Xovos don mahsulotlari” aj dagi “Ishlab chiqarish amaliyotining” Guliston-2022 mundarija


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA CHET MAMLAKATLARDA UN VA YORMA ICHLAB CHIQARISH SANOATINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI



Yüklə 243 Kb.
səhifə2/7
tarix12.11.2022
ölçüsü243 Kb.
#68734
1   2   3   4   5   6   7
Ховос-Дон амалиёт

1.O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA CHET MAMLAKATLARDA UN VA YORMA ICHLAB CHIQARISH SANOATINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
O’zbekiston Rspublikasida zamonaviy komplekt jihozlangan yuqori unumdorli tegirmonlar (unumdorligi bir kunda 250 tonnadan 500 tonnagacha bo’lgan tegirmonlar) va yorma zavodlari mavjud. Bu tegirmonlarda 75 % gacha yuqori navli unlar olinadi. Hozirgi vaqtda respublikamizda unumdorligi 50 – 70 tG’sut bo’lgan kichkina tegirmonlar qurilmoqda. Bu korxonalarda sifatli un va yorma mahsulotlari ishlab chiqarishda ilg’or chet el texnologiyasidan va fan yangiliklaridan unumli foydalanilmoqda.
Chet mamlakatlarning tegirmon va yorma zavodlaridagi texnologik jarayonlar O’zbekiston Respublikasidagi tegirmon va yorma zavodlarda qo’llanadigan texnologik jarayonlardan printsipial farq qilmaydi. Faqatgina texnologik jarayonlarda qo’llanadigan jihozlar konstruktsiyalari bilan farq qiladi.
Un va yorma ishlab chiqarishda yangi texnologik jarayonlar, qisqartirilgan texnologik sxemalar, tejamkor jarayonlar, jarayonlarni nazorat qilish va boshqarishning to’liq avtomatlashtirilgan sistemalarini yaratish hozirgi davrning muammolardan biridir.
Non, makaron va qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi maxsus talablarni qoniqtiruvchi un qo’llashni talab qiladi. Shuning uchun, bug’doy va javdar donlaridan bir necha xil navli unlar ishlab chiqariladi. Bundan tashqari yosh bolalar va dietik kasallar ovqati uchun, parhez ta’omlar uchun unning alohida navlari ishlab chiqariladi.
Tegirmonchilik korxonalarida ishlab chiqariladigan unlar va manka yormasining sifat ko’rsatkichlari 1.1- jadvalda keltirilgan. Bu ko’rsatkichlardan tashqari, novvoychilik unlarining namligi 15 % dan ortiq emas, makaron uni va manka yormasining namligi 15,5 % dan oshmasligi kerak
Yorma zavodlarida qayta ishlanadigan ekin donining turidan, yormalarning chiqish miqdoridan va o’rnatilgan sifat ko’rsatkichlaridan bog’liq holda 20 dan ortiq turdagi yormalar ishlab chiqariladi.
Yorma zavodlarida grechixa, tariq, sholi, suli, arpa, bug’doy, no’xat, va makkajo’xori donlaridan yormalar ishlab chiqariladi (1.2-jadval).
Yorma ekinlari donlaridan ishlab chiqariladigan yorma mahsulotlarini 5 guruhga bo’lish mumkin.
1 guruh - maydalanmagan butun yormalar;
2 guruh - maydalangan silliqlangan yormalar;
3 guruh - maydalangan silliqlanmagan yormalar;
4 guruh - yormalarni qayta ishlab olingan mahsulotlar (tayyor nonushtalar);
5 guruh - yuqori to’yimlikga ega bo’lgan yormalar.
Tarkibida bor bo’lgan yaxshi sifatli mag’izi, singan yorma miqdori, qobig’i olinmagan doni va boshqa ko’rsatkichlarining miqdoriga qarab yormalar navlarga ajratiladi. Yormalarning nomerlanishi ularni yirikligi bo’yicha elaklarda saralash usuli bilan aniqlanadi.
Yormalarning sifat ko’rsatkichlari yormaning turidan bog’liq holda ko’p ko’rsatkichlar bilan aniqlanadi. Asosiy ko’rsatkich yaxshi sifatli mag’izning miqdori bilan belgilanadi. Yormaning navi qancha yuqori bo’lsa, unda yaxshi sifatli mag’izning miqdori shuncha ko’p bo’ladi.
Masalan, oliy navli guruch yormasida yaxshi sifatli mag’izning miqdori 99,7% dan kam emas, birinchi navli guruchda – 99,4% dan va ikkinchi va uchinchi navli guruch yormasida – 99,1% dan kam emas. Guruch yormasining sifat ko’rsatkichlari 28A– jadvalda keltirilgan.
Suli, tariq va bug’doy yormalari uchun zararli aralashmalarning (achchiqmiya, vyazel, geliotrop, kampirchapon va boshqalar) miqdori chegaralab qo’yilgan.
Maydalangan yormalar (dursimon, arpa yormasi, makkajo’xori va boshqalar) uchun yiriklik o’lchamlarining tekislanganlik ko’rsatkichi 75...80% o’rnatilgan. Dursimon va arpa yormasi tarkibida silliqlanmagan yormaning miqdori chegaralangan, ya’ni mag’izi sirtida qisman gul qobiqlari qolgan yormalar miqdori.
Agar yormaning sifat ko’rsatkichlari belgilangan navning sifat ko’rsatkichlariga mos kelmasa, uning navi pasaytiriladi yoki standartga mos kelmagan mahsulot sifatida chiqindiga chiqariladi
Xom ashyoni qayta ishlab yuqori sifatli mahsulot olishning ilmiy asoslangan va amaliyotda sinab ko’rilgan usullari yig’indisi texnologik jarayonni tashkil etadi.
Un va yorma zavodlarida don xom ashyo bo’lib, un va yorma ohirgi mahsulot hisoblanadi.
Texnologik jarayonda alohida operatsiyalarni texnologik sistemalar bajaradi. Texnologik sistemalar birta texnologik operatsiyani bajarish uchun alohida mashinadan yoki birgalikda bajarish uchun birlashtirilgan har xil mashinalardan tashkil topgan bo’ladi.
Un va yorma ishlab chiqarish o’zaro bog’langan bosqichlardan tashkil topgan bo’lib, har bir ishlab chiqarishning o’ziga xos bosqichlari bo’ladi.
Texnologik jarayonning samaradorligi uning maqsadli vazifalarini qay darajada amalga oshgani bilan aniqlanadi. Texnologik jarayon samaradorligining asosiy ko’rsatkichlariga tayyor mahsulotning chiqishi va sifati va solishtirma ekspluatatsion harajatlar miqdori kiradi. Un va yorma zavodlarida texnologik jarayonlarning samaradorligini oshirishda un va yormaning qimmatli (yuqori) navlarini chiqishini oshishi juda katta ahamiyatga ega.

Yüklə 243 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin