23
lipid,
glyutsidolipid,
glyutsidolipid-proteid
kompleksi,
nuklein
kislotalar, fermentlar va vitaminlarni sintez qilish hususiyatiga ega.
Suv.
Bakteriyalarning
turiga qarab, sitoplazmasida o‘rtacha 75-
85% atrofida suv saqlanadi ichak tayoqchasi (E coli), difteriya,
mikobakteriya (sil tayoqchasi), vabo vibrioni va h.k. Sporali
mikroorganizmlarning sporasida esa suvning konsentratsiyasi 40-50%
gacha bo‘ladi. Suvning miqdori xujayraning asosiy tarkibini xosil etadi,
u erkin va bog‘langan holatda bo‘lib, bog‘langan suv sitoplazmaning
struktura elementi hisoblanib, unda eritish xususiyati yo‘q.
Erkin suv
kolloidlar uchun disperss muhit, kristall moddalar uchun erituvchi,
vodorod va gidroksil ionlarning manbai, ximiyaviy reaksiyalarning
qatnashuvchisi sifatida ishtirok etadi.
Mineral moddalar.
Bakteriya
xujayrasi tarkibiga mineral
moddalardan: fosfor, oltingugurt, natriy, magniy, kaliy, kalsiy, temir,
xlor va boshqalar va mikroelementlardan molibden, kobalt, bor,
marganets, rux, mis va boshqalar kiradi. Bakteriya xujayrasiga oziq
modda bilan kirgan elementlarning quruq massasining 2-14% ni
yuqorida qayd etilgan elementlar tashkil etadi. Bakteriya moddalarining
quruq massasi oqsil,
nuklein kislota, uglevod, lipid va boshqa
birikmalardan iborat.
Oqsil.
Sitoplazmada va nukleoidda, sitoplazmatik membranada va
xujayraning boshqa qismlarida tarqalgan oqsil bakterial xujayraning
quruq
massasini
50-80%
tashkil
etadi.
Oqsilning
tarkibida
nukleoprteidlar va prostetik guruh mavjud. Oqsilning ikkinchi qismini
lipoproteidlar tashkil etadi. Prostetik guruh sifatida moy (lipid, lipoidlar)
ishtirok etadi. Lipoproteidlar yarim suyuq konsistensiyali bo‘lib,
xujayrada kiritma shaklida bo‘ladi. Lipoproteidlar sitoplazmaning
yuzasida bakterial xujayraga moddalarning kirishini
boshqarib turuvchi
membranalarni xosil etadi. Mikroorganizmlar hayotida oqsil tarkibli
fermentlar (enzimlar va koenzimlar) biologik katalizator sifatida
bakterial xujayrada alohida rol o‘ynaydi. Fermentlar tarkibida prostetik
guruh mavjud. Fermentning oqsilli qismi uning xususiy harakatini,
prostetik guruhi esa, ximiyaviy reaksiyalarini boshqarib turadi.
Nuklein kislotalar
. Nuklein kislotlarning miqdori bakteriyaning
turiga, ozuqasiga bog‘liq. Bakterial xujayrada RNK 3 xilda: ribosoma
RNK, transport RNK, matritsa RNK holida uchraydi. Ribosoma RNK -
ribosoma
tarkibiga
kiradi,
transport
RNK
-
ribosomaga
aminokislotalarni tashiydi, matritsa RNK - polepiptid zanjirda
aminokislotalar joylanish tartibini ta’minlaydi.
24
DNK
-
adenin,
guanin,
sitozin,
timin,
fosfat
kislota,
dezoksiribozadan iborat.
RNK adenin, guanin, sitozin, uratsil, fosfat
kislota, ribozadan iborat.
Uglevodlar.
Bakteriyada uglevod va ko‘p atomli spirtlarning
miqdori quruq massaga nisbatan 12-18% bo‘lib, uglevodning asosiy
massasini erkin va bog‘langan oqsildagi polisaxaridlar kompleksi tashkil
etadi. Ularga 1) ko‘p atomli spirt, 2) alikozit, 3) poliozidlar, 4) nitral
oligopoliozid, 5) nordon poliozidlar, 6) oligo - va poliozidlar
kiradi.
Polisaxaridlar.
Ko‘pchilik mikroorganizmlarning polisaxaridlari
dekstrin (fruktozan) sellyulozadan iborat. Ba’zi mikroorganizmlarda
(mikobakteriya, sil) geksozaminlar bo‘lib, gidrolizda monosaxaridlarga,
aminosaxaridlarga
va
aminokislotalarga
parchalanadi.
Kislotali
gidrolizda polisaxaridlardan galaktoza,
glyukoza va boshqalar hosil
bo‘ladi.
Lipidlar.
Bakterial xujayrada quruq massaga nisbatan lipidlar 10%
ni tashkil etadi. Bakterial lipidlar erkin moy kislotasi (26-28%) neytral
moy va fosfolipidlardan iborat.
Dostları ilə paylaş: