89
imkoniyatiga ega, ular o‘simlikning barcha biopolimerlarini, parchalay oladilar.
Ligninni ko‘proq parchalash xususiyatiga ega bo‘lgan bazidiomitsetlar ham ajratilgan.
Pleurotus ostreatus shular jumlasidandir.
Yog‘och mahsulotlarini sanoat miqyosida qayta ishlash jarayonida (qog‘oz
ishlab chiqarish, fermentativ va kislotali gidroliz, mikrokristall sellyuloza ishlab
chiqarish va h.k.) lignin keraksiz komponent hisoblanadi va shu sababli, uni ajaratib
tashlashga to‘g‘ri keladi.
Bu jarayon delignifikatsiya deb ataladi. Shu maqsad uchun yog‘och
massasiga
har xil kimyoviy va fizikaviy ishlov beriladi (kislotalar, ishqorlar, organik
erituvchilar, bosim, bug‘, mexanik ishlov berish, maydalash va h.k.).
ye
) Fruktanlar, mannanlar va inulinlar
Fruktanlar, mannanlar va inulinlar muhim biopolimerlar bo‘lib, ular yuqori
oziqa birligiga egaligi bilan xarakterlanadilar.
Fruktanlar (levanlar) - fruktozadan tashkil topgan polimerlardir.
Ular, o‘tli o‘simliklarning quruq massasining 14-15% ini tashkil
etadi va hayvon oziqasi uchun eng muhimi hisoblanadi. Tuproqdagi
bakteriyalar
fruktanlarni
parchalaydilar,
ammo
ularni
parchalaydigan
eng
faol
mikroorganizmlar
-
aspergillar
hisoblanadi.
Tabiatda
fruktanlarga
o‘xshash
bo‘lgan
polimerlarni
hosil
qiluvchi
bakteriyalarning katta guruhi ma’lum.
Mannanlar - mannozalardan tashkil topgan polimerlardir.
Ular nina bargli o‘simliklarda ko‘proq uchraydi (quruq massasidan 10-11%).
Ilmiy adabiyotlarda mannanlarga o‘xshagan, eruvchan polimerlar ajratuvchi achitqi
zamburug‘larni borligi haqida ma’lumotlar chop etilgan.
Inulin - D-fruktoza qoldiqlaridan
tashkil topgan polimer, oziqa birligi
bo‘yicha kraxmaldan kam emas, ovqat bilan birga tez parchalanadi.
U yer noki (tapinambur) da ko‘proq uchraydi. Bakteriyalar va zamburug‘lar
inulinni parchalovchi ferment sintez qiladilar. Inulin oziq-ovqat sanoatida, tibbiyotda
(qand kasalligining oldini olishda) keng qo‘llanilib kelinmoqda.
yo) Agar
Agar - ikki komponentdan agaroza va agarpektindan tashkil topgan.
Agaroza - ketma-ket bog‘langan D-galaktoza va 3,6-angidrogalaktozadan
tashkil topgan polimerdir.
Agaropektin - murakkabroq tarkibga ega. Yuqorida qayd etilgan
birikmalardan tashqari, unda uran kislotasi va sulfat bor. Agar, Qizil suv o‘tlar
tarkibida katta miqdorda uchraydi. Sanoat sharoitida “agar” mana shu suvo‘tlardan
olinadi. Agar ma’lum avlodiga mansub bo‘lgan bakteriyalar tomonidan parchalanadi:
Cytophaga, Flavobacterium,
Bacillus, Pseudomonas. Agar oziq-ovqat va mikrobiologiya
sanoatida keng ishlatiladi.
j) Xitin
Xitin - N-atsetil-glyukozaminning to‘g‘ri chiziqli polimeridir.
Xitinni biopolimer sifatida har xil fizik va kimyoviy ta’sirga chidamliligi N-
atsetilli guruh hosil qiluvchi qo‘shimcha vodorod bog‘larining ko‘pligi bilan
90
tushintiriladi. Xitin o‘simlik va hayvonot dunyosida struktura polimeri sifatida keng
tarqalgan polimerdir.
Xitin tuproqda katta miqdorda uchraydi, u ko‘pincha mitselial
zamburug‘larning hujayra qobig‘ining asosiy komponentidir.
Qisqichbaqasimon
planktonlar har yili minglab, million tonnalab xitin ishlab chiqaradilar. Xitinni
parchalovchi tuproq va suv bakteriyalari ma’lum.
Xitinning gidrolizlari uglerod va azot manbai sifatida mikrobiologiya
sanoatida keng qo‘llaniladi. Xitin parchalovchi eng faol mikroskopik zamburug‘lar
Aspergillus avlodiga mansubdir. Shuningdek xitinni aktinomitsetlar ham parchalay
oladilar. Bu jarayonda xitinaza va xitobiaza fermentlari ishtirok etadilar.
Uzoq
muddat
ta’sir
ettirilganda,
bu
fermentlar
xitindan
monomerlar
-
M-atsetilglyukozaminlar,
dimerlar
va
trimerlar
hosil
qiladilar.
Dostları ilə paylaş: