84
Zamonaviy
nuqtai-nazarga
asosan,
o‘simliklarning
fotosintezlovchi
apparatining faolligini ko‘tarish, quyidagi shart-sharoitlarga rioya
qilish orqali amalga oshishi mumkin:
barglarning umumiy yuzasini kengaytirish;
fotosintez jarayonini boshqarishda gormonlardan foydalanish;
xloroplastlar sonini oshirish;
fototizmlar orasida elektronlar transportini tezlashtirish;
fotonafas olishning tezligini pasaytirish va h.k.
Bu vazifalarning bajarilishi - fotosintezning jadalligini kuchaytirish uchun asos
bo‘lib xizmat qilgan bo‘lar edi. Ammo, fotosintezning mahsuldorligini chegaralab
qo‘yadigan faktorlarning rolini ham hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Ularning ta’siri ichki
fotobiologik chegaralovchi o‘ziga xoslik hamda atrof muhitning o‘ziga xos omillari:
hosildorlik indeksi, yorug‘lik, SO
2
, suv, harorat, oziqa moddalari, fotonafas olish tezligi,
zararkunandalar, kasalliklar va h.k, bilan aniqlanadi.
Shuning uchun ham fotosintezni kuchaytiradigan universal retsept yo‘q.
Shunga qaramasdan ba’zi bir natijalarga erishilgan. Masalan, ko‘plab tez o‘sadigan
o‘simliklarning navlari yaratilgan, ulardan ba’zilari sanoat nuqtai nazaridan katta
ahamiyatga ega. Masalan, tol o‘simligining yiliga 10-12 m o‘sadigan navlari
yaratilgan, ularning biomassalarida lignin miqdori juda ham kam (3-4%). Ko‘p yillik
o‘simliklar singari bu navni katta maydonlarda ekib, ularning plantatsiyalari tashkil
etilsa, albatta katta sanoat ahamiyatiga ega bo‘ladi. Agar bugungi kunda
sayyoramizning har bir vakiliga yiliga 40 t. fotosintez mahsulotlari (qayta
tiklanadigan o‘simlik polimerlari) yetishtirilishini e’tiborga olinsa, bunday
substratlarning ahamiyati o‘z-o‘zidan ma’lum bo‘ladi,
Kimyoviy sintez yo‘li bilan olinadigan uglerodli birikmalarning tabiatda
aylanishini alohida muammo sifatida qarash lozim.
Ma’lumki, inson qo‘li bilan yaratilgan qator past molekulali (detergentlar,
yadoximikatlar va h.k.) yoki yuqori molekulali (poliuretanlar
?
polistirollar,
epoksidlar
va
h.k.)
birikmalar
butunlay
mikrobiologik
o‘zgarishlarga
uchramaydilar yoki juda ham sekinlik bilan parchalanadilar. Bunday birikmalarni
yo‘qotishning yagona yo‘li - yoqishdir. Sintetik ximikatlarni tayyorlash
,
ularning
tarkibidagi moddalarni (uglerod, azot
e
oltingugurt, fosfor), o‘zlariga xos bo‘lgan
aylanishdan chetlatib qo‘yadi (bor elementlar polimer ko‘rinishida bo‘lganligi sababli
parchalanmaydi, demak, element tabiatda aylanmaydi).
Yiliga bir necha yuz million tonnalab kimyoviy sintez orqali
tayyorlanadigan polimerlar ishlab chiqarilayotganligini va bu yanada kengayib
borayotganligini hisobga olgan holda, insoniyatning “kimyoviy” faoliyatini alohida
nazoratga olishni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: