73
anaerob sharotida mikroorganizmlar yordamida biogaz ishlab chiqarishga
alohida e’tibor berilib kelinmoqda.
Metanli bijg‘ish natijasida organik birikmalarning transformatsiyasi sodir bo‘lib,
ulardan metan va karbonat angidrid gazi paydo bo‘ladi. Oqibatda, organik
birikmalarning molekulalari kimyoviy bog‘larida yig‘ilgan energiya, metan
molekulasining kimyoviy bog‘larida to‘planadi. Bu jarayon metanogenez deb atalib,
anaerob arxebakteriyalar (metanogenlar) tomonidan amalga oshiriladi. Hosil
bo‘ladigan gazdagi metanning solishtirma miqdori 70-80% ni tashkil etadi, undagi
karbonat angidrid esa 20-30% ga teng. Gazlarning aralashmasi, 1% atrofida N
2
S
(oltingugurt kislotasi) va juda kam miqdorda ammiak ham saqlaydi.
Metanogenezning suvda erimaydigan qismi, ko‘plab bakteriyalar assotsiatsiyasi hosil
qilgan biomassadir. Biomassa organik azotga boy bo‘lganligi uchun ham yuqori sifatli
o‘g‘it sifatida ishlatiladi.
Metanli bijg‘ish boshqa bijg‘ish turlariga nisbatan keng tarqalgan tabiiy
jarayondir. Bunga sabab jarayonni aerob sharoitda ham o‘tishidir.
Bu quyidagicha o‘tadi: ko‘pgina organik birikmalarni yuzalarida yupka qobiq
hosil bo‘ladi, ichida esa metanli bijgish jarayoni uchun zarur bo‘lgan anaerob
sharoit tashkil bo‘ladi. Bunday substratlarga barcha xilagi o‘simlik materiallari,
jumladan chirigan va chiriyotgan, ko‘p yillik va bir yillik o‘simliklar, xayvon
biomassalari ham kiradi.
Metanli bijg‘ish uchun istiqbolli mahsulotlarga ayniqsa, qishloq xo‘jalik
chiqindilari, xususan, o‘simlik, mikrobiologiya sanoati chiqindilari, suv o‘tlarining
biomassalari va oziq-ovqat hamda yengil sanoat chiqindilari va boshqalar kiradi.
Mana shulardan kelib chiqqan holda metanogenezning ahamiyati nafaqat
noan’anaviy energiya ishlab chiqarishni, balki sanitariya-ekologiya muammolarini
hal qilish bilan ham bog‘liqdir.
Ammo, metanli bijg‘ish jarayonini foydasi shular bilan chegaralanmaydi.
Bijg‘igan biomassa (metan saqlamagan) yuqori sifatli bioo‘g‘it ham bo‘lib xizmat
qiladi. Masalan, go‘ngni aerob sharoitda parchalanganda uning tarkibidagi 50%
azot yo‘qoladi (issiqlik chiqishi bilan birga), ammo o‘sha go‘ngni metanogenez orqali
parchalanganda (anaerob shaoritda) uning tarkibidagi barcha azot biomassada
to‘planib, o‘simlik uchun yengil singdiriladigan holatga o‘tadi. Bundan tashqari
anaerob sharoitda yig‘ilgan biomassa tuproqning unumdorligini tiklovchi gumus
moddasiga ham boydir. Metanogenez mahsulotlaridan kompleks foydalanish nafaqat
samarali, balki yuqori rentabelli hisoblanadi.
Organik moddalarni anaerob sharoitda o‘zgartirilganda, ularni sterilizatsiyasi va
bijg‘iydigan massani detoksikatsiyasi amalga oshadi, patogen mikroblar,
gelmentlarni tuxumlari yo‘qoladi, toksik xususiyatga ega bo‘lgan moddalar, metanogenez
metabolitlariga aylanadilar.
Dostları ilə paylaş: