P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

 
 
KIRISh 
 
Mikrobiologiya (lotin tilida mikrobiologiya – micros-mayda, bios-hayot, 
logos-fan) mayda ko‘zga asbobsiz ko‘rinmaydigan organizmlarning morfologiyasi 
anatomiyasi, ko‘payishi va rivojlanishi, hayotiy jarayonlari, o‘zgaruvchanligini, 
sistematik holati, tabiatda tarqalishi va h.k. larni o‘rganuvchi fan.


 11 
Hozirgi kunda bu fan umumiy, qishloq xo‘jaligi, sanoat, tibbiyot, 
veterinariya, dengiz va kosmik mikrobiologiyalariga tarmoqlanib ketgan. 
Mikrobiologiya kun sayin rivojlanib bormoqda, u ayniqsa, bioximiya, 
molekulyar biologiya, biotexnologiya, fitopatologiya, epidemiologiya, genetika va 
boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqdir. 
Mikroorganizmlar kichik o‘lchamga ega bo‘lishidan qat’iy nazar tabiatda 
moddalar almashinuvida, murakkab organik moddalarning parchalanishida faol 
ishtirok etadilar. 
Mikroorganizmlarga 
viruslar, 
bakteriyalar, 
arxeylar, 
bakteriofaglar, 
bakteriyalarga yaqin turadigan aktinomitsetlar, ba’zi bir zamburug‘lar, 
rikketsiyalar, mikoplazma va boshqalar kiradi.
Tabiatda moddalarning almashinuvida, ko‘pgina foydali qazilmalar (torf, 
toshko‘mir, neft) hosil bo‘lishida, turli organik moddalarning chirishida 
mikroorganizmlarning ahamiyati katta. 
Oziq-ovqat sanoatida qatiq, kefir, qimiz, pishloq tayyorlash sut-kislotali 
bijg‘ituvchi bakteriyalarning, novvoychilik, turli ichimliklar tayyorlash (spirt, 
vino) esa, achitqi zamburug‘larning faoliyatlariga bog‘liq bo‘lgan jarayonlardir.
Ko‘pgina mikroorganizmlar turli fiziologik faol moddalar: fermentlar, 
vitaminlar, aminokislotalar, biologik stimulyatorlarni sintez qilish xususiyatiga 
egalar.
Qishloq xo‘jaligida ham mikroorganizmlar muhim rol o‘ynaydi, chunki 
ularning faoliyati natijasida tuproqda o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan oziq 
moddalar to‘planadi, tuproqning unumdorligi ortadi, buning oqibatida ekinning 
hosili ham yuqori bo‘ladi.
Tuproqda sodir bo‘ladigan jarayonlarning deyarli barchasi undagi 
mikroorganizmlarning faoliyatiga bog‘liq, masalan, tabiiy tuproq hosil bo‘lish 
jarayonlari, yerni o‘g‘itlash, sug‘orish, tuproqda ro‘y beradigan fiziologik 
ishqoriylik va kislotalilikni yo‘qotish, tabiatdagi turli xil moddalarning o‘zgarishi 
va boshqalar mikroorganizmlar faoliyati bilan chambarchas bog‘liq.
Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlarni o‘rganish, bir qator bakterial 
o‘g‘itlarni ishlab chiqishga (nitragin, azotobakterin, fosforobakterin va h.k.) va 
ulardan qishloq xo‘jalik amaliyotida foydalanilish orqali tuproqning unumdorligi 
va o‘simliklarning hosildorligini oshirishga imkon yaratdi.
Mikroorganizmlar 
tabiatda 
ko‘pgina 
yuqumli 
kasalliklarning 
qo‘zg‘atuvchilari ekanliklarini, ularni suv va havo orqali tarqalishlari qadimdan 
ma’lum bo‘lgan. Mikrobiologlarning tinimsiz mehnati tufayli hozirgi paytda har 
bir kasallikning qo‘zg‘atuvchisi aniqlanib, davolash usullari ham topilgan. 
Ko‘pgina farmatsevtika fabrikalari aktinomitsetlar, zamburug‘lar va ba’zi bir 
bakteriyalarning hayotiy faoliyati maxsuli bo‘lgan antibiotiklar ishlab chiqaradilar.
XX asrda mikrobiologiyadan viruslar dunyosini o‘rganuvchi virusologiya 
fani ajralib chiqdi. Bu fanning asoschisi (1892 y.) rus olimi D.I.Ivanovskiydir. 
Ba’zi kasalliklar: quturish, qizamiq, chechak, poliomielit kabilarning 
qo‘zg‘atuvchilarining faqatgina morfologiyasini elektron mikroskop kashf 
qilingandan so‘nggina o‘rganish mumkin bo‘ldi. 


 12 
Biotexnologiya yoki biologik jarayonlar texnologiyasi biologik agentlar yoki 
ularning majmualaridan (mikroorganizmlar, o‘simliklar va hayvon hujayralari, 
ularning komponentlaridan) kerakli mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida, sanoatda 
foydalanish degan ma’noni beradi. 
Adabiyotlarda “Biotexnologiya” atamasiga mutaxassis olimlar tomonidan turli 
xil ta’riflar berib kelinmoqdaki, fanning hozirgi rivojlangan davrida ham birorta 
aniq to‘xtamga kelinmagan. Quyida biotexnologkya sohasining yetuk olimlari 
tomonidan ushbu atamaga berilgan ta’riflarga to‘xtalib o‘tamiz. 
a) Anbash, A.Xemferi, N.Millislarning (1975) fikriga ko‘ra “Biotexnologiya” - 
yangi biokimyoviy ishlab chiqarishlar maxsulidir (vitaminlar, antibiotiklar). 
b) “Biotexnologiya - moddalarni biosintez usuli orqali oziqa olish fanining 
bo‘limi bo‘lib, u “bioinjeneriya” sohasi bilan bog‘liqdir. 
v) A.Xasting (1983) fikri bo‘yicha “Biotexnologiya” - pivo, vino, pishlok, 
vitaminlarni sanoat asosida ishlab chiqarish jarayonidir. 
g) 
1980 
yilda 
o‘tkazilgan Yevropa federatsiyasi Kengashining 
muxokomasida “Biotexnologiya” - biologik tizimlar asosidagi sanoat jarayoni deb 
karalgan. 
d) 1983 yil Bratislavada bo‘lib o‘tgan kengashda “Biotexnologiya” -
moddalarni katta mikdordagi sanoat asosida (biokatalizatorlar orqali) olish va atrof 
muhitni ximoya qiladigan fan deb ta’riflangan. 
ye) A.A.Baev (1986), Yu.A.Ovchinnikov (1982) “Biotexnologiya” biologik 
jarayonlarni ishlab chiqarishga joriy etish to‘g‘risidagi fan deb ta’riflashgan.
Bizning fikrimizcha biotexnologiya – inson ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan 
modda va birikmalarni tirik hujayralar va organizmlar hamda ularni metobolitlari 
yordamida, katta xajmda tayyorlash degan ma’noga to‘g‘ri keladi. Darxaqiqat 
biotexnologik jarayonlardan mikroorganizmlar, o‘simlik va hayvon hujayralari va 
to‘qimalari, hujayra organellalari, ularni o‘rab turgan membranalardan sof holatda 
oqsil, organik kislotalar, aminokislotalar, spirtlar, dorivor moddalar, fermentlar, 
gormonlar va boshqa organik moddalarni (masalan, biogaz) ishlab chiqarish (sintez 
qilishda), tabiiy qazilmalardan sof holda metall ajratish, oqova suvlarni tozalash va 
qishloq xo‘jalik yoki sanoat chiqindilarini qayta ishlash kabi sohalarda keng 
foydalaniladi. 
Fan 
sifatida 
o‘tgan asrning 60-yillaridan shakllana boshlagan 
biotexnologiyaning tarixiga chuqurroq nazar tashlasak mikroorganizmlar 
yordamida “bijg‘itish”, “achitish” jarayonlari insoniyat tomonidan qadimdan keng 
ishlatilib kelinayotganligining guvohi bo‘lamiz. 
Mikrob biotexnologiyasining rivojlanish tarixi ko‘p ma’noda XX-asrning 
ikkinchi yarmi bilan bog‘liq. O‘tgan asrning 40-yillarida mikroorganizmlardan 
penitsillin olish texnologiyasining yaratilishi bu fan rivojida ijobiy burilish yasadi. 
Penitsillin ishlab chiqarilishining yo‘lga qo‘yilishi va muvaffaqiyat bilan 
ishlatilishida keyingi avlod antibiotiklarini qidirib topish, ularni ishlab chiqarish 
texnologiyalarini yaratish va qo‘llash usullari ustida ishlarni tashkil qilish zarurligini 
oldindan belgilab quyiladi. Bugungi kunda yuzdan ortiq antibiotiklar ishlab-chiqarish 
texnologiyalari hayotga tadbiq qilingan. 


 13 
Antibiotiklar ishlab-chiqarish bilan bir qatorda aminokislotalar, fermentlar, 
gormonlar va boshqa fiziologik faol birikmalar tayyorlash texnologiyalari ham yaratila 
boshlandi. Bugungi kunda tibbiyot va qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan 
aminokislotalar (ayniqsa organizmda sintez bo‘lmaydigan aminokislotalar), 
fermentlar va boshqa fiziologik faol moddalar ishlab chiqarish texnologiyalari 
yo‘lga qo‘yilgan. 
Oxirgi 20-30 yilda, ayniqsa mikrob oqsilini olish texnologiyasi rivojlanib 
ketdi. Insoniyat uchun o‘ta zarur bo‘lgan bu mahsulotni ishlab chiqarish bilan bir 
qatorda undan unumli va oqilona foydalanish yo‘llari amalga oshirilmoqda. Oqsil 
ishlab chiqarishda har xil chiqindilardan (zardob, go‘sht qoldiqlari) va parafindan 
foydalanish mumkinligi isbotlangan. Hozirgi paytda buning uchun metan va 
metanoldan foydalanish mumkinligi ham ko‘rsatib o‘tilgan. Keyingi vaqtda mikrob 
biotexnologiyasining rivojlanishi, immobillashgan (maxsus sorbentlarga bog‘langan) 
fermentlar va mikroorganizmlar ishtirokida tayyorlash texnologiyalarining yaratilishi 
bilan uzviy bog‘liq bo‘ldi. Immobilizatsiya qilingan fermentlarning har xil 
jarayonlarda ishlatilishi (fermentlar muhandisligi) bu 
biokatalizatorlardan 
foydalanishni yanada faollashtirib yubordi. Endilikda fermentlar bir marotaba emas, 
bir necha marotaba uzluksiz (hatto bir necha oylab) ishlatiladigan bo‘lib qoldi. 
Mikroorganizmlar faoliyati va imkoniyatidan foydalanish, ularning hosildor 
turlarini (shtammlarini) yaratish bilan bog‘liq. Bunday vazifani mikrobiologlar 
bilan uzviy hamkorlikda genetiklar va gen muhandisligi usullaridan xabardor 
bo‘lgan mutaxassislar amalga oshiradilar. Mikrob preparatlarini ishlab chiqarishni 
faollashtirishning yana bir yo‘li ikki yoki undan ortiq bo‘lgan, biri ikkinchisining 
faolligini oshirib bera oladigan (simbiozda ishlaydigan) mikroorganizmlar 
assotsiatsiyasidan foydalanishdir. Bu yo‘l hozirgi vaqtda fermentlar, antibiotiklar, 
vitaminlar va metan gazi olishda, hamda oqova suvlarni tozalash jarayonlarida keng 
qo‘llanilib kelinmoqda. 
Biotexnologiyaning asosini mikrob faoliyati tashkil qiladi. Shunday ekan faol 
mikroorganizmlar yaratish, ularni faglardan va tashqi salbiy muhit ta’siridan asrash 
masalalari ham eng muhim vazifalardan biridir. 
Shu kabi qator o‘ta muhim muammolarni yechishda nafaqat mikrobiologlar, 
biokimyogarlar, biotexnologlar, balki muxandislar va texnologlar ishtirok etishlari 
zarur bo‘ladi. 
Bu esa, biotexnologiya fanini yaxshi o‘zlashtirib olish uchun yuqorida eslab 
o‘tilgan fanlardan xabardor bo‘lmoqlikni taqazo etadi. 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin