25
2-rasm. Bakteriyalarning tuzilishi
Nukleoid (nukleoplazma, karioplazma) DNK yoki RNK dan iborat bo‘lib,
yuqorida aytilganidek sitoplazmadan membarana bilan ajralmagan. Bakteriya
nukleoidi zamburug‘ yadrosidan, o‘simlik, hayvon xujayrasi tuzilishi va funksiyasi
jixatidan farq qiladi. Bakteriya ko‘k-yashil suvo‘tlari nukleoidi DNK fibrillalaridan
iborat bilan to‘lgan bo‘lib, diffuzion xarakterga ega. DNK ning diametri 3-5 nm.
Yopiq elak ko‘rinishida bo‘ladi. U sitoplazmaning markazida joylashgan bo‘lib,
sitoplazmatik membrana, mezosoma va polisomalar bilan aloqada turadi. Bakteriya
tinch xolatda bo‘lsa, nukleiod 1 ta, bo‘linish oldidan esa 2 ta, logarifm fazasida 4
va undan ko‘p nukleiodlarga ega bo‘ladi.
Bakteriya sitoplazmasi kolloidlarning dispers muxiti bo‘lib, suv, oqsil,
uglevod, lipid, mineral birikmalar va boshqa moddalardan iborat. Bakterial
sitoplazma xarakatsiz 60 % RNK va 40 % proteindan iborat bo‘lgan
ribonukleoproteid bo‘lib, membranaga birikkan. Sitoplazmatik genetik strukturaga
ega bo‘lgan plazmidlar mavjud. Sitoplazmada ribosomalar volyutin, lipoproteidlar,
glikogen, granuleza, oltingugurt, kalsiy va boshqalar mavjud.
Bakteriya sitoplazmasida vakuolalar mavjud bo‘lib,
unda suvda erigan
mineral moddalar bo‘ladi. Vakuola tarkibi lipoproteiddan iborat bo‘lgan membrana
(tonoplast) bilan o‘ralgan. Vakuolalarni soni 6 tadan 10 tagacha bo‘lib, o‘sish
paytida 20 tagacha yetadi.
Bakteriya qobig‘i sitoplazmatik membranadan, xujayra devoridan, kapsula
qavatidan iborat. Sitoplazmatik membrana xujayra
devorining ichki yuzasiga
yopishgan bo‘lib, qalinligi 5-7,5 nm bo‘ladi. Sitoplazmatik membrana 3 ta
qavatdan: lipid, protein, lipoproteindan iborat. Lipoprotein oz miqdorda uglevod va
boshqa birikmalardan iborat. Sitoplazmatik membrananing yuza qismida ba’zi bir
jarayonlarda ishtirok etuvchi fermentlar joylashgan. Invaginatsiyada sitoplazmatik
membrana mezosomalarni xosil qiladi. Sitoplazmatik membranalar orqali yuzlab
har xil reaksiyalar o‘tib turadi. Mezosoma hujayraning bo‘linishida va xujayra
devorining xosil bo‘lishida ishtirok etadi. Bakteriya xujayrasining devori 10-35 nm
26
qalinlikka ega. Xujayra devorining asosini peptidoglika (mursin) qavati tashkil
qiladi.
Grammusbat bakteriyaning devorida teyxo kislotasi
bilan glyukopeptid
qavati mavjud. Teyxo kislotasining vazifasi xujayra devori yuzasidagi
kationlarning yuqori konsentratsiyasini va magniy ionlarini aloqasini saqlashdan
iboratdir. Magniy ionlari xujayra devoriga turg‘unlik berib turadi. Grammusbat
bakteriyalarning xujayra devori teyxo kislotasini saqlovchi murein qavatidan va M-
protein va glyukopeptiddan iborat. Murein xujayra devoriga (rigidlik)
qattiqlik
(mustaxkamlik) xususiyatini beradi. Grammanfiy bakteriyaning devori 3 ta qavat:
tashqi (lipopolisaxarid), o‘rta (lipoprotein) va ichki (glyukopeptid)dan iborat.
Bakteriyalarda, aktinomitsetlarda, ko‘k-yashil suvo‘tlarida, xujayra devori
mavjud. Mikoplazmalarda xujayra devori yo‘q. Xujayra devorining bo‘lishi,
bakteriyaning aniq shaklda turishiga yordam beradi. Xujayra devoridagi asosiy
polimer mukopeptiddir. U devorni mustaxkamligini ta’minlaydi. Mukopeptidni
sitoplazmatik membranadan ajratib olish mumkin.
Xujayra devori bakteriyani
tashqi muhit omillarining zararli ta’siridan saqlaydi va bakteriyaning o‘sishi va
bo‘linishida ishtirok etadi. Ba’zi bakteriyalarda xujayra devori bo‘lmaydi va ular
protoplastlar deyiladi. Protoplastlar shar shaklida bo‘lib, ular bo‘linish, nafas olish,
oqsil, nuklein kislota, fermentlarni sintezlash va spora xosil qilish xususiyatlariga
ega. Ular osmotik bosimning o‘zgarishiga, mexanik ta’sirlarga, aeratsiyaga sezgir.
Xujayra devorining tarkibini sintezlash xususiyatiga ega emas, aktiv xarakat
qilmaydi. Lizotsimning yoki boshqa omillarning ta’sirida
xujayra devori qisman
eriydi, grammanfiy bakteriyalar xujayralarning tayoqchasimon shakli doirasimon
shaklga o‘zgarishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: