96
molekulasi 300-500 aminokislotadan iborat. Ichak tayoqchasi bakteriyasining
DNK molekulasida taxminan 3-10
6
juft nukleotid bor. Demak,
ichak tayoqchasi
bakteriyasining 2-3 ming geni bo‘lishi mumkin. T
2
fagini genlari esa taxminan 200
ga teng.
Fenotipik o‘zgaruvchanlik
.
Modifikatsiyalar tashqi muhitning turli omillari
ta’sirida kelib chiqadi va odatda, mikrob turli oziqa muxitida o‘sib ko‘payganida
kuzatiladi. Oziqa muhiti tarkibi va sifatining, muxit rN ning,
temperaturaning
o‘zgarishi, ximiyaviy moddalar (kolxitsin, etilamin) va boshqalar modifikatsiyalar
kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday o‘zgarishlar nasldan-naslga
o‘tmaydi (irsiylanmaydi) va ularni keltirib chiqargan faktorning ta’siri to‘xtashi
bilan yo‘qolib ketadi.
Muxitga penitsillin qo‘shiladigan bo‘lsa, hujayralar cho‘ziladi, ba’zan juda
uzayib ketadi. Bakteriyalarda sporalar hosil bo‘lishi muhit xarakteriga (quyuq yoki
suyuqligiga), uning tarkibi, o‘stirish temperaturasiga bog‘liq.
Muhitga 0,1% pepton qo‘shilganda, 48 soatdan keyin 100% spora hosil
bo‘lsa, 2% pepton qo‘shilganda faqat vegetativ formalar bo‘ladi. Ko‘pgina
bakteriyalar va zamburug‘lar turli oziqa muhitida va turli temperaturada
o‘stirilganda, pigment hosil qilish tezligini o‘zgartiradi.
Chunonchi, “ajoyib
tayoqcha” (qizil qon tayoqchasi) uy xaroratida oziqa muhitida to‘q qizil pigment
hosil qiladi. 37° da esa, bunday pigment xosil qilmaydi. Bakteriyalar quyuq oziqa
muhitida o‘stirilganda, hosil qiladigan koloniyalarning tipi ham o‘zgarishi
mumkin.
Ba’zi koloniyalar silliq, yumaloq shaklda,
cheti tekis, yaltiroq, bir jinsli,
(gomogen) mayda bo‘ladi. Bular “S” formalardir. Boshqalari g‘adirbudur, xira,
ko‘pincha, tiniqmas,
cheti notekis, noto‘g‘ri shaklli, quruq bo‘ladi. Bular R
formalardir. Koloniyalarning oraliq formalari ham bo‘ladi, shilimshiqlar, mittilar.
Bir turdagi bakteriyalarning o‘zi har xil shakldagi koloniyalar hosil qilishi
dissotsiatsiya (ajralish) deb ataladi.;
Genotipik o‘zgaruvchanlik
. Hujayraning irsiy
axboroti ona hujayradan qiz
hujayraga
o‘tadigan
xromosoma
bilan
genlarda
joylashgan.
Genlar
xromosomalarda joylashgan. Jinssiz bo‘linishda-mitoz jarayonida genlar ikkita
hujayra o‘rtasida teng taqsimlanadi. Qiz hujayralar dastlabki (o‘zidan oldingi)
hujayraning to‘liq genlar to‘plamini oladi va bir xil to‘ladi.
Genotipik o‘zgaruvchanlik, mutatsiyalar va genotip rekombinatsiyalari
(kon’yugatsiya, transformatsiya, transduksiya) natijasida vujudga kelishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: