3.13. Fotosintez
Quyosh bitmas, tugalmas, energiya manbai, uning yergacha yetib keladigan
energiyasi yiliga 3x10
24
kDj. ni tashkil etadi. Shuni ham eslab qolmoq zarurki,
shuncha vaqt mobaynida, qayta tiklanmaydigan energiya manbalaridan (neft, gaz,
toshko‘mir) olinadigan energiya miqdori 2,5x10
22
kDj. ni tashkil etadi.
Issiqlikdan tashqari quyosh energiyasi yordamida fotosintez kabi hayotiy
zarur jarayon amalga oshadi. Inson hayoti ikki energiya manbai bilan: fotosintez
natijasida hosil bo‘lgan o‘simlik biomassasi va uzoq o‘tmishda fotosintez
mahsuloti bo‘lgan issiqlik energiyasi tashuvchilari muxofaza qilinib turiladi. Butun
sayyoramiz miqyosida fotosintezni mahsuldorligi har xil hisob kitoblarga
76
qaraganda, taxminan, yiliga 120 dan 150 mlrd. tonna hosil bo‘lgan uglerodga teng
bo‘lib, ulardan 6-8% oziqlanish, issiqlik va qurilish mahsulotlari sifatida ishlatiladi.
Kimyoviy nuqtai nazardan fotosintezni elektronlarning,
to‘lqinlanishi natijasida hosil bo‘lgan energiya ko‘chishi va hujayraning
fotosintetik apparatida o‘zgarishiga olib keluvchi oksidlanish-qaytarilish
reaksiyalarining murakkab birin-ketinligi oqibatida sodir bo‘ladigan jarayon sifatida
faraz qilish mumkin.
Asl ma’noda fotosintez - karbonat angidridi va suvdan yorug‘lik energiyasi
yordamida organik birikmalarning sintez bo‘lishi va molekulyar kislorodning
ajralib chiqish jarayonidir.
Shunday qilib, fotosintezning asosiy mohiyati noorganik moddalarni organik
moddalarga aylanishidir.
Fotosintetik xususiyatiga qarab, butun mavjud bo‘lgan organizmlar ikki
guruhga bo‘linadilar:
1.
Avtotrof organizmlar
- yagona uglerod manbai sifatida uglerod ikki
oksidini (karbonat angidridni) ishlatadilar va undan, uglerod saqlovchi hujayra
komponentlari “quradilar”.
2.
Geterotrof organizmlar
- uglerod va energiya manbai sifatida ekzogen
(tashqaridan olinadigan) organik birikmalardan foydalanadilar. Geterotroflar
avtotroflarga nisbatan ko‘proqni tashkil etadi. Tuban geterotroflarning ba’zi birlari
uglerod ikki oksidini assismilyatsiya qilish xususiyatiga ham egalar. Ammo, ularni
biomassa hosil qilishdagi roli unchalik katta emas va uglerodga hisoblaganda 10%
dan oshmaydi.
Tirik organizmlarni klassifikatsiya qilishni boshqa jarayoni - bu ularning
energiya manbalariga bo‘lgan munosabatlaridir.
Ko‘pchilik organizmlar fotolitotrof va xemoorganotrof tipiga kiradilar.
Qolganlari esa, ularning ba’zi bir muhim biologik jarayonlarda (masalan, molekulyar
azotni yutish) qatnashishlariga qaramasdan, kam tarqalgan hayot shakllarining
vakillari hisoblanadilar.
4-jadval
Organizmlarning uglerod va energiya manbalarini ishlatishlari
bo‘yicha klassifikatsiyasi
Organizmlar
Uglerod
manbai
Energiya
manbai
Elektron-lar
donori
Misollar
Foto-litotroflar
S0
2
Yorug‘lik
Noorganik
birikmalar
(N
2
0
,
N
2
S, S)
Yuksak
yashil
o‘simliklar, suv o‘tlari,
fotosintez
qiluvchi
bakteriyalar
77
Foto
organotrof-lar
Organik
birikmalar
va SO
2
Yorug‘lik
Noorganik
birikmalar
(N
2
0, N
2
S, S)
Oltingugurt
saqlamaydigan
bakteriyalar va to‘q qizil
qirmizi
(purpur)
bakteriyalar
Xemo-
litotroflar
SO
2
Oksidlanish-
qaytarilish
reaksiyalari
Noorganik
birikmalar
(N
2
0, N
2
S, S)
Denitrifikatsiya qiluvchi
bakteriyalar
Xemo-
organotrof-lar
Organik
birikma-lar
Oksidlanish-
qaytarilish
reaksiyalari
Organik
birikmalar
Barcha
hayvon
organizmlari, ba’zi bir
mikroorganizmlar
Xemoorganotroflar aerob va anaerob organizmlarga bo‘linadilar. Aerob
organizmlarda elektronlarni atomlar akseptorlari bo‘lib, molekulyar kislorod,
anaeroblarda esa - organik birikmalar xizmat qiladilar.
Anaerob organizmlar fakultativ (ixtiyoriy) va obligatlarga (shart bo‘lmagan)
bo‘linadilar. Shuni ham eslab qolish zarurki, barcha organizmlar ham u yoki bu
guruhgagina ta’luqli bo‘lib qolavermaydilar.
Bu fikrga yaxshi misol bo‘lib, yuksak o‘simliklarni kiritish mumkin. Ularda
fotosintez hisobidan yashovchi xlorofil saqlovchi hujayralar -avtotrof, ildiz
hujayralari esa geterotrof hisoblanadilar.
Eukariot organizmlar singari prokariotlar ham fotosintezni amalga oshirish
imkoniyatlariga ega. Albatta, bunday ajoyib xususiyat yuksak o‘simliklarga xosdir.
Shuningdek, tuban eukariotlar - yashil, qizil va bir hujayrali evgilena suv o‘tlarida ham
fotosintez qilish xususiyati yuqoridir. Prokariotlar orasida ikki guruh - yashil va to‘q
qizil (purpur) hamda ko‘k-yashil suv o‘tlari fotosintezlovchilarga kiradilar.
Keyingilari yagona uglerod manbai sifatida SO
2
dan foydalanadilar. Shuni alohida
ta’kidlash lozimki, ba’zi-bir mikroorganizmlar va ko‘k-yashil suv o‘tlarida
fotosintezni amalga oshirish tezligi, yuksak o‘simliklarnikidan qolishmaydi.
Bakteriyalardan tashqari, ko‘pchilik fotosintez qiluvchi organizmlar vodorod
atomlari va elektronlar donorlari sifatida suvdan foydalanadilar.
Fotosintez qiluvchi bakteriyalarning katta qismi obligat anaeroblar
hisoblanadilar. Shuning uchun ham ularni kislorod bilan bog‘lanishi (kontakti)
fotosintez jarayonini to‘sib qo‘yadi. Bakteriyalar donor sifatida noorganik birikmalarni
ishlatadilar, juda ham kam holatlarda organik birikmalar: izopropil spirti, sut kislotasi
va boshqalardan foydalanishlari mumkin.
Elektronlar akseptorlari sifatida SO
2
dan tashqari boshqa birikmalar ham
ishlatishlari mumkin. Masalan, nitrat va vodorod ionlari. Fotosintez qiluvchi
78
azotfiksatorlar elektronlar akseptorlari sifatida karbonat angidridi yoki molekulyar azotni
ishlatadilar.
Fotosintez qiluvchi hujayralarning xloroplastlari sun’iy akseptorlar ishtirokida
(masalan, ferritsianidlar ishtirokida) kislorod ajratib chiqaradilar, u esa
akseptorlarni qaytarilishiga olib keladi.
Fotosintezni yorug‘lik va qorong‘ulik davri borligi katta ahamiyatga
ega. Yorug‘lik energiyasi hisobidan nafaqat NADF qaytariladi, balki
ADF
fosforlanib
ATF
hosil
bo‘ladi.
Shunday
qilib
yorug‘lik
energiyasi
kimyoviy
energiyaga
aylanadi
va
NADF-
va
ATF
molekulalarida
to‘planadi.
Bu
energiya
karbonat
angidrid
gazini
qaytarilish reaksiyalarida ishlatiladi.
Fotosintez jarayonini zamonaviy ko‘rinishiga asos bo‘lib, Kal’vinning
fotosintezlovchi organizmlar hujayralarida uglerod assimilyatsiyasini aniqlash
bo‘yicha olib borgan izlanishlari xizmat qiladi.
Bu esa o‘ta murakkab biokimyoviy reaksiyalar asosida assimilyatsiyaning
dastlabki mahsulotlari - karbon suvlarni hosil bo‘lishini tushintirib beradi.
SO
2
va suvdan tashqari halqasi bioenergetik jarayonlarni ishtirokchilari
bo‘lib, o‘simliklarda va suv o‘tlarida piridinnukleotidlarni, ADF ni qaytarilishi,
bakteriyalarda esa NAD va ATF xizmat qiladi.
Shartli ravishda Kal’vin halqasi Krebs halqasiga murojaat sifatida qaralishi
mumkin. Agar Krebs halqasida karbonsuvlarni va boshqa energiyaga boy bo‘lgan
uglerod manbalarini oksidlanishidan hosil bo‘lgan energiya, kimyoviy potensial
sifatida, qaytarilgan piridinnukleotidlar va ATF ko‘rinishida to‘planadigan bo‘lsa,
Kal’vin halqasida mana shu birikmalarni oksidlanishi davrida ajralgan energiya,
karbonsuvlarni molekulalari ichida energiyaga aylanadilar.
Fotosintez reaksiyasi yaxshi o‘rganilgan. Bu reaksiyalar xloroplastlarda,
karbonat angidridining yutilishi bilan o‘tishi ma’lum.
Karbon suvlarning karbonat angidridi gazini qaytarilishi ko‘pchilik eukariot
organizmlar uchun ko‘p bosqichli fermentativ jarayon hisoblanadi. Uglerodning bu
yo‘li qaytariluvchi pentozafosfat halqasi, Kal’vin-Benson-Basem yoki uglerodni
fotosintetik assimilyatsiyasining S
3
-yo‘li deb ataladi. Bu halqada ishtirok etuvchi
birikmalar va reaksiyani ketma-ketligi aniqlangan. Shuningdek, barcha oraliq
mahsulotlar va bu jarayonda ishtirok etuvchi fermentlar ham aniqlangan. Jarayonning
halqa tabiatli o‘tishi ham aniq. Uglerodni fotosintetik assimilyatsiyasining boshqa
yo‘li ham ma’lum, unda karbonat angidridi gazining birlamchi akseptori bo‘lib to‘rt
uglerod atomiga ega bo‘lgan organik kislotalar xizmat qiladi. Shuning uchun ham
bu yo‘l S
4
-fotosintez deb ham yuritiladi.
Sitokimyoviy tekshirishlar asosida S
3
va S
4
fotosintez yo‘llariga ega bo‘lgan
o‘simliklarni fotosintezni molekulyar mexanizmi asosida klassifikatsiya qilishga asos
bo‘ldi. Fotosintez hisobidan organizmni uglerod va energiya bilan ta’minlab
turilishini va unda kislorod ajralib chiqishini yo‘naltirilishi juda katta voqea bo‘ldi.
Yer yuziga quyosh tomonidan yerga yo‘naltirilgan radiatsiyani yarmiga yaqini
yetib keladi. Mana shundan atigi 0,4% biomassa hosil qilish uchun ishlatiladi, xolos.
Yuzaki qaraganda, juda ham kam ko‘rinadigan bo‘lsada, fotosintezni mahsuloti sifatida,
har yili 419x10
17
kDj ozod energiya to‘planishini e’tiborga olsak, bu ko‘rsatkichni
79
qanchalik buyukligiga guvoh bo‘lasiz. Yuqorida keltirib o‘tilganidek, fotosintez
natijasida to‘planadigan energiya miqdori, dunyoda bor bo‘lgan qazilmalarnikiga
nisbatan ancha ko‘proqdir. Shuning bilan birga fotosintez, hosildorlik uchun asos,
atmosferani kimyoviy tarkibini boshqarib turuvchi va shu orqali yerda hayotni
borligini ta’minlovchi muhim ekologik omildir.
Fotosintetik
jarayonlarni
tezligiga
har
xil
omillar,
masalan
S0
2
ni miqdori ta’sir ko‘rsatib turadi. Dala maydonlari sharoitida mana shu
karbonat angidridi bu jarayonni boshqarib turuvchi bosh omil ekanligi isbotlangan.
Fotosintezni mahsuldorligiga atmosferani ekotoksikantlar bilan ifloslanishi salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, fotosintez jarayonida gazlarni
almashinuvi, SO
2
yutilishi va O
2
ajralib chiqishi bilangina chegaralanmaydi. Hozirgi
davrda
fotosintez
jarayonida
boshqa
birikmalar,
masalan,
alifatik,
uchuvchan
to‘yinmagan
uglevodorodlar
-
izopren
(SzNz)
ajratib
turuvchi
200
dan
ortiq
o‘simlik
turlari
aniqlangan.
Izoprenni
jadal
ajralib
turishi
uchun
yorug‘likning
ahamiyati
katta.
Izoprenni
sintezida
assimilyatsiya
qilingan
S0
2
ning
uglerod atomi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishi aniqlangan. Shuning uchun
ham
izoprenni
sintezida
birlamchi
karboksillanish
reaksiyasi
katta
ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |