Xovos don mahsulotlari” aj dagi “Ishlab chiqarish amaliyotining” Guliston-2022 mundarija



Yüklə 243 Kb.
səhifə1/7
tarix12.11.2022
ölçüsü243 Kb.
#68734
  1   2   3   4   5   6   7
Ховос-Дон амалиёт


Guliston davlat universiteti “Ishlab chiqarish texnologiyalari” fakulteti “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyalari” kafedrasining 29-19-guruh talabasi _______________________ ning
Xovos don mahsulotlari” AJ dagi “Ishlab chiqarish amaliyotining”






Guliston-2022


MUNDARIJA

1

KIRISH

2

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA CHET MAMLAKATLARDA UN VA YORMA ICHLAB CHIQARISH SANOATINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

3

“XOVOS-DON” AJ NING TARIXI ISHLAB CHIQARILADIGAN MAHSULOTLARI TO’G’RISIDA MA’LUMOT

4

UN VA YORMANING ASSORTIMENTI VA SIFAT KO`RSATKICHLARI

5

TEGIRMON VA YORMA ZAVODLARIDA TEXNOLOGIK JARAYONLARNING TAVSIFI



KIRISH
Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismining birini un va yorma tashkil etadi. Un va yorma ishlab chiqarish uchun hom ashyo sifatida bug’doy, javdar, sholi, arpa va boshqa donlar ishlatiladi. Oxirgi yillarda un va yorma ishlab chiqarish sanoatida mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshib bormoqda. Bunda yuqori navli un va yormalar ishlab chiqarish jadal rivojlanmoqda. Tarkibida oqsil miqdori va tolasimon moddalar miqdori har xil bo’lgan unlar, vitaminlar va mikroelementlar bilan boyitilgan unlar, pishirish vaqti qisqartirilgan va pishirishni talab qilmaydigan yorma va un mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
Ilm va amaliyotning yutuqlarini keng tadbiq etish natijasida donni qo’llash samaradorligi sezilarli darajada oshdi, elektr energiya sarfi kamaydi, un va yormalarning oziqaviy qimmati oshdi.
Un donni maydalash jarayonida hosil bo’ladigan mahsulot. Agar u faqat donning ichki qism endospermidan olingan bo’lsa - bunday un navli, don qobiqlari va murtagi bilan birgalikda to’liq maydalangan bo’lsa jaydari un deyiladi. Un ishlab chiqarish uchun asosan bug’doy, javdar, tritikale, kam miqdorda suli, grechixa, arpa, makkajuxori va boshqa ekinlarning donlari qo’llaniladi.
Yorma asosan bu donning gul, meva va urug’ qobiqlari hamda murtagini ajratib olgandan keyin qolgan butun mag’izi yoki uning katta bo’lakchalaridir.
Yorma grechixa, sholi, tarik, suli, arpa, makkajuxori, bug’doy, no’xat va oq jo’xori donlaridan ishlab chiqariladi.
Un va yorma sonsiz miqdordagi oziqa mahsulotlarini tayyorlash uchun asos bo’lib hisoblanadi. Ularni iste’mol qilish natijasida inson 30-50 % oqsilga va 20-40 % turli zarur biologik moddalarga bo’lgan talabini qondiradi. Oziqlanish nisbatida eng qimmatlisi, tarkibida oziqlantiruvchi elementlari ko’p bo’lgan oddiy yanchilgan jaydari uni hisoblanadi. Bundan tashqari unning tarkibida maydalangan qobiq­lar hisobidan tolasimon moddalar bo’lib, ular ovqat hazm qilish traktidagi turli shlaklarning chiqib ketishiga ta’sir ko’rsatadi va ichaklarning fiziologik funktsiyalarini yaxshilaydi.
Hozirgi vaqtda yuqori unumdorli texnologik uskunalar bilan jihozlangan tegirmonlarda un tarkibida oqsil, kraxmal, mineral moddalar va vitaminlar miqdori ko’paytirilgan yoki kamaytirilgan har xil navli unlarni ishlab chiqish mumkin. Bunday unlarni novvoylik, qandolat va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatida qo’llanishi aholini non, makaron va qandolat mahsulotlariga bo’lgan talabini to’liq qondiradi va bu mahsulotlarning sifatini oshirish imkonini beradi.

Yüklə 243 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin