105
a) stenotermin termofillar - bular uchun temperaturaning maksimum nuqtasi
75-80°, optimum nuqtasi 50-65°, 28-30° da esa ko‘paya olmaydi.
Bu gruppa
tabiatda kam tarqalgan;
b) evritermin termofillar uchun temperaturaning maksimum chegarasi 70-
75°, optimum nuqtasi 50-65° bo‘lib, 28-30° da juda sekin ko‘payadi, tabiatda keng
tarqalgan gruppa.
v) termotolerant formalar uchun temperaturaning maksimum chegarasi 50-
65°, optimum 35-45°, minimumi 5-10° bo‘lishi kerak. 30-60° oralig‘ida juda tez
ko‘payadi, tabiatda tuproqda, go‘ngda, issiq buloq suvlarida keng tarkalgan
gruppa. Termofill bakteriyalarda moddalar almashinuvi jarayoni juda jadal boradi,
shuning uchun ular juda tez ko‘payadi va yaxshi rivojlanadi. Agar mezofillarda
bakteriyalarning katta koloniyasi uch kundan keyin hosil bo‘lsa, termofillarda bir
kundan keyin hosil bo‘ladi, tez o‘sadi va tez nobud bo‘ladi.
Termofill bakteriyalar hujayrasidagi fermentlar yuqori temperatura ta’sirida
inaktivatsiyaga uchraydi, shuning uchun bu bakteriyalardan korxonalarda keng
ravishda foydalanish mumkin.
A. A.
Imshenkskiy fikricha, termofill bakteriyalar mezofillardan kelib
chiqkan.
Tabiatdagi
o‘zgarishlar, jumladan, temperaturaning ko‘tarilishi
mezofillarning ko‘pchiligini nobud qilgan bo‘lsa, bir qismi tirik qolgan va yuqori
temperaturaga moslashgan. Borabora yuqori temperatura ular uchun zaruriy faktor
bo‘lib qolgan. A. A. Imshenetskiyning bu fikrini Ye. N. Mishustin ma’qullagan.
Termofillarga:
Bac.
cellulosae,
Bac.
thermophilus,
Actinomyces
thermophilus lar misol bo‘ladi. Ye.N.Mishustin yerga go‘ng solinganda, termofil
bakteriyalarning soni ko‘payganligini kuzatgan.
Mikroorganizmlarga
namlikning
ta’siri
.
Bakteriyalarning
namlikka
chidamliligi turlicha. Ba’zilari juda chidamli bo‘lsa, boshqalari nihoyatda
chidamsiz bo‘ladi. Masalan, gonokokklar, meningokokklar, leptospiralar,
faglar
namlikka chidamsiz bo‘lsa, xolera vibrioni -2, dizenteriya tayoqchasi -7, difteriya
tayoqchasi -30, qorin tifi tayoqchasi -70, stafilokokklar va sil tayoqchasi esa 90
kungacha chidaydi.
Azotobakter, nitrifikatorlar, tugunak bakteriyalari namlikka juda ham sezgir,
ularning rivojlanishi uchun namlikning optimum miqdori 40-80% (to‘la suv
sig‘imiga nisbatan) bo‘lishi kerak. Lekin vegetativ hujayralarga nisbatan sporalar
ancha chidamli bo‘ladi, chunki bularning hujayralaridagi suvning ko‘p qismi
mustahkam bog‘langan suvdir. Masalan, mog‘or zamburug‘larining sporasi 20 yil
106
kurg‘oqchilikka chidaydi. Amerikalik olim Kameronning (1962) aniqlashicha,
ko‘k-yashil suv o‘ti - Nostoc commune gerbariy holatida 107 yildan so‘ng
hayotchanligini namoyon qilgan. Nostok namlik yo‘q vaqtlarda anabioz holatga
o‘tadi, namlik yetarli bo‘lishi bilan yana hayotini davom ettiradi. Bakteriyalar
hujayrasi kuritilganda, protoplazmasi suvsizlanadi va oqsillar denaturatsiyaga
uchraydi,
shu usuldan foydalanib, oziq-ovqatni kuritilgan holda uzoq muddat
saqlash mumkin bo‘ladi. Masalan, go‘sht, baliq yoki uzum, boshqa bir qancha
rezavor mevalar quritilgan holda saqlanadi yoki oziq-ovqatlar, masalan,
konservalar past temperaturada va yuqori bosim ostida suvsizlantiriladi (bu usul
sublimatsiya deb nomlanadi), keyin esa tez sovitib muzlatiladi. Shakarlar,
vitaminlar, fermentlarni sublimatsiya yo‘li bilan uzoq muddat saklash mumkin.
Yorug‘likning
ta’siri
.
Ko‘pchilik
bakteriyalar
uchun
yorug‘lik
dezinfeksiyalovchi faktor hisoblanadi, chunki ultrabinafsha nurlar bakteriyalar
hujayrasidagi oqsillar va nuklein kislotalar tomonidan
yutiladi va ularning
ximiyaviy tarkibini o‘zgartiradi. Shuning uchun yorug‘likning bu xususiyatidan
jarroxlik xonalarini, vaksinalar, antibiotiklar tayyorlaydigan xonalarni, sut va suvni
sterillashda foydalaniladi.
Yuqori bosimning ta’siri
.
Qo‘pchilik bakteriyalar yuqori bosimga ancha
chidamli bo‘ladi. Faqat 10000 atm bosim ularga salbiy ta’sir etishi mumkin.
Dengiz va okeanlarda chuqur suv qatlamlari tubida bakteriyalar ko‘p uchraydi.
Achitqilar 500, mog‘or zamburug‘lari 30000, fitopatogen viruslar esa 5000
atmosferagacha bosimga chidaydi.
Ultratovush bakteritsidlik xususiyatiga ega, 20000 gs oziq-ovqat
maxsulotlarini va vaksinalarni dezinfeksiyalash uchun yetarlidir. Havoni
tozalashda aeroionizatsiyaning ahamiyati katta.
Vodorod ionlari konsentratsiyasining ta’siri
.
Vodorod ionlarining
konsentratsiyasi rN deb belgilanadi. rN-7 bo‘lsa neytral, rN>7 bo‘lsa ishqoriy,
rN<7 bo‘lsa, muhit kislotali bo‘ladi. Ko‘pchilik mikroorganizmlar muhit
konsentratsiyasi bir oz ishkoriy yoki neytral bo‘lsa
yaxshi rivojlanadi,
zamburug‘lar bir oz nordon muhitda yaxshi rivojlanadi.
Mikroorganizmlar o‘zi yashagan muhitdagi rN ni qisman o‘zgartirishi
mumkin. Buni I. A. Rabotnova (1958) «Moslanuvchi moddalar almashinuvi» deb
nomlaydi. Tashqi muhitdagi eritmalarning konsentratsiyasi oshganda, (masalan,
tuzlashda, murabbo pishirishda) bakteriyalar hujayrasidagi suv tashqariga chiqadi
va unda plazmoliz ro‘y beradi, ular ko‘paya olmaydi.
Shundan foydalanib, go‘sht, baliq tuzlanadi, povidlo tayyorlaganda shakar
eritmasining konsentratsiyasi 70% ga yetkaziladi.
7>
Dostları ilə paylaş: