini 
jadallashtirish 
orqali 
erishish 
mumkin. 
Bu jarayonni (uglerod aylanishini) chegaralovchi bosqich shak-shubhasiz - 
fotosintezdir. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hisob kitoblardan kelib chiqqan holda, 
fotosintez jarayonini jadallashtirish orqali, qayta tiklanadigan o‘simlik mahsulotlarini 
yiliga taxminan 75 mlrd tonnaga ko‘paytirish mumkin degan fikrga kelish mumkin. 
O‘simlik massasining 70-80% ini biopolimerlar tashkil etishi ma’lum. Bular 
asosan glyukoza (sellyuloza) va pentoza (gemitsellyuloza) larning polikondensatsiya 
mahsulotlari hisoblanadi. 


 84 
Zamonaviy 
nuqtai-nazarga 
asosan, 
o‘simliklarning 
fotosintezlovchi 
apparatining faolligini ko‘tarish, quyidagi shart-sharoitlarga rioya 
qilish orqali amalga oshishi mumkin: 

barglarning umumiy yuzasini kengaytirish; 

fotosintez jarayonini boshqarishda gormonlardan foydalanish; 

xloroplastlar sonini oshirish; 

fototizmlar orasida elektronlar transportini tezlashtirish;

fotonafas olishning tezligini pasaytirish va h.k. 
Bu vazifalarning bajarilishi - fotosintezning jadalligini kuchaytirish uchun asos 
bo‘lib xizmat qilgan bo‘lar edi. Ammo, fotosintezning mahsuldorligini chegaralab 
qo‘yadigan faktorlarning rolini ham hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Ularning ta’siri ichki 
fotobiologik chegaralovchi o‘ziga xoslik hamda atrof muhitning o‘ziga xos omillari: 
hosildorlik indeksi, yorug‘lik, SO
2
, suv, harorat, oziqa moddalari, fotonafas olish tezligi, 
zararkunandalar, kasalliklar va h.k, bilan aniqlanadi. 
Shuning uchun ham fotosintezni kuchaytiradigan universal retsept yo‘q. 
Shunga qaramasdan ba’zi bir natijalarga erishilgan. Masalan, ko‘plab tez o‘sadigan 
o‘simliklarning navlari yaratilgan, ulardan ba’zilari sanoat nuqtai nazaridan katta 
ahamiyatga ega. Masalan, tol o‘simligining yiliga 10-12 m o‘sadigan navlari 
yaratilgan, ularning biomassalarida lignin miqdori juda ham kam (3-4%). Ko‘p yillik 
o‘simliklar singari bu navni katta maydonlarda ekib, ularning plantatsiyalari tashkil 
etilsa, albatta katta sanoat ahamiyatiga ega bo‘ladi. Agar bugungi kunda 
sayyoramizning har bir vakiliga yiliga 40 t. fotosintez mahsulotlari (qayta 
tiklanadigan o‘simlik polimerlari) yetishtirilishini e’tiborga olinsa, bunday 
substratlarning ahamiyati o‘z-o‘zidan ma’lum bo‘ladi, 
Kimyoviy sintez yo‘li bilan olinadigan uglerodli birikmalarning tabiatda 
aylanishini alohida muammo sifatida qarash lozim. 
Ma’lumki, inson qo‘li bilan yaratilgan qator past molekulali (detergentlar, 
yadoximikatlar va h.k.) yoki yuqori molekulali (poliuretanlar
?
polistirollar, 
epoksidlar 
va 
h.k.) 
birikmalar 
butunlay 
mikrobiologik 
o‘zgarishlarga 
uchramaydilar yoki juda ham sekinlik bilan parchalanadilar. Bunday birikmalarni 
yo‘qotishning yagona yo‘li - yoqishdir. Sintetik ximikatlarni tayyorlash
,
ularning 
tarkibidagi moddalarni (uglerod, azot
e
oltingugurt, fosfor), o‘zlariga xos bo‘lgan 
aylanishdan chetlatib qo‘yadi (bor elementlar polimer ko‘rinishida bo‘lganligi sababli 
parchalanmaydi, demak, element tabiatda aylanmaydi). 
Yiliga bir necha yuz million tonnalab kimyoviy sintez orqali 
tayyorlanadigan polimerlar ishlab chiqarilayotganligini va bu yanada kengayib 
borayotganligini hisobga olgan holda, insoniyatning “kimyoviy” faoliyatini alohida 
nazoratga olishni talab qiladi. 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin